Ttbib/ttbb/user29/Qo`shimcha ish/Namunaviy/books/proba/Dsc 151. dvi



Download 66,38 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi66,38 Kb.
#268199
Bog'liq
Ona tili majburiy



Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari

ONA TILI


1.

Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan

to‘g‘ri yozilgan?

A) xususiyat, tafsilot

B) daromad, sabzovot

C) saxovot, zokovat

D) halovat, forosat

Yozma savodxonlikni baholashga qaratilgan

ushbu test topshirig‘i abituriyentlardan

so‘zlarning talaffuzi va yozilishi bilan bog‘liq

bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishni talab

etadi. A javobda berilgan xususiyat,

tafsilot so‘zlarida hech qanday imloviy

xatolik uchramaydi.

B javobdagi sabzovot (sabzavot tarzida

yozilishi kerak), C javobdagi saxovot,

zokovat (saxovat, zakovat tarzida

yozilishi kerak), D javobdagi forosat

(farosat tarzida yozilishi kerak) so‘zlari esa

imloviy jihatdan xato yozilgan.

To‘g‘ri javob: A.

Manba:


N.M.Mahmudov va boshqalar.

Ona tili. 5-sinf uchun darslik. G‘afur

G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy

uyi. Toshkent−2020.

2.

Qaysi javobda qo‘shimcha qo‘shilishi bilan



bog‘liq imloviy xatolik mavjud?

A) Boshing ko‘kga yetgan bo‘lsa ham,

Ustozlar ilmiga quloq sol har dam.

B) Og‘ir yukdan zo‘riqqan qo‘llariga biroz

dam berdi.

C) Yuziga urilgan salqin shabada uni yana

ham tetiklashtirdi.

D) Boqqaning ikkita echki,

O‘shqirganing yer tebratar.

Yozma savodxonlikni baholashga qaratilgan

ushbu test topshirig‘i abituriyentlardan

so‘zlarning talaffuzi va yozilishi, asos va

qo‘shimchalar imlosi bilan bog‘liq bilim va

ko‘nikmaga ega bo‘lishni talab etadi.

Ma’lumki, jo‘nalish kelishigi (-ga)

qo‘shimchasi -k va -q undoshi bilan

tugagan so‘zlarga qo‘shilganda tovush

o‘zgarishi bilan (-ka yoki -qa tarzida)

aytiladi va yoziladi. Aks holda, imloviy

xatolik sanaladi. A javobdagi ko‘kga

so‘zida xuddi shunday holat kuzatiladi,

ya’ni imloviy xatolik mavjud. Boshqa

javoblarda qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan

bog‘liq imloviy xatolik kuzatilmaydi.

To‘g‘ri javob: A.

Manba:


N.M.Mahmudov va boshqalar.

Ona tili. 7-sinf uchun darslik. "Ma’naviyat"

nashriyot uyi. Toshkent−2017.

1



Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari

3.

Qaysi gapda chiziqcha qo‘llash bilan bog‘liq



imloviy xatolik mavjud emas?

A) Sen-la baxtiyorman, aziz Vatanim,

Senga fido bo‘lsin shu jon-u tanim.

B) Senchi, sen bugun bormaysan-mi?

C) Bu ishlarni bugun-oq bitiring.

D) Gulzordagi och-sariq, qizil gullar nafis

tebranib turibdi.

Yozma savodxonlikni baholashga qaratilgan

ushbu test topshirig‘i abituriyentlardan

chiziqcha qo‘llash bilan bog‘liq bilim va

ko‘nikmaga ega bo‘lishni talab etadi. Bilan

ko‘makchisining she’riy uslubga xos

qisqargan shakli (-la) o‘zi bog‘langan

so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi va

A javobda ushbu ko‘makchining yozilishi

bilan bog‘liq xatolik kuzatilmaydi.

Qo‘shimcha yuklamalarning ayrimlari

o‘zidan oldin kelgan so‘zdan chiziqcha bilan

ajratib, ayrimlari esa qo‘shib yoziladi. Ya’ni

-mi, -dir, -oq(-yoq), -ov(-yov),

-gina(-kina, -qina) kabi yuklamalar

so‘zga qo‘shib yoziladi. -chi, -a(-ya),

-u(-yu), -da, -ku, -e, -ey(-yey) kabi

yuklamalar o‘zidan oldin kelgan so‘zdan

chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Test

topshirig‘ining B va C javoblarida ushbu

yuklamalarning yozilishi bilan bog‘liq

imloviy xatolik kuzatiladi. D javobda ham

chiziqcha noo‘rin qo‘llangan, chunki

sifatning daraja shaklini hosil qiluvchi och,

to‘q kabi so‘zlar belgi bildiruvchi so‘zlardan

ajratib yozilishi kerak.

To‘g‘ri javob: A.

Manba:


N.M.Mahmudov va boshqalar.

7-sinf ona tili darsligi Toshkent

“Ma’naviyat”-2017.

4.

Qaysi gapda vergul qo‘llash bilan bog‘liq



xatolik mavjud emas?

A) Biz bugun, shubhasiz, g‘alaba

qozonamiz.

B) Bu fikrga qo‘shilmaydi balki, jon-jahdi

bilan qarshi chiqadi.

C) Bu safar na Nazira, na Nodira, kelmadi.

D) Bizga kitob, daftar, qalamlar, kerak.

Tinish belgilarini qo‘llash bilan bog‘liq

yozma savodxonlikni baholashga qaratilgan

ushbu test topshirig‘ining A javobida

xatolik kuzatilmaydi. Chunki kirish so‘z

(shubhasiz )lar gap bo‘laklaridan vergul

bilan ajratiladi. B javobda vergulning

qo‘llanish o‘rnida xatolik kuzatiladi, ya’ni

vergul balki zidlov bog‘lovchisidan keyin

emas, oldin qo‘llanilishi lozim. C va

D javoblarda uyushiq bo‘laklarda

vergulning qo‘llanishi bilan bog‘liq xatolik

kuzatiladi, ya’ni har ikkala gapda ham

uyushiq bo‘laklarning oxirgisidan keyin

noo‘rin qo‘llangan vergul mavjud.

To‘g‘ri javob: A.

Manba:

N.M.Mahmudov va boshqalar.



Ona tili. 9-sinf uchun darslik. "Tasvir"

nashriyot uyi. Toshkent−2019.

5.

Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘z



ko‘chma ma’noda qo‘llangan?

A) buloqning ko‘zi

B) tog‘ cho‘qqisi

C) qalin taxta

D) shabadaning yugurishi

So‘z va uning ma’nosi bilan bog‘liq ushbu

test topshirig‘ining A javobidagi ajratib

ko‘rsatilgan ko‘z so‘zi ko‘chma ma’noda

qo‘llangan. Qolgan javoblarda esa ajratib

ko‘rsatilgan so‘zlar ko‘chma emas, o‘z

ma’nosida qo‘llangan.

To‘g‘ri javob: A.

Manba:

N.M.Mahmudov va boshqalar.



Ona tili. 11-sinf uchun darslik.

"O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat

ilmiy nashriyoti. Toshkent−2018.

2



Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari

6.

Qaysi javobda ot turkumi doirasida o‘zaro



shakldoshlik hosil qila oladigan so‘z

berilgan?

A) ot

B) qor


C) afzal

D) shoh


Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun so‘z

va uning atash ma’nosi hamda ularning

shakldoshligi haqida bilim va ko‘nikmaga

ega bo‘lish talab etiladi.

A javobdagi so‘z ot turkumi doirasida

shakldoshlik hosil qila oladi, ya’ni ot −

hayvon, ot − nom, ism ma’nolarini

bildirgan holda omonimlik xususiyatiga ega

bo‘la oladi.

C va D javobdagi so‘zlar esa paronimlik

xususiyatiga ega so‘zlar hisoblanadi: afzal

(soz, yaxshi, tuzuk) – abzal (anjom), shoh

(podsho) – shox (daraxt shoxi, butoq).

B javobdagi qor so‘zi ot va fe’l so‘z turkumi

doirasida omonimlik hosil qiladi.

To‘g‘ri javob: A.

Manba:

N.M.Mahmudov va boshqalar.



Ona tili. 5-sinf uchun darslik. G‘afur

G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy

uyi. Toshkent−2020.

7.

Qaysi javobda zid ma’noli so‘zlar juftligi



berilgan?

A) tor − keng

B) qalin − yo‘g‘on

C) hiyla − xiyla

D) xotirjam − bemalol

Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun zid

ma’noli (antonim) so‘zlar haqida bilim va

ko‘nikmaga ega bo‘lish talab etiladi.

A javobdagi tor va keng so‘zlari o‘zaro zid

ma’noli so‘zlar, B va D javobdagi so‘zlar

o‘zaro sinonim so‘zlar, C javobdagi so‘zlar

o‘zaro paronim sanaladi.

To‘g‘ri javob: A.

Manba:


N.M.Mahmudov va boshqalar.

Ona tili. 5-sinf uchun darslik. G‘afur

G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy

uyi. Toshkent−2020.

8.

Qaysi javobda tasviriy ifodaning izohi



to‘g‘ri berilgan?

A) o‘rmon qiroli − sher

B) kumush tola − makkajo‘xori

C) dala malikasi − paxta

D) mo‘yqalam ustalari − shoirlar

Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun so‘z

va uning tasviriy ifodasi haqidagi bilim va

ko‘nikmaga ega bo‘lish talab etiladi.

O‘rmon qiroli tasviriy ifodasi sher

(yirtqich hayvon) so‘ziga nisbatan, kumush

tola tasviriy ifodasi ipak , pilla so‘zlariga

nisbatan, dala malikasi tasviriy ifodasi

makkajo‘xori so‘ziga nisbatan,

mo‘yqalam ustalari tasviriy ifodasi

rassomlar , suratkashlar so‘zlariga

nisbatan qo‘llanadi.

To‘g‘ri javob: A.

Manba:


B.Mengliyev va boshqalar. Ona

tili. 11-sinf uchun darslik. "O‘qituvchi"

nashriyot-matbaa uyi. Toshkent−2020.

9.

Qaysi javobdagi yomon so‘zi gunoh, ayb



ma’nolarida qo‘llangan?

A) Hay, Xadichaxon, o‘ylab

gapiring-a, birovga tuhmat qilish

yomon-a!


B) Bolalikda o‘tgan yomon kunlari esiga

tushib xo‘rligi keldi.

C) Yarasi juda yomon, juda qiynalib

yotibdi.


D) Yomon xabarning qanoti yengil bo‘ladi,

tez tarqaladi.

Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun so‘z

va uning atash ma’nosi haqidagi bilim va

ko‘nikmaga ega bo‘lish talab etiladi.

Yomon so‘zi A javobda ayb, gunoh

ma’nolarida, B javobda tashvishli ,

behalovat, notinch ma’nolarida,

C javobda og‘ir , xavfli , xatarli

ma’nolarida, D javobda noxush,

yoqimsiz , sovuq ma’nolarida qo‘llangan.

To‘g‘ri javob: A.

Manba:

N.M.Mahmudov va boshqalar.



Ona tili. 11-sinf uchun darslik.

"O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat

ilmiy nashriyoti. Toshkent−2018.

3



Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari

10.


Fe’lning birgalik nisbat shakli qatnashgan

gapni toping.

A) Yetishibdi mozorga

Ketmon-u bel ushlashib.

B) Men unga hazillashgan edim, ishonib

o‘tiribdi-ya.

C) Chaqimchilik qilish yaxshi odat emas.

D) Nasibaxon kirishini ham, qaytib

ketishini ham bilmay qoldi.

Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun

abituriyentlardan fe’l va unga xos bo‘lgan

xususiyatlar haqidagi bilim va ko‘nikmaga

ega bo‘lish talab etiladi. Mazkur

topshiriqning A javobida harakat-holatning

bir emas, bir necha kishi tomonidan

bajarilganligini bildiruvchi yetishibdi ,

ushlashib fe’llari mavjud. Bunday fe’llar

birgalik nisbatdagi fe’llar sanaladi. Boshqa

javoblarda esa bunday xususiyatga ega fe’l

mavjud emas.

To‘g‘ri javob: A.

Manba:


N.M.Mahmudov va boshqalar.

Ona tili. 6-sinf uchun darslik. "Tasvir"

nashriyot uyi. Toshkent−2017.

11.


Qaysi javobda ot va sifat turkumiga oid

juftlik berilgan?

A) sevgi − kuzgi

B) muattar − iforli

C) chiroy − ko‘rk

D) chiziq − qiliq

Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun

abituriyentlardan so‘z turkumlariga oid

bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish talab

etiladi. Mazkur topshiriqning A javobida

berilgan so‘zlar juftligidagi birinchi so‘z

(sevgi ) faoliyat-jarayon ma’nosini bildirib,

nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va ot

turkumiga mansub so‘z sanaladi. Ikkinchi

so‘z (kuzgi ) esa paytga xos belgini bildirib,

qanday? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va sifat

turkumiga oid so‘z sanaladi. B javobdagi

har ikkala so‘z qanday? so‘rog‘iga javob

bo‘ladi va sifat turkumiga oid so‘zlar

hisoblanadi. C va D javoblardagi har ikkala

so‘z ot turkumiga mansub so‘zlar sanaladi.

To‘g‘ri javob: A.

Manba:

N.M.Mahmudov va boshqalar. Ona



tili. 6-sinf uchun darslik. "Tasvir" nashriyot

uyi. Toshkent−2017.

12.

Qaysi gapda undov so‘z mavjud emas?



A) “Albatta, mehnatning rohatini

ko‘rish yoqimli”, − dedi bobosi.

B) “Oh-oh, buncha mazali ekan bu

muqaymoq!” − dedi u.

C) “Hey, menga qara, Gulchehra”, − dedi u.

D) “Chuh jonivor”, − dedi Qosimjon otiga.

Ushbu test topshirig‘ini bajarishda

abituriyentlardan nutqimizda qo‘llanadigan

undov so‘zlar , ya’ni his-hayajon yoki

buyruq-xitob ma’nolarini bildiruvchi so‘zlar

va so‘zlovchining o‘zi aytayotgan fikriga

qo‘shimcha munosabatini ifodalovchi so‘zlar

(modal so‘zlar ) haqidagi bilim va

ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi. B,

C, D javoblardagi oh-oh, hey , chuh

so‘zlari undov so‘zlar hisoblanadi.

A javobdagi albatta so‘zi esa ishonch

ma’nosini ifodalaovchi modal so‘z sanaladi.

To‘g‘ri javob: A.

Manba:


N.M.Mahmudov va boshqalar.

Ona tili. 7-sinf uchun darslik. "Ma’naviyat"

nashriyot uyi. Toshkent−2017.

13.


Otli so‘z birikmasi berilgan javobni

aniqlang.

A) bajarilgan ish

B) akamni ko‘rmoq

C) chiroyli kiyingan

D) ishni tezlatish

Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun

abituriyentlardan so‘z birikmasi va unga oid

bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish talab

etiladi. A javobdagi so‘z birikmasining

(bajarilgan ish) hokim qismi (ish so‘zi) ot

bilan ifodalangani uchun otli so‘z birikmasi

sanaladi. B, C, D javoblardagi so‘z

birikmalarining hokim qismi (ko‘rmoq ,

kiyingan, tezlatish so‘zlari) fe’l bilan

ifodalanganligi uchun fe’lli so‘z birikmasi

sanaladi.

To‘g‘ri javob: A.

Manba:

M.Qodirov va boshqalar. Ona tili.



8-sinf uchun darslik. "Tasvir" nashriyot uyi.

Toshkent−2019.

4



Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari

14.


Hol qatnashgan gapni toping.

A) Noshud ketganda maqtanar,

Botir − qaytganda.

B) Men yoz faslini yaxshi ko‘raman.

C) Aytar so‘zni ayt,

Aytmas so‘zdan qayt.

D) Urushning boshi − o‘yin,

Oxiri − o‘lim.

Ushbu test topshirig‘ini bajarishda

abituriyentlardan gap bo‘laklari haqidagi

bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish talab

etiladi.


Test topshirig‘ining A javobidagi gapda

payt ma’nosini bildirib kelgan ketganda va

qaytganda so‘zlari qachon? so‘rog‘iga

javob bo‘lib, fe’l so‘z turkumi bilan

ifodalangan kesim (maqtanar )ga bog‘lanib

kelishi kuzatiladi, ya’ni payt holi vazifasini

bajargan. B javobdagi payt bildiruvchi so‘z

(yoz ) qaysi? so‘rog‘iga javob bo‘lib, ot

so‘z turkumi bilan ifodalangan (faslini )

to‘ldiruvchiga bog‘lanib kelgan va gapda

sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajargan.

C javobdagi gap aniqlovchi, to‘ldiruvchi va

kesim bo‘laklaridan tashkil topgan (aytar ,

aytmas so‘zlari sifatlovchi aniqlovchi,

so‘zni , so‘zdan so‘zlari to‘ldiruvchi, ayt,

qayt so‘zlari esa kesim). D javobdagi

urushning so‘zi qaratqich aniqlovchi,

boshi va oxiri so‘zlari ega, o‘yin va o‘lim

so‘zlari kesim vazifasida kelgan. Demak, B,

C, D javoblarida holning qatnashishi

kuzatilmaydi.

To‘g‘ri javob: A.

Manba:

M.Qodirov va boshqalar. Ona tili.



8-sinf uchun darslik. "Tasvir" nashriyot uyi.

Toshkent−2019.

15.

Bog‘langan qo‘shma gap berilgan javobni



toping.

A) Ish ishtaha ochar, dangasa esa

ishdan qochar.

B) Shuni bilingki, Vatan muqaddasdir.

C) Tegishmagin ko‘pga,

Teng bo‘lasan cho‘pga.

D) Bir vaqt qarasam, oyoqlarim o‘z-o‘zidan

yurib ketyapti.

Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun

abituriyentlardan qo‘shma gap va uning

turlari haqida bilim va ko‘nikmaga ega

bo‘lish talab etiladi.

Bo‘lsa, esa so‘zlari qo‘shma gapning

ikkinchi qismida kelib, qismlar orasida

qiyoshlash-zidlash munosabatlarini aks

ettiradi va bunday gaplar bog‘langan

qo‘shma gap sanaladi.

Qismlari -ki , -sa kabi ergashtiruvchi

bog‘lovchilar bilan bog‘langan qo‘shma

gaplar ergashgan qo‘shma gaplar sanaladi.

Qismlari faqat ohang yordamida

bog‘langan, ya’ni maxsus bog‘lovchi

vositalarsiz bog‘langan qo‘shma gaplar

bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar sanaladi.

To‘g‘ri javob: A.

Manba:


N.M.Mahmudov va boshqalar.

Ona tili. 9-sinf uchun darslik. "Tasvir"



nashriyot uyi. Toshkent−2019.

5

Download 66,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish