Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Topshiriq  shartnomasining  bekor  bo'lishi



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

4.  Topshiriq  shartnomasining  bekor  bo'lishi

Topshiriq  shartnomasi  (m ajburiyatlarining  b ek or  qilinishiga  oid 

umumiy  asoslardan  tashqari)  quyidagi  hollarda:

Birinchidan,  topshiriq  beruvchi  topshiriqni  bekor  qilishi;

Ikkinchidan,  vakil  topshiriqdan  bosh  tortishi;

Uchinchidan,  topshiriq  beruvchining  yoki  vakilning  vafot  etishi, 

ulardan  birining  muomalaga  layoqatsiz,  muomala  layoqati  cheklangan 

yoki  bedarak  yo'qolgan  deb  topilishi  natijasida  to'xtatiladi.

Topshiriq  beruvchi  istagan  vaqtda  topshiriqni  bekor  qilishga,  vakil 

esa  topshiriqdan  bosh  tortishga  haqli.  Bu  huquqdan  voz  kechish  haqidagi 

kelishuv  o'z-o'zidan  haqiqiy  bo'lmaydi.  (FKning  823-moddasi).  Mazkur 

hoi  im perativ  (qat’iy)  xarakterdagi  norma  bo'lganligi  tufayli  bunday 

shart  taraflar  tomonidan  shartnomada  nazarda  tutiladigan  bo'lsa,  bu 

qoida  o'z-o'zidan  haqiqiy  emas  deb  topiladi.

Agar vakil topshiriq shartnomasining bekor qilingani haqida bilmagan 

va  bilishi  lozim   b o'lm a ga n   b o 'lsa ,  unin g  to p sh iriq   b e ru v ch in in g  

ko'rsatmasiga  m uvofiq  qonuniy  ravishda  qilgan  harakatlari  topshiriq 

beruvchi  (uning  qonuniy  vorisi)  zimmasiga  uchinchi  shaxslar  va  vakilga 

nisbatan  majburiyat  yuklaydi.

T a d b irk o r  sifatida  ish  olib  b o ra y o tg a n   v akil  bilan  topsh iriq 

shartnomasidan bosh  tortayotgan taraf shartnomani bekor qilish to'g'risida 

ikkinchi  tarafni,  agar  shartnomada  uzoqroq  muddat  nazarda  tutilgan 

bo'lmasa,  kamida  o'ttiz  kun  oldin  xabardor  qilishi  shart.  Tijorat  vakili 

bo'lgan  yuridik  shaxs  qayta  tashkil  etilganida  topshiriq  beruvchi  o'z 

topshirig'ini  ana  shunday  oldindan  xabar  berm ay  turib  bekor  qilishga 

haqli  (FKning  823-moddasi).

Topshiriq  beruvchining  bedarak  yo'qolganligi,  vafot  etganligi  yoki 

muomalaga  layoqatsiz  bo'lib  qolganligi  yoxud  muomalaga  layoqatining 

cheklanganligi,  yoinki yuridik shaxs  bo'lib  hisoblangan topshiriq  beruvchi 

tash k ilotn in g  tu gatilgan ligi  tu fa y li  v akil  to p sh iriq   b e r u v c h in in g  

manfaatlarini ko'zlab himoya qilish vazifasi qonun hujjatlarida belgilangan

www.ziyouz.com kutubxonasi



tartibda  biron -bir  shaxsga,  masalan,  vasiyga,  hom iyga  yoki  yuridik 

shaxsni  tugatish  komissiyasiga  yuklatilgunga  qadar  uning  ishini  olib 

borishga,  topshirig'ini  ado  etishga  majbur  bo‘ladi.

Topshiriq  shartnomasini  b ek or  qilish  oqibatlari.  A ga r  topshiriq 

shartnomasi  topshiriq  vakil  tomonidan  to'liq  bajarilishidan  oldin  bekor 

qilingan  bo'lsa,  topshiriq  beruvchi  vakilga  topshiriqni  bajarish  vaqtida 

qilingan  chiqimlami  to'lashi,  vakilga  haq  berilishi  kerak  bo'lganida  esa, 

unga  bajarilgan  ishga  m uvofiq  haq  to'lashi  ham  shart.  Bu  qoida  vakil 

topshiriqning  bekor qilinganini  bilgan  yoki bilishi  lozim  bo'lganidan  keyin 

bajargan  topshiriqqa  tatbiq  etilmaydi  (FKning  824-moddalari).

Topshiriq shartnomasida huquqiy vorislik. Vakil vafot etgan taqdirda, 

uning  m erosx o'rla ri  yok i  m eros  m ulkning  saqlanishini  ta’minlash 

m ajburiyati  yuklatilgan  boshqa  shaxslar  topshiriq  shartnomasi  bekor 

qilinishi haqida topshiriq beruvchiga kechiktirmay xabar berishlari hamda 

topshiriq beruvchining mol-mulkini muhofaza qilish uchun zarur choralami 

ko'rishlari,  xususan,  topshiriq  beruvchining  ashyolarini,  shuningdek, 

hujjatlarini  saqlab  qo'yishlari,  so'ngra  esa  unga  topshirishlari  shart. Vakil 

(ishonchli vakil) bo'lgan yuridik shaxsni tugatayotgan shaxsning zimmasida 

ham  shunday  majburiyat  bo'ladi.

Vakil  (ishonchli  vakil)  sifatida  ish  olib  borayotgan  yuridik  shaxs 

qayta  tashkil  etilganida  topshiriq  beruvchi  bu  haqda  darhol  xabardor 

qilinishi  kerak.  Mazkur  holatda  bunday  yuridik  shaxsning  huquq  va 

majburiyatlari,  agar  topshiriq  beruvchi  o'ttiz  kunlik  muddatda  topshiriq 

shartnomasidan  bosh  tortishini  m a’lum  qilmasa,  uning  qonuniy  vorisiga 

o'tadi  (FKning  825-moddasi).

Vakilning  huquq  va  majburiyatlari  shaxsiy  xarakterda,  ya’ni  uning 

shaxsi  bila n   b o g 'liq   b o 'lg a n lig i  sababli,  uning  ba rch a   h u q u q   va 

m ajburiyatlari  vorislariga  o'tm aydi.  Faqat  xizmat  haqi  va  qilingan 

xarajatlarni  olishga  bo'lgan  huquqlarigina  vorislariga  o'tishi  mumkin.

B undan  tashqari,  shaxsning  harakatlari  bevosita  boshqa  shaxs 

manfaatlarini  ta’minlashga  qaratilgan  bo'lmasa,  shu  jum ladan  ularni 

amalga  oshirgan  shaxs  o'z  manfaatlarini  ko'zlab  harakat  qilyapman  deb, 

xato o'ylagan va uning harakatlari boshqa shaxsning asossiz boyib ketishiga 

olib  kelgan  hollarda  ham  ushbu  Kodeksning  58-bobida  nazarda  tutilgan 

qoidalar  qo'llaniladi.  Boshqa  shaxsning  manfaatlarini  ko'zlab  qilingan 

harakatlar  uning  tadbirkorlik  faoliyati  doirasiga  kiritilgan  taqdirda  bu 

shaxs  h a q iq iy  zararning  o'rn in i  qoplash  bilan  bir  qatorda,  tegishli 

miqdorda  haq  to'lashni  ham  talab  qilishga  haqli.

Topshiriq olmasdan boshqa shaxs manfaatlarini ko'zlab harakat qilgan

www.ziyouz.com kutubxonasi




shaxs  maqsadga  muvofiq  ravishda  qilgan  barcha  harakatlari  natijasida 

mulkiy  zararning  oldini  ololmaganida  ham  ko‘rgan  zararlarini  to'lashni 

talab  qilishga  haqli  b o ‘ladi.  Topshiriq  olmasdan  begona  shaxslarning 

manfaatlari  uchun  harakat  qilgan  shaxsning  xarajatlari  miqdori  uning 

saqlab  qolmoqchi  bo'lgan  mulk  qiymatidan  oshmasligi  kerak.  Topshiriq 

olmasdan begona shaxslarning manfaatlari uchun harakat qiluvchi shaxsga 

muayyan  majburiyatlar  ham  yuklatiladi.

Jumladan:  birinchidan,  topshiriq  olmasdan  harakat  qiluvchi  shaxs 

imkoniyati  b oiga n   zamon  m anfaatdor  shaxsni  bu  to ‘g ‘rida  xabardor 

qilishga  (FKning  830-moddasi);

ikkinchidan,  xabardor  qilish  imkoniyati  bo'lmaganida  mulkiy  yoki 

shaxsiy  zararning  oldini  olish  yuzasidan  zarur  bo'lgan  barcha  choralarni 

ko‘rishga;

uchinchidan,  topshiriq  olmasdan  qilingan  harakat  natijasida  olingan 

mulkni  manfaatdor  shaxsga  topshirishga;

to'rtinchidan, o'zining qilgan xarajatlari to'g'risida m a’lumot berishga; 

beshinchidan,  qasddan  yoki  qo'pol  ehtiyotsizlik  natijasida  manfaat 

ko'zlangan shaxsga yetkazilgan zararlami to'lashga m ajbur bo'ladi (FKning 

831-moddasi).

www.ziyouz.com kutubxonasi





Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish