Lug‘at:
zabarjad – yashil rangli qimmatbaho tosh; gav-
har – sayqallangan olmos;
mehr, shams, xurshid – qu-
yosh;
daf’atan – to‘satdan; gardun – dunyo, osmon
Munosabat bildiring.
1. So‘zlarning ma’nodoshligiga diqqat qiling. Tilimizda shunday
so‘zlar ham borligini bilarmidingiz?
2. Matnda nima sababdan undov belgisi ishlatilgan, so‘roq va undov
belgisining qo‘shaloq holda ishlatilishi sababini bilasizmi?
His-hayajon (shodlik, qo‘rquv, g‘azab, ajablanish, achinish,
do‘q, yalinish, hayrat va h.k.) bilan aytilgan gaplar undov gap
hisoblanadi. Ulardan so‘ng undov belgisi qo‘yiladi. Ko‘klam oyim,
ko‘kingdan ber bir chimdim! (M. Yusuf )
Undov so‘zlar bir gapga teng bo‘lsa, ularda ham undov belgisi
ishlatiladi. Ofarin! – dedi Mamat bobo. (T. Murod )
Ba’zan nutqimiz qaratilgan shaxs – undalmalar ham alohida
ta’kid bilan aytilsa, ulardan keyin undov belgisi qo‘yiladi. She’rim!
Yana o‘zing yaxshisan! (U. Nosir)
http://eduportal.uz
180
Do'stlaringiz bilan baham: |