2-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qish.
Suhbat
-
Yozgi ta`til qachon boshlanadi?
-
Yozgi ta`til 1-iyundan boshlanadi.
-
Sen yozgi ta`tilni qayerda o‘tkazasan?
-
Men yozgi ta`tilni bobomnikida o‘tkazaman.
-
Bobong qayerda yashaydilar?
-
Samarqandda yashaydilar.
-
Samarqand qanday shahar?
-
Samarqand – katta va chiroyli shahar. U yerda tarixiy joylar
juda ko‘p.
Dam olish daqiqasi. Berilgan topishmoqlarni topish.
Qavat-qavatdir to‘ni,
Fe‘li yomondir uni.
Yechsang agar to‘nini,
Yig‘latadi, bil shuni. (Piyoz)
Erta bahor ekkanmiz,
O‘zi ko‘m-ko‘k ham silliq.
Archib, tuzlab yesangiz,
Juda muzdek ham suvlik. (Bodring)
Men ko‘rdim qiziq olma,
Oq emas, qizil olma.
Daraxtda pishmas, biroq
O‘zi olmadan yumshoq. (Pomidor)
Do'stlaringiz bilan baham: |