(Animatsion tasvir) Biror taomning nomi paydo bo‘ladi. Ushbu
taomni tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlarni to‘g‘ri
tanlay olish kerak. Agar mahsulotlar to‘g‘ri tanlansa ushbu taom-
ning tayyor holatidagi rasm paydo bo‘ladi.
IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash. 1. Rasm asosida suhbat. (Bu yerda maktab oshxonasida ikki
o‘quvchi tasvirlangan rasm berilishi kerak)
– Navbatda kim oxirgi?
– Men oxirgi.
– Bugun «Taomnoma»da qanday taomlar ro‘yxati berilgan?
– Bugun «Taomnoma»da jarkop, chuchvara, mastava taomlari
ko‘rsatilgan.
– Sen qaysi taomni olmoqchisan?
– Men chuchvara olmoqchiman. Sen-chi?
– Men esa jarkop olaman.
80
– Yoqimli ishtaha.
– Rahmat. O‘zinga ham yoqimli ishtaha.
O‘qituvchi o‘quvchilarning ishlarini nazorat qilib turadi.