“ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich
UNLI TOVUSHLAR TASNIFI
1. Hozirgi o’zbek tilida unli tovushlar 6 ta ya’ni: a, o, e, o’, i, u
2. Alifbomizda unlilarni ifodalash uchun 6 ta unli harf mavjud.
3. Unli tovushlar tilshunoslikda 3 tomonlama tasnif qilinadi.
a) tilning gorizontal holatiga ko’ra
b) tilning verikal holatiga ko’ra
c) lablarning ishtirokiga ko’ra
I. TILNING GORIZONTAL(YOTIQ) HOLATIGA KO’RA UNLILAR TASNIFI
1. Unli tovushlar tilning gorizontal holatiga ko’ra 2 xil bo’ladi
a) til oldi
b) til orqa
2. Til oldi unlilarini talaffuz qilganda tilning old qismi ko’proq harakatda bo’ladi.Til tishlarga
yaqinlashadi.- i, e, a
3. Til orqa unlilari talaffuz qilganda esa aksincha til tishdan uzoqlashib nisbatan orqaga
tortiladi.-u, o’, o
Do'stlaringiz bilan baham: |