Bob yuzasidan xulosalar
Xulosa qiladigan bo`lsak, oilada qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash
murakkab, o’zoq muddatli hamda o’ziga xos xususiyatlarni namoyon etuvchi
faoliyat jarayoni bo’lib, ijtimoiy oilaviy munosabatlar negizida amalga oshiriladi.
Oilaviy hayotda esa jinsiy hayot psixologiyasi haqidagi bilimlarga ega bo’lish
o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan masaladir. Turli mutaxassislar tomonidan
berilgan ma’lumotlarni kompleks tahlil qilgan holda aytish mumkinki, har bir
to’rtinchi ajrashgan er-xotinlarda (ajralishlarning 29 %ida) jinsiy mutanosiblikning
u yoki bu tarzda bo’zilishi (er-xotinning jinsiy nomutanosibligi) sabab bo’lmoqda.
Ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, ilmiy-texnik taraqqiyot jarayonlarining kechishi
yoshlarda ijtimoiy-iqtisodiy va kasb-hunar, texnik yetukligining kechikib ketishiga
olib kelmoqda.
Masalaning ikkinchi tomoni, yoshlarni ijtimoiy yetilishi bosqichlari va
fazalarida obyektiv qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi va ularni oilaviy
hayotga tayyorlash borasidagi ishlarni amalga oshirishda bu hayotiy haqiqatni
doimo nazarda tutish lozimligidir.
Oila tarbiyasida otalarning roli nihoyatda ulkan. chunki oilada er hamma
vaqt bolalarining, turmush o’rtog’ining tayanchi bo’lib kelgan. Shu sababli oilada
o’g’il doimo otasiga o’xshashga intilgan, uning xatti-harakatiga taqlid qilgan.
Oilada ota-onalar namunasi bolalar uchun hayot darsi hisoblanadi. Otaning
onaning, ona mehnatiga jamiyatga, jamiyat a’zolariga bo’lgan munosabati bola
qalbida yaxshilik yoki yomonlik, ma’qul va noma’qul ishlar haqidagi dastlabki
tushunchalarni vujudga keltiradi.
Mustahkam yosh oila jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy
yangilanishi va yuksalishini muhim subyektlaridan bo’lib, jamiyatda ro’y
berayotgan murakkab jarayonlarga o’z ta’sirini o’tkazishda va taraqqiyotni
harakatda keltirishida muhim ro’l o’ynaydi. Mustaqillik tufayli jamiyatimizda,
57
ayniqsa uning ma’naviy-axloqiy va ruhiy dunyoqarashiga sezilarli darajada ta’sir
etayapdi. Shuning uchun hozirgi vaqtda yosh oilalarning ma’naviy-axloqiy va
ruhiy olamini shakllantirish va rivojlantirishni chuqur va atroflicha tahlil etish ham
ilmiy ham amaliy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi.
O’zbek xonadonidagi qizlar birinchi navbatda ota-onaga itoatda, kattalarga
hurmatda bo’lish ruhida tarbiyalanib, odobning nozik tomonlariga o’rgatilgan.
SHuning uchun ham ular har doim sernazokat bo’lishgan, ayniqsa, mehmonlar
oldida muloyim odob saqlashgan. Ular yoshlik chog’laridanoq belgilangan xulq-
odobni o’zlashtirishgan. Masalan, qizlar o’ltirgan uyga tashqaridan ota yoki katta
akalari kirib kelishsa, ular darrov o’rinlaridan turib, salom berishga o’rgatilgan.
Kattalar bilan bo’lgan muloqotlarda o’zlarini vazmin tutishga, berilgan savollarga
erkak kishishshg yuziga deyarli qaramay, gavdani bir oz egib, osoyishta ohangda
javob berishga undalgan.
Xulosa qiladigan bo`lsak, o’zbek xonadonida qadim-qadimdan qizlar
tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Ularniig xulqi, odobi, tarbiyasi hamisha diqqat
markazida bo’lgan. «Bir qizga etti mahalla ega» degan naqlning yashab
kelayotgani esa qizlar tarbiyasi bilan, keng jamoatchilik shug’ullanganidan, bu
masala ijtimoiy ruh kasb etganidan dalolatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |