II. O‘tilgan mavzu ustida ishlash.
O‘quvchilarning A4 qog‘oziga chizib kelgan yo‘l belgilarining
rasmlari doskaga ilinadi va jami nechta yo‘l belgisi borligi sanaladi.
(Bunda bir xildagi yo‘l belgisi bir nechta chizilgan bo‘lsa ham, bitta
sanaladi). Shuningdek mumkin, mumkin emas so‘zlari ishtirokidagi
gaplar ham tekshiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. 1-topshiriq. Quyidagi yo‘l belgilarining
nomini ayting. Yo‘l belgilari haqida suhbatlashing.
Quyidagi savollarga javob bering:
Yo‘l belgilari qayerga o‘rnatiladi?
«Bolalar» belgisi nimani bildiradi?
Piyodalar harakatini qaysi belgi taqiqlaydi?
Shu o‘rinda o‘quvchilarga hozir poytaxtimizda o‘rnatilayotgan
o‘zi boshqariladigan svetofor, tezkor xizmat aloqa telefonlari haqi-
da ma’lumot berish.
119
Do'stlaringiz bilan baham: |