V. O‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar
rag‘batlantiriladi va baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish: 3-topshiriqdagi she’rni yod olish.
2-dars. VATAN
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: og‘zaki va yozma nutqda mavzuga oid tayanch
so‘zlarni nutq vaziyatiga mos holda qo‘llay olish, so‘zlarni to‘g‘ri
talaffuz qilish va yozish; o‘quvchilarning O‘zbekiston, vatan haqi-
dagi bilimlarini mustahkamlash;
b) tarbiyaviy: ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash,
odob-axloq qoidalariga rioya qilish, o‘zaro muloqotda muomala
madaniyatiga amal qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |