Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Notarial  tasdiqlangan  vasiyatnomalarga



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet399/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

4-§.  Notarial  tasdiqlangan  vasiyatnomalarga 

tenglashtirilgan  vasiyatnomalar

Notarial idoralarida tasdiqlash imkoniyati bo'lmagan hollarda, qonunda 

nazarda  tutilgan  tartibda  belgilangan  mansabdor  shaxslar  tomonidan 

vasiyatnomaning  tasdiqlanishiga  yo'l  qo'yiladi.  Bunday  vasiyatnomalar 

notarial  tartibda  tasdiqlangan  vasiyatnomalarga  tenglashtiriladi.

Qonunda  vasiyatnomalarni  tasdiqlash  huquqiga  ega  bo'lgan 

mansabdor  shaxslaming  aniq  ro'yxati  berilgan.  Shu  bilan  birga,  qanday 

holatlarda  uni  amalga  oshirishga  ruxsat  berilishi  ham  aniq  belgilangan. 

Bu qoidani keng talqin etishga yo'l qo'yilmaydi. Qonunda nazarda tutilgan 

mansabdor shaxslardan boshqa hech kim vasiyatnomani guvohlantirishga 

haqli  emas.

Vasiyatnomani  tasdiqlash  huquqi  berilgan  mansabdor  shaxsning 

shaxsan  o'zi  vasiyat  qoldiruvchining  shaxsini  aniqlashi,  uning  muomala 

layoqatiga  ega  ekanligini,  vasiyatnom a  haqiqatdan  ham  vasiyat 

qoldiruvchining  o'z  qo'li  bilan  yozilib,  imzo  qilinganligini  aniqlab,  shunga

www.ziyouz.com kutubxonasi




ishonch  hosil  qilishi  shart,  shundan  keyingina  vasiyatnomani  tasdiqlashi 

mumkin.


«Notariat  to'g'risida»  gi  qonunning  27-moddasiga  asosan  mansabdor 

shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalardan bitta nusxasi vasiyat 

qiluvchi  doimiy  yashaydigan  joydagi  davlat  notarial  idorasiga  saqlash 

uchun yuborilishi shart. Davlat notarial idorasining notariusi saqlash uchun 

kelib  tushgan  vasiyatnomani  tekshirib,  uning  shakl  va  tartib  jihatidan 

qonunga  muvofiq  tuzilganligini  aniqlaydi,  nomuvofiqligi  aniqlanganda, 

bu  haqda  vasiyat  qiluvchiga  va  vasiyatnomani  tasdiqlagan  mansabdor 

shaxsga  xabar  qilishi  kerak.  Amaliyotda  bunday  vasiyatnomalar  vasiyat 

qiluvchi tomonidan bevosita vafoti oldidan tuzilgan bo'ladi. Nizo chiqqanda 

ularning  haqiqiyligi  faqat  meros  ochilgandan  keyin  sud  tomonidan  hal 

qilinadi.

FKning  1126-moddasi  va  «Notariat  to'g'risida»gi  qonunning  26- 

moddasi quyidagi vasiyatnomalar notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga

tenglashtiriladi:

kasalxonalar,  gospitallar,  boshqa  stasionar  davolash  muassasalarida 

davolanayotgan  yoki  qariyalar  va  nogironlar  uylarida  yashab  turgan 

fuqarolarning  ana  shu  kasalxonalar,  gospitallar  va  boshqa  davolash 

muassasalarining  bosh  shifokorlari,  ularning  davolash  ishlari  bo'yicha 

o'rinbosarlari  yoki  navbatchi  shifokorlar,  shuningdek,  gospitallarning 

boshliqlari,  qariyalar  va  nogironlar  uylarining  direktorlari  yoki  bosh 

shifokorlari  tomonidan  tasdiqlangan  vasiyatnomalar;

O'zbekiston  Respublikasi  davlat  bayrog'i  ostida  suzib  yurgan 

kemalarda  safarda  bo'lgan  fuqarolarning  shu  kemalarning  kapitanlari 

tomonidan  tasdiqlangan  vasiyatnomalari;

q id ir u v   ek sp ed itsiy a la ri  yoki  shunga  o 'x sh a sh   boshqa 

ekspeditsiyalarda  bo'lgan  fuqarolarning  ana  shu  ekspeditsiya  boshliqlari 

tomonidan  tasdiqlangan  vasiyatnomalari;

Harbiy  xizmatchilarning,  notarius  bo'lmagan  erlarda  joylashgan 

harbiy  qismlarda  esa  bu  qismlarda  ishlayotgan  harbiy  bo'lmagan

fuqarolar,  ularning  oila  a’zolari  va  harbiy  xizmatchilarning  oila 

a’zolarining ham harbiy qismlaming komandirlari tomonidan tasdiqlangan 

vasiyatnomalari;

Ozodlikdan  mahrum  qilish  joylarida  yoki  qamoqda  saqlanayotgan 

shaxslaming  tegishli  muassasalar  boshliqlari  tomonidan  tasdiqlangan 

vasiyatnomalar;

Notarius  bo'lmagan  aholi  punktlarida  yashayotgan  fuqarolarning 

qonunga  muvofiq  notarial  harakatlarni  amalga  oshirish  huquqi  berilgan

www.ziyouz.com kutubxonasi




mansabdor  shaxslar  tomonidan  tasdiqlangan  vasiyatnomalari.

Vasiyatnomaning  ko‘rsatilgan  shakllariga  doir  qoidalarga  rioya 

qilinganda  uning  mazmuni  haqida  anglashilmovchiliklar  bo'lmasligiga 

va  har  qanday  nizolaming  kelib  chiqishiga  asos  qoldirmaydi.  Oqibatda 

vasiyatnoma talqin qilinganda undagi so'zlar va iboralarning asl ma’nosini 

anglash  va  uni  e’tiborga  olish  imkoniyati  tug'iladi.

Notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar 

tasdiqlanayotgan, notarial tasdiqlash to'g'risidagi talablardan boshqa FKning 

1125-moddasida  belgilangan  qoidalarga  rioya  qilish  talab  qilinadi.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   395   396   397   398   399   400   401   402   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish