sh artno m alarga FKning 250-moddasi, 124-m oddaning ikkinchi qismi
qoidalari qo'llaniladi.
Shuningdek, yuqoridagi uchta holatga to'rtinchi m ustaqil holatni
h am kiritish mumkin. Ya’ni, biron-bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini
tekinga berish yoki biron-bir shaxsni m ajburiyatdan ozod etishni va’da
qilish (hadya etishni v a’da qilish), agar v a’da tegishli shaklda berilgan
bo'lsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki m ulkiy huquqni tekinga
berish yoki uni mulkiy m ajburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq ko'rinib
tu rg a n bo'lsa, hadya shartnom asi deb tan olinadi (FK, 502-modda, 3-
qismi).
H ad y a b ir to m o n lam a , re a l, te k in g a tu z ila d ig a n s h a rtn o m a
hisoblanadi.
Shubhasiz, hadya bir tomonlam a bitim bo'lib, taraflarning o'zaro
kelishuviga asoslanadi. U hadya oluvchining taklif qilingan mulkiy huquqni
qabul qilishga rozilik berishida ifodalanadi, aynan shu belgisi bilan hadya
qarz shartnom asidan farq qiladi.
Fuqarolik qonunchiligida hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining
vafotidan keyin topshirilishini nazarda tutuvchi shartnom a tan olinmaydi.
B unday hadyaga nisbatan vasiyatnoma to'g'risidagi qoidalar qo'llaniladi.
H adyaning vasiyatnom adan farqi shundaki, m ulk hadya qiluvchining
tirik lig id a to p sh irilad i, b u u n in g m ulki k a m a y is h ig a olib k elad i,
vasiyatnom a esa insonning hayotligida uning m ulkiy huquqlarida aks
etm aydi. Vasiyatnoma bekor qilinishi, o'zgartirilishi m umkin, hadya esa
qoida tariqasida ortga qaytm aydi. Hadyani shartnom a deyish mumkin,
vasiyatnom a esa odatda, bir tomonlama bitim bo'lib ko'riladi.
Hadya shartnomasining predm eti fuqarolik muomalasidagi obyektlar-:
ashyolar, mulkiy huquqlar, k o 'char va ko'chm as m ol-m ulklar bo'lishi
mumkin.
Ba’zi hollarda shartnom a hadya qiluvchining o'zi yoki uchinchi shaxs
oldidagi mulkiy m ajburiyatdan ozod qilish yoki ozod qilish m ajburiyatini
olish orqali amalga oshiriladi. B unday holda shartnom aning tuzilish vaqti
m u lk huquqining o'tish d av ri bilan mos kelm asligi m um kin. B unda
m ajburiy at huquqiy m unosabatlari vujudga keladi, uning m azm unida
hadya qiluvchining o'z mulkini kam aytirish hisobidan hadya oluvchini
boyitish yotadi. Shartnom ada hadya predm eti aniq ko'rsatilgan bo'lishi
kerak. Nom a’lum ashyoni h ad y a qilishga yo'l qo'yilm aydi, binobarin,
ular hech qanday huquqiy aham iyatga ega emas. Hadya oluvchini qarzdan
ozod qilish haqida qilingan v a ’dada ham ushbu qarz summ asini aniq
ko'rsatish lozim bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Hadya shartnom asining shakli uning m azm unidan kelib chiqadi.
Um um iy holda hadya qilish, y a’ni hadyani hadya oluvchiga topshirish
og‘zaki tarzda amalga oshirilishi mumkin. Ko'pincha, hadyani topshirish,
uni taqdim qilish ram ziy topshirish (masalan, yangi k v a rtira n i yoki
avtomobil kalitini topshirish) yoki m ulkiy huquqni guvohlantiruvchi biron-
bir hujjatni taqdim etish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Ko'char mulklar bo'yicha quyidagi hollarda hadya shartnomasi yozma
shaklda tuziladi:
hadya qiluvchi yuridik shaxs bo'lganida;
fuqarolar o 'rtasida eng kam ish haqining o'n b a ra v a rid a n ortiq
summ aga shartnom a tuzilayotganida;
shartnom a bo'yicha kelajakda hadya qilish v a’da qilingan hollarda.
K o'chm as m ulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va
davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim.
S h u n in g d e k , F K n ing 504-m oddasining 2001-yil 7 -d e k a b rd a g i
tah ririd a qonun h u jjatlarid a belgilangan tartib da davlat ro 'y x atid an
o'tkazilishi lozim bo'lgan avtom ototransport vositalarini h a d y a qilish
shartnomasi notarial tasdiqlangan bo'lishi kerakligi belgilandi.
Hadya shartnomasi odatdagi shartnomalardan ba’zi huquqiy belgilariga
ko'ra farq qiladi. Aytaylik, buni m azkur turdagi shartnomaning haqiqiy
sanalmasligi hollarida ham ko'rish mumkin. Bitimlaming haqiqiy sanalishi
uchun odatdagi qo'yiladigan shartlardan tashqari, hadyada, birinchidan,
ashyo, m ulk huquqi yoki mulkiy m ajburiyatdan ozod qilish shaklidagi
hadya ashyosini (predmetini) aniq ko'rsatish kerak; ikkinchidan, hadya
predm eti hadya oluvchiga hadya qiluvchining tirikligida topshirilishi kerak.
Shuningdek, yuqoridagi uchta holat bo'yicha tuzilgan shartnomalar, albatta,
oddiy yozma shaklda tuzilishi, ko'chmas mulklami hadya qilish esa, ayni
paytda, notarial tasdiqlanishi va davlat ro'yxatidan o'tkazilishi ham kerak.
H aqiqiy sanalm aslik holati h a d y a oluvchining nom i v a narsasi
k o 'r s a t il m a g a n h a d y a n i v a k il to m o n id a n a m a lg a o s h ir ilu v c h i
ishonchnomalarga ham taalluqli.
Do'stlaringiz bilan baham: