Shartnoma predmeti
Kontraktatsiya shartnomasining predmeti bo'lib
xom-ashyo ko'rinishidagi yoki dastlabki ishlov berilgan qishloq xo'jalik
mahsulotlari hisoblanadi. Biroq, qishloq xo'jalik mahsulotlari shartnoma
shartlariga asosan xo'jaliklar tomonidan dastlabki ishlov berilgan bo'lishi
mumkin (masalan quruq mevalar). Bunday hollarda shartnomada qayta
ishlangan mahsulotning miqdori, assortimenti va topshirish muddatlari
aniq ko'rsatilishi lozim.
Shartnoma predmeti hisoblangan qishloq xo'jalik mahsuloti shartnoma
tarafi bo'lgan xo'jalik tomonidan
yetishtirilgan va qayta ishlangan
bo'lishi lozim. Paxta, don, pilla, poliz ekinlari, sut, chorva mollari,
parrandalar, ho'l hamda quruq mevalar shular jumlasidandir. Vaholanki,
ushbu shartnomaning boshqa xo'jalik shartnomalaridan ajralib turuvchi
o'ziga xos xususiyati ham uning predmetidir. Shuning bilan birga,
kontraktatsiya shartnomasining predmeti bo'lib har qanday mol-mulk
www.ziyouz.com kutubxonasi
emas, balki muomaladan chiqarilmagan yoxud muomalada boiishi
cheklanmagan qishloq xo'jalik mahsulotlari boiishi mumkin.
S h a rtn om a n in g o 'zig a x o s x u su siy a tla ri. A y rim h u qu qiy
adabiyotlarda kontraktatsiya shartnomasini shartnomaning alohida turi
sifatida e’tirof etish maqsadga muvofiq emas degan fikrlami uchratsak,
boshqa bir manbalarda buning aksini ko'rish mumkin. Demak, bu borada
ham sivilist olimlar o'rtasida muayyan tortishuv va bahs-munozaralar
mavjud. Lekin, kontraktatsiya shartnomasi oldi-sotdi shartnomasining
bir turi hisoblansa-da, o'zining bir qator muhim xususiyatlari bilan turdosh
(oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish va boshqalar) shartnomalardan farq
qiladi. Jumladan:
- oldi-sotdi shartnomasining predmeti fuqarolik muomalasidan
chiqarilmagan har xil mulklar bo'lishi mumkin.
Kontraktatsiya
shartnomasida esa faqat
yetishtirilgan va dastlabki qayta ishlangan
qishloq xo'jalik mahsulotlarigina shartnoma predmeti hisoblanadi;
- oldi-sotdi sharnomasida taraflar sifatida har qanday jismoniy va
yuridik shaxslar bo'lsa, kontraktatsiya sharnomasida qishloq xo'jalik
mahsulotini yetishtiruvchi shaxslar, mahsulot xarid qiluvchi sifatida esa
ma’lum faoliyat bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar hisoblanadi.
Shuningdek, amaliyotda shartnomalari taraflari sifatida mahsulot
yetishtiruvchi va tayyorlovchining banklari ham ishtirok etadi. Bu qoida
shartnoma bo'yicha hisob-kitoblarning o'z vaqtida amalga oshirilishi va
shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish maqsadida
o'rnatilgan;
-shartnomaning yana bir xususiyati uning ikkinchi tarafi bo'lgan
tayyorlovchi tashkilotlarning mahsulot
yetishtiruvchi bilan bevosita
hamkorligida ko'rinadi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-sonli Qarori bilan tasdiqlangan
“Qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat
ko'rsatish tashkilotlari o'rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro'yxatdan
o'tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib
borish tartibi to'g‘risida”gi Nizomning 30-bandiga ko'ra, tayyorlovchi
xo'jaliklarga topshiriladigan mahsulot uchun shartnomada belgilangan
davrlarda, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish muddatlariga muvofiq
mahsulotlar qiymatining kamida 50 foizi miqdorida (chorvachilik
mahsulotlari bo'yicha shartnomada ko'rsatilgan hajmlar qiymatining 25
foizi miqdorida) avans to'lash majburiyatini oladi (qishloq xo'jaligi
mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish
bundan mustasno);
www.ziyouz.com kutubxonasi
- kontraktatsiya shartnom asida oldi-sotdi, m ahsulot yetkazib berish
shartnom alaridan farqli o‘laroq tayyorlovchi zimmasiga ayrim qo'shimcha
vazifalar yuklatiladi. M asalan, tayyorlovchi zimmasiga qishloq xo'jalik
m ahsulotini
yetishtiruvchidan u joylashgan yerda qabul qilib olish
m ajburiyati yuklatiladi. A gar qishloq xo'jalik m ahsulotini tayyorlovchi
ko 'rsatgan yoki joylashgan yerda qabul qilib olishga kelishilgan bo'lsa,
m ahsulotni qabul qilib olishdan bosh tortishga yo'l qo'yilmaydi.
Bundan tashqari, mahsulotni yetishtiruvchi mahsulotni qayta ishlash
natijasida undan hosil bo'lgan ikkilamchi xom-ashyo va mahsulotlar (yog',
kunjara va h.k.)ni tayyorlovchidan talab qilib olishga haqli bo'ladi. Shuning
bilan birga, kontraktatsiya shartnomasining m ahsulot yetkazib berish
sh a rtn o m a s id a n farq li to m o n larin i su b y e k tiv ta rk ib i, p red m e t iva
shartnomasining qo'llanilish sohasi orqali ham ko'rish mumkin. Mahsulot
yetkazib berish shartnom asida m ahsulot sotuvchi sifatida h a r qanday
tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan shaxslar bo'lishi mumkin.
K ontraktatsiya shartnomasida esa faqat bevosita qishloq xo'jalik mahsulotini
ishlab chiqaruvchi shaxslar sotuvchi hisoblanadi Mahsulot yetkazib berish
shartnomasining predm eti turga xos yoki xususiy alomatlarga ega bo'lgan
m ahsulot yetkazib beruvchi tomonidan yoki boshqa shaxslar tomonidan
ta y y o rla n a d ig a n yoxud ta y y o r m ah su lo tlar bo'lsa,
k o n tra k ta tsiy a
shartnomasida esa shartnom a predm eti faqat turga xos alomatga ega bo'lgan
qishloq xo'jalik mahsulotlari bo'lib, ular yana
yetishtirilishi mumkin;
- kontraktatsiya shartnom asi davlat tomonidan o'rnatilgan rejaga
asoslangan bo'ladi. Shartnom a predm eti, uning miqdori, bahosi va boshqa
sh artn o m a sh artlari oldindan belgilangan bo'ladi. Agar xo'jalik bilan
tayyorlovchi o'rtasidagi m unosabatlar davlat rejasiga asoslanmagan bo'lsa,
vujudga kelgan shartnom a m unosabatlari oldi-sotdi yoki mahsulot yetkazib
berish shartnom asi maqomiga ega bo'ladi;
- d a v la t e h tiy o ji u c h u n u c h u n k o n tr a k t s h a rtn o m a s i b ila n
kontraktatsiya shartnomasining farqi shundaki, kontraktatsiya shartnomasi
x o 'ja lik n in g ta s h a b b u s i b ila n , d a v la t b u y u r tm a s id a n o r tiq c h a
yetishtirilgan m ahsulotlarni sotish uchun tuziladi va unda mahsulotni
xarid narxi kelishilgan m iqdorda belgilanadi. Davlat kontrakti bo'yicha
tuzilgan shartnom ada esa davlat vakolat bergan tayyorlovchi tashkilot
tom onidan xo'jaliklar bilan belgilangan miqdorda va xarid narxida amalga
oshiriladi. “D avlat k o n tra k ti deyiladi FK ning 459-m oddasida dav lat
b u y u rtm ach isin in g m ahsulo t yetkazib b eruvchi qabul qilgan davlat
ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berish buyurtm asi asosida tuziladi.
B ergan buyurtm asi m ahsulot yetkazib beruvchi tomonidan qabul qilingan
www.ziyouz.com kutubxonasi
davlat buyurtm achisi uchun davlat kontrakti tuzish sh a rt” hisoblanadi.
Xuddi shuningdek, xo'jalik ham davlat buyurtm asiga asosan shartnom a
tuzishga m ajburdir;
-
kontraktatsiya shartnomasi bo'yicha m ajburiyatlam i bajarm aganlik
uchun dehqon, ferm er va shirkat xo'jaliklarining javobgarligini hal etishda
xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlarning o'z m ajburiyatlarini qay darajada
bajarganliklari h am e ’tiborga olinadi. Xususan, yuqorida qayd etib o'tilgan
Nizomning 79-bandida ilk bor m ahsulot
yetishtiruvchilar tom onidan
k o n tra k ta tsiy a sh artn o m alari b ajarilm ag an lig i yoki z a ru r d a ra ja d a
bajarilmaganligi uchun ularni javobgarlikka tortishda, shuningdek xatti-
harakatlari (harakatsizligi) natijasida kontr aktatsiya shartnomalari bo'yicha
sh a rtn o m a m a jb u riy a tla ri fe rm e r, s h ir k a t va d eh q o n x o 'ja lik la ri
tomonidan bajarilmasligi (zarur darajad a bajarilmasligi) u ch u n xizm at
ko'rsatuvchi tashkilotlarning ham javobgarligi ko'rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |