1
"Узбекистон Республикаси конунлар туплами", 2002 й. 2-сон
278
www.ziyouz.com kutubxonasi
- m uhandislik uskunalari, aloqa va obodonlashtirish tizim larini,
shuningdek m azkur tazimlarni aholi punktlarining yer uchastkalari,
m avzelari, dahalari va rejalashtirilgan tuzilm asining boshqa qism lari
doirasidan tashqarida bo'lgan m uhandislik uskunalari, aloqa h am d a
obodonlashtirish tizimlari inshootlari va kom m unikatsiyalariga ulash
shartlarini;
- transport vositalari va piyodalar harakati qanday tashkil etilishini;
- um um foydalanishdagi hududlarni belgilaydi.
Tum anlarning, shaharlarning davlat hokim iyati organlari qurish
loyihalariga mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, shaharsozlik normalari
va qoidalariga zid bo'lmagan qo'shimcha talablar, shu jum ladan m adaniy
m eros obyektlarining muhofaza zonalarida loyihalashtirish va qurilish
ish larin i olib borishga, h u d u d la rn i ko 'k alam zo rlash tirish g a, kichik
shakldagi a rx itek tu ra obyektlarini, reklam a, peshlavhalar va boshqa
axborotni joylashtarishga doir talablar kiritishga haqli (Shaharsozlik
kodeksining 38-moddasi).
L o y ih a -sm eta h u jja tla ri h a jm iy -re ja li, a m a liy va te x n ik a v iy
yechim larn i, binolar, inshootlar va boshqa o b y ek tlarn in g qurilishi,
rekonstruksiyasi ham da kapital ta ’mirlanishi, shuningdek obodonlashtirish
ishlari qiymatini belgilaydi.
Loyiha-smeta hujjatlari shaharsozlik hujjatlari, shaharsozlik normalari
va qoidalariga m uvofiq ishlab chiqiladi, qonun hujjatlariga m uvofiq
O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitek tu ra va qurilish qo'm itasining
tegishli tark ib iy bo'linm alari, sanitariya-epidem iologiya xizm atlari,
yong'inga qarshi nazorat xnzmatlari, tabiatni muhofaza qilish organlari
va boshqa xizmatlar bilan kelishib olinadi.
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, moliyalashtirish, tasdiqlash
va u la rd a n foydalanish ta rtib in i belgilash, u larg a o 'z g a rtish lar va
q o 'sh im ch alar kiritish b u y u rtm a ch in in g tash a b b u si bilan va uning
hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari obyektlar
qurilishi uchun ruxsatnoma berishga asos bo'ladi.
Pudratchi o'z faoliyatining yakuni sifatida buyurtm achiga tegishli
tex n ik h u jjatlarn i yoki hisobotlarni b u y u tm ach ig a topshirish shart.
Shartnom a har bir holatda o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lganligi uchun
uning predm eti ham unga m utanosib ravishda o'zgarib turadi.
Loyiha h u jjatlari tegishli obyektni texnik jih a tid a n asoslangan
chizmalar, sxemalar, rangli tasvirlar, ularga berilgan tushuntirishlardan
iborat, y a’ni loyiha hujjatlari qurilish hajmini, uning mazmuni va olib
www.ziyouz.com kutubxonasi
boriladigan ish 'a r m ohiyatini aniqlovchi h u jja t bo'lib xizm at qiladi.
Loyihalash bir tomonidan ijodiy ish bo'lsa ham uni amalga oshiruvchidan,
asosan, tajriba, m ahorat va maxsus malaka talab qiladi.
Sm eta h u jjatlari tegishli obyekt loyihasi asosida tuziladi. Sm eta
hujjatlarini tuzishda ham m alakaga ega bo'lgan m utaxassislar fan va
amaliyotga m a’lum bo'lgan usullar asosida tegishli loyihadagi qurilish
uchun qanday m ateriallar ishlatilishi lozimligini va u qanday sum m aga
bitkazilishini hisoblab boradilar. B uyurtm achi qurilish loyihasini qabul
q ilishd a sm e ta q iy m a tig a a lb a tta e ’tib o r beradi. S h u n in g u c h u n
b u y u rtm a c h i sm e ta qiym atin i a rz o n lash tirish g a yoki iloji boricha
kam aytirishga h arakat qiladi.
Qidiruv ishlari loyiha sm eta hujjatlaridan oldin ham yoki undan
keyin ham am alga oshirilishi mumkin. Qidiruv ishlari tegishli obyekt
uchun ajratilgan yerni to'liq o'rganish yoki bu obyekt uchun eng qulay
bo'lgan joyni iqtisodiy asoslab berish, belgilangan h u d u d n in g tabiy
sharo iti, rely efi, q u rilish m a te ria lla rid a n foydalanish im koni, suv
m anbalari, tra n sp o rt kom m unikakasiyasi, elek tr energiyasi t a ’minoti
haqida ilmiy amaliy asoslangan m a’lumotlarni jamlash va xulosalar tuzilib,
buyurtm achiga topshirish bilan yakunlanadi. Loyiha-smeta hujjatlaridan
oldin o'tkazilgan qidiruv ishlari pudrati tegishli obyektni qurishga asos
soladi. Dastlabki m a’lumot bo'lgan qidiruv ishlari yakuni asosida loyiha
va smeta tuziladi. Tayyor loyihalami qurish uchun joy tanlashga zaruriyat
tug'ilganida qidiruv ishlari amalga oshirilishi mumkin. B unda smeta
qiymati um um iy asosda qayta ko'rib chiqilishi lozim. Masalan: kopleks
tadbirkorlik litsenziyasi bo'yicha lisenziatga berilgan litsenziya asosida
m avjud bo'lgan ishlab chiqarish kopleksini boshqa joyda, boshqa hududda
bo'lgan ham qurilgan hollarda bunga zarurat vujudga kelishi mumkin.
Loyiha va qidiruv ishlari p u d rati shartnom asida subyektlar sifatida
buyurtm achi va pudratchilar ishtirok etadilar. B uyurtm achilar sifatida
h a r qanday jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etishlari m umkin. Eng
muhimi, ularning loyiha va qidiruv ishlariga bo'lgan ehtiyoji va xohish-
irodasidir, lek in fu q a ro la r ham , y u rid ik sh axslar h am q o n u n yo'l
qo'ygan asoslardagi sohalar, obyektlar bo'yicha buyurtm achi bo'lishlari
mumkin. U lar fuqarolik m uomalasida bo'lgan obyektlarga belgilangan
tartibd a buyurtm achi bo'lishga haqlidirlar. Atom energetikasi obyektlari,
m agistral truboprovodlar, k o 'p rik larn i loyihalash ishlarini b u y u rtm a
qilishga shunday faoliyatlarni am alga oshirish to'g'risidagi vakolatlari
u la r n in g n iz o m la r id a k o 'r s a t i l g a n v a te g is h li ta r z d a m a x s u s
ruxsatnom alar olgan bo'lishlari lozim. Ko'p hollarda qurilish pudratchilari
www.ziyouz.com kutubxonasi
buyurtm achilar bo'lib ishtirok etadilar.
Pudratchilar sifatida qonun hujjatlari asosida maxsus ruxsatnom a
(litsenziya) olgan va tadbirkorlik subyekti sifatida ro'yxatd an o'tgan
tashkilotlar ishtirok etadilar. P u d rat shartnomasining um umiy qoidalariga
muvofiq, loyiha va qidiruv pudrati shartnomasining maxsus qoidalarga
zid bo'lm aganligi uch u n buyurtm ach in in g topshiriqlarini b ajarishd a
subpudratchilar ham jalb qilinishi mumkin. Bunda buyurtm achi, bosh
p udratchi va subpudratchi o'rtasida m unosabatlar p udrat va qurilish
p udrati to'g'risidagi qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Shartnoma bo'yicha bajarilgan ishlarga haq miqdorini belgilash ikki
xil usulda amalga oshirilishi mumkin: pudratchi belgilangan tariflar asosida
o'zi am alga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar bo'yicha sm eta tuzadi va
buyurtm achiga taqdim etadi; buyurtm achi yakuniy xulosa va texnik
hujjatlarni tayyorlashga (ularning ijobiy va salbiy bo'lishidan q at’iy nazar)
pudratchi bilan kelishilgan haqni to'laydi.
Shartnomani tuzishda unga ko'rsatilgan ishlarni bajarish va buyurtmachiga
topshirish muddatlari ko'rsatilgan bo'lishi lozim. Buyurtmachi ishning tez
bajarilishi uchun oqilona m uddatni qisqartirish maqsadida pudratchiga
tarifda belgilangan summ aga nisbatan ko'proq haq to'lashni yoki mukofot
v a ’da qilishi m um kin. A gar sh a rtn o m a d a uni b a ja rish m u d d a tla ri
ko'rsatilm agan bo'lsa, pudratchi tegishli ishlarni oqilona bajarishi lozim.
Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnom asi yozma shaklda tuziladi.
Uning tuzilishiga buyurtm achi tom ondan tegishli obyektni loyihalash
yoki qidiruv ishlarini olib borish haqidagi pudratchiga qilgan taklif asos
bo'ladi. Pudratchi bunday taklifni qabul qilsa, shartnom a matnini tuzishga,
uning shartlarini buyurtm achi bilan kelishishga kirishadi.
B uyurtm achining dastlabki m ajb u riy ati p u d ratc h ig a loyihalash
haqida topshiriq, shuningdek, loyiha-sm eta hujjatlarini tuzish uch un
zarur bo'lgan boshlang'ich m a’lum otlam i berishdan iborat. Loyihalash
h a q id a g i vazifani b u y u rtm a c h in in g to p sh irig 'i b o 'y ich a p u d ra tc h i
tayyorlashi mumkin. Bu holda vazifa buyurtm achi tomonidan tasdiqlangan
paytdan boshlab, taraflar uchun m ajburiy bo'lib qoladi. Buyurtm achi
loyiha va qidiruv ishlari bo'yicha topshiriqni tayyorlashni uchinchi
shaxslarga ham shartnom a asosida berish mumkin.
Buyurtm achi pudratchi barcha ishlarni bajarib bo'lganidan keyin
belgilangan narx yoki kelishilgan summ aning hammasini to'lashi lozim.
B uyu rtm ach i o'z vaqtida p u d ratch in ing haqini to'lam asa, FK 327-
m oddasi asosida javobgar bo'ladi. T araflarning kelishuviga muvofiq,
ishlarning ayrim bosqichlari tugallanganidan keyin narxning tegishli qismini
www.ziyouz.com kutubxonasi
to'lash haqidagi sh art ham kiritilishi mumkin.
P u d ra t shartnom asining boshqa tu rla rid an farq qilib, loyiha va
qidiruv ishlari p u d rati shartnom asida, agar qonun yoki shartnom ada
boshqacha tartib nazarda tutilm agan bo'lsa, loyiha va qidiruv ishlari
s h a r tn o m a s in i t a s o d if a n b a ja r is h m u m k in b o 'lm a s lig i x a v fi
b u y u rtm a c h in in g zim m asiga tu sh ad i. T aso d ifan b a ja rish m u m k in
bo'lmagan xavf sifatida buyurtm achi va pudratchiga bog'liq bo'lmagan
holatlar tushuniladi. Bunday hollarda buyurtm achi pudratchi tomonidan
bajarilgan ishlar uchun tegishli haqni to'laydi. Shartnom ada boshqacha
holat k o 'rsatilgan bo'lm asa, qo'shim cha m ukofot to 'g'risidagi sh a rt
kiritilgan bo'lsa, pudradchi uni olish huquqidan m ahrum bo'ladi. Agar
shartnom ada boshqacha tartib nazarda tutilm agan bo'lsa, buyurtm achi
pudratchiga bog'liq bo'lm agan holatlar tufayli loyiha va qidiruv ishlarini
bajarish uchun boshlang'ich m a’lumotlar o'zgarishi bilan bog'liq qo'shimcha
pudratchiga xarajatlarni to'lashi shart.
A gar sh artn o m ad a boshqacha ta rtib nazarda tutilgan bo'lm asa,
buyurtm achi p u d ratch id an olingan loyiha-sm eta h arajalarid an faq at
shartnom ada nazarda tutilgan m aqsadlarda foydalanishi, loyiha-smeta
hujjatlarini pudratchining roziligisiz uchinchi shaxslarga bermasligi va
undagi m a’lumotlarni oshkor qilmasligi shart. Shartnom ada ko'zda tutilgan
hollarda loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnom asi natijalaridan
buyurtm achi ixtiyoriy tarzda
foydalanishi, uni uchinchi shaxslarga
sotish va foydalanishga berishi m um kin bo'ladi.
B uyurtm achi loyiha va qidiruv ishlarini bajarishda shartnom ada
ko'zda tutilgan hajm da va shartlarda pudratchiga xizmat ko'rsatishi shart.
Buyurtm achi o'zidagi alohida m a’lumotlari, malakali mutaxassislari yoki
tegishli texnikasi bilan pudratchiga xizmat ko'rsatishi mumkin.
Agar sharnom ada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa,
buyurtm achi tayyor bo'lgan loyiha-smeta hujjatlarini tegishli davlat
organlari va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari bilan kelishib
olishda pudratchi bilan qatnashishi shart.
A g ar sh a rtn o m a d a b o sh q ach a ta rtib n azarda tu tilg a n
bo'lsa,
buyurtm achi tayyorlangan loyiha-sm eta hujjatlarining yoki bajarilgan
qidiruv ishlarining kamchiliklari borligi munosabati bilan uchinchi shaxslar
tomonidan buyurtm achiga nisbatan qo'zg'atilgan d a’vo yuzasidan ishda
qatnashishga pudratchini jalb qilishi shart. Pudratchini bunday ishlarda
jalb qilishdan asosiy m aqsad unga o'zi tayyorlagan loyiha-smeta hujjatlari
va qidiruv natijalarini himoya qilishga imkon yaratishdan iborat, chunki
buyurtm achiga qo'yilgan d a ’voga loyiha-sm eta hujjatlari yoki qidiruv
www.ziyouz.com kutubxonasi
ishlari natijalari asos bo'lishi mumkin. Pudratchini bunday ishlarga jalb
qilm aslik buyurtm achin ing unga n isb atan reg ress d a ’vo qo‘zg‘atish
huquqidan m ahrum qilishi mumkin.
Fuqarolik Kodeksining 689-moddasida pudratchining m ajburiyatlari
ko‘rsatib o'tilgan. Unga muvofiq, pudratchining dastlabki m ajburiyati
unga topshirilgan ishlarni loyihalash haq id ag i topshiriq va boshqa
boshlang'ich m a’lumotlarga muvofiq bajarishi hisoblanadi. Pudratchi o'ziga
berilgan topshiriqdan chetga chiqishga haqli emas. Qurilish p u d ra ti
qoidalari va qonunga muvofiq, pudratchi o'ziga bog'liq bo'lmagan holatlar
tufayli loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun boshlang'ich m a’lum otlar
o 'zgargan hollarda b u y urm ach ig a tezlik bilan x a b a r berishi lozim.
Shartnom a shartlariga kiritilgan har qanday o'zgarishlar buyurtm achining
roziligi bilan amalga oshiriladi. Buyurtm achi pudratchining ichki xo'jalik
faoliyatiga aralashmangan holda o'z topshirig'ining qanday bajarilayotganligi
to'g'risida nazoratni amalga oshirishi mumkin.
Pudratchi tayyor bo'lgan loyiha-smeta hujjatlarini buyurtm achi bilan
kelishib olishi, shuningdek, buyurtm achi bilan tegishli davlat organlari
va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari bilan kelishib olishi shart.
Masalan, shaharsozlik kodeksining 16-moddasiga muvofiq, p u d ratch i
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi
m axsus vakolatli d av lat organining tegishli ta rk ib iy bo'linm asi va
buyurtm achi bilan kelishgan holda shaharsozlik hujjatlariga binolar,
inshootlar va boshqa obyektlaming arxitektura-badiiy ko'rinishi ham da
amaliy yechimini yomonlashtirmagan tarzda texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlami
yaxshilaydigan o'zgartishlar kiritishi lozim
P u d ra tc h i lo y ih a-sm eta h u jja tla ri ta y y o r bo'lgach, u la r bilan
buyurtm achini tanishtirishi, tayyorlangan loyiha-sm eta hujjatlarining
m aqsadga muvofiqligini isbotlab berishi, tegishli hududda qurilishi ishlari
olib borishning xavflilik darajasini va qanday qurilish m ateriallaridan
foydalanish lozimligi to 'g 'risid a m a ’lum olarni taq d im qilishi lozim.
Buyurtm achi shartnom ada belgilangan m uddatda pudratchi bergan
loyiha-smeta va qidiruv ishlariga tegishli hujjatlarni ko'rib chiqishi lozim
bo'ladi. Pudratchi bergan xulosalarni e ’tiborga olishga m ajbur. Barcha
texnik hujjatlar taraflarning kelishuvidan so'ng pudratchi tom onidan
tasdiqlanadi.
Z arur bo'lgan hollarda pudratchi buyurtm achi bilan birgalikda o'zi
ishlab chiqqan loyiha-sm eta hujjatlari va qidiruv ishlari yakunlarini
davlatning vakolatning organlari va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish
organlari bilan kelishib olishda ishtirok etadi. B unda p u d ra tc h i o'z
www.ziyouz.com kutubxonasi
faoliyatining y a k u n la ri ilm iy-am aliy asoslanganligi, a tro f-m u h itg a
zararsizligini isbotlab berishi lozim. Tegishli organlar tomonidan aniqlangan
kamchiliklar shartnom a shartlariga muvofiq pudratchining o'z hisobidan
yoki buyurtm achi hisobidan amalga oshiriladi. Pudratchi o'ziga berilgan
topshiriqlarni begilangan m uddatga, kelishilgan nusxada topshirishga
majbur.
P u d ratch i b u y u rtm ach in in g roziligisiz loyiha-sm eta h u jja tla rin i
uchinchi shaxslarga bermasligi va ulami sir saqlashi shart. Lekin pudratchi
o'zining keyingi faoliyatida boshqa buyurtm ani bajarishda o'zidagi m avjud
m a’lum otlardan foydalanishi mumkin. Keyingi bajarilgan b uyurtm alar
b irin c h is id a n fa rq q ilm ay q olgan (ch u n o n ch i: p u d ra tc h i b o sh q a
buyurtmachilarga ham ilgaridan tayyor loyihaning aynan o'zini topshirgan)
hollarda, p u d ra tc h i birinchi b u y u rtm a ch i oldidan m a jb u riy a tla rin i
bajarilmaganligi uchun sud tartibida javobgarlikka tortilishi mumkin.
Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnom asi bo'yicha pudratchi
uchinchi shaxslarda p udratch i tomonidan tayyorlangan loyiha-sm eta
hujjatlari asosida ishlarni bajarishga qarshilik qilish yoki bajarishni cheklash
huquqi yo'qligini kafolatlashi lozim.
Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasida pudratchi bunday
kafolat berishining m ajbu riy aham iyatga egaligi ular tom onidan o'z
vako latlari doirasida va tegishli d av lat sta n d a rtla rig a mos bo'lgan
loyihalami yaratishda rol o'ynaydi.
Loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasi bo'yicha pudratchi loyiha-
smeta hujjatlari va qidiruv ishlaridagi kamchiliklar uchun, shu jumladan,
keyinchalik qurilish jarayonida, shuningdek, tayyorlangan loyiha-smeta
hujjatlari va bajarilgan qidiruv ishlari m a’lumotlari asosida barpo etilgan
obyektni ishlatish jarayonida aniqlangan kamchiliklar uchun javobgar bo'ladi
L o y ih a-sm eta h u jja tla rid a yoki q id iru v ishlarida k am chilik lar
aniqlangan taqdirda pudratchi buyurtm achining talabi bilan loyiha-smeta
hujjatlarini bepul qayta ishlab chiqishi va shunga muvofiq zarur qushimcha
qidiruv ishlarini bajarishi, shuningdek, agar Qonun yoki sharnom ada
b o s h q a c h a t a r t i b d a b e lg ila n g a n b o 'lm a s a , k e ltir ilg a n z a r a r n i
buyurtm achiga to'lashi shart. Pudratchi o'zining aybi bilan yetkazilgan
zarar uchun uchinchi shaxslar oldida ham javobgar bo'lishi mumkin.
Keltirilgan zarar pudratchi bergan hujjatlarga asosan noto'g'ri qurish,
qurilish m ateriallaridan noto'g'ri foydalanish, qurilishni qayta qurish,
jihozlash uchun qilingan xarajatlar yig'indisidan iborat. Obyekt tadbirkor
faoliyatida ishlatilishi lozim bo'lgan hollarda olinmay qolgan foyda,
boshqa holatlarda jarim a ko'zda tutilishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |