Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  “Хужалик  юритувчи  субъектларнинг  банк хисобваракларидан  пул  маблатарини



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

1  “Хужалик  юритувчи  субъектларнинг  банк хисобваракларидан  пул  маблатарини 

хисобдан  чикариш  тартиби  тугрисида”  йурикнома.  Узбекистон  Республикаси  Молия 

Вазирлиги ва Давлат Мулк кумитаси билан келишилган холда Узбекистан Республикаси 

М арказий  Банки  томонидан  1999  йил  22  январда  104-В  сонли  карор  билан 

тасдикланган.  Узбекистон  Республикаси  Адлия  Вазирлигида  1999  йил  30  январда 

615-ракам  билан  руйхатга  олинган.

www.ziyouz.com kutubxonasi




amalga  oshirishning  elektron  usullarini  joriy  etish  yo‘li  bilan  hisob-kitob 

operatsiyalar ini  osonlashtirish;

-  aholi  naqd  pulsiz  hisob-kitoblarini  kengaytirish  va  h.k.

Naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  iqtisodiy  mazmuniga  ko'ra  tovar  va 

notovar  operatsiyalari  bo'yich a  hisob-kitoblarga  bo'linadi.  Tovar 

operatsiyalariga  realizatsiya  qilingan  tovar-moddiy  boyliklar,  bajarilgan 

ishlar,  ko'rsatilgan  xizmatlar  uchun  korxonalar,  tashkilotlar  o'rtasida 

amalga oshiriladigan hisob-kitoblar kiradi. Notovar operatsiyalar moliyaviy 

majburiyatlar bo'yicha hisob-kitoblar ( budjetga to'lovlar, bank ssudalarini 

to'lash,  sug'urta  to'lovlari  va  b.)dir‘.

Naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  yetkazib  beruvchi  bilan  xaridor,  yetkazib 

beruvchi bilan bank, xaridor bilan bank o'rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy 

munosabatlarni  aks  ettiradi.  Shu  munosabat  bilan  naqd  pulsiz  hisob- 

kitoblarga  muayyan  xususiyatlar  xos  bo'lib,  ular ikki  omil  bilan  bog'liqdir. 

Birinchidan,  har  bir  hisob-kitob  operatsiyasi  uchun  ayni  bir  vaqtda  uch 

qatnashchi  mavjud  bo'lishi  shart:  bank,  to'lovchi  va  oluvchi.  Ularning 

hisob-kitob munosabatlari sohasidagi o'zaro aloqalari ko'p hollarda fuqarolik- 

huquqiy  shartnomalari  bilan  tartibga  solinadi.  Ikkinchidan,  hisob-kitob 

operatsiyalarini amalga oshirish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanib

ushbu  munosabatlarda  u  o'ziga  tegishli  hukmronlik  vakolatlari  berilgan 

davlat  organi  sifatida  qatnashadi.  Shu  sababli  hisob-kitob  operatsiyalarini 

amalga  oshirish  vaqtida  yuzaga  keladigan ijtimoiy munosabatlar fuqarolik 

huquqi  va  moliya  huquqi  normalari  bilan  tartibga  solinadi.

Fuqarolik  huquqi  normalari  turli  subyektlar  o'rtasida  shartnoma 

majburiyatlarini bajarish vaqtida yuzaga keladigan hisob-kitob operatsiyalarini 

tartibga  soladi.  Fuqarolik  -   huquqiy  shartnomalami  tuzish  vaqtida  ushbu 

shartnomalarda  tomonlar  kelishuvi  bo'yicha  belgilanadigan  hisob-kitoblar 

shartlari  (shakli,  muddatlari  va  h.k.)  ko'zda  tutilgan  bo'lishi  lozim

Hisob-kitob  munosabatlari  subyektlaridan  biri  bo'lib,  banklar  hisob- 

kitoblarni  tashkil  etadi  va  amalga  oshiradi,  hisob-kitob  operatsiyalarini 

amalga oshirish uchun belgilangan qoidalarga rioya etilishini nazrat qiladi, 

zarur asoslar mavjud bo'lgan hollarda  esa davlat majbur etish choralarini 

ham  qoilaydi.  Tabiiyki,  banklar  bilan  ularning  mijozlari  o'rtasidagi 

munosabatlarning ushbu guruhi fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga 

solinmaydi.

Naqd  pulsiz  amalga  oshiriladigan  hisob-kitoblarni  tartibga  solishda 

asosiy  m e’yoriy  hujjat  O'zbekiston  Respublikasida  naqd  pulsiz  hisob-

www.ziyouz.com kutubxonasi




kitoblar  to'g'risidagi  nizom  (Yangi  tahriri  O'zbekiston  Respublikasi 

Markaziy  banki  Boshqaruvining  2002-yil  12-yanvardagi  l/4(60)-sonli 

Qarori  bilan  tasdiqlangan)  hisoblanadi.  Ushbu  hujjat  naqd  pulsiz  hisob- 

kitoblarning  barcha  shakllari  bo'yicha  pul  hisob-kitob  hujjatlarini 

rasmiylashtirish,  hisob-kitob  intizomiga  rioya  etilishini  nazorat  qilish 

va  u  buzilgan  taqdirda  ta’sir  choralarini  qo'llash  tartibini  belgilaydi.

O'zbekiston Respublikasida elektron to'lovlar tizimi.

O 'zb e k isto n   R espublikasida  elektron   t o 'lo v la r   sohasidagi 

munosabatlami  tartibga  solish  maqsadida  “Elektron  to'lovlar  to'g'risida” 

Qonun  qabul  qilingan1.

Elektron  to'lov  bu  texnika  vositalaridan,  axborot  texnologiyalaridan 

va  axborot  tizimlari  xizmiatlaridan  foydalangan  holda  elektron  to'lov 

hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish. Elektron 

to'lov  to'lov tizimining subyektlari o'rtasida tuzilgan shartnomalar asosida 

to'lov  tizimining  belgilangan  qoidalariga  muvofiq  amalga  oshiriladi.

Elektron  to'lov  tizimining  turlari:

-  banklararo  to'lov  tizimi  -   banklar  o'rtasidagi  elektron  to'lovlami 

banklaming O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida  ochilgan vakillik 

hisobvaraqalari  orqali  amalga  oshirish  uchun  mo'ljallangan.

-  bankning  ichki  to'lov  tizimi  -   bank  filiallari  va  mijozlar o'rtasida 

elektron  to'lovlarni  amalga  oshirish,  shuningdek  banklararo  to'lov  tizimi 

bilan  o'zaro  harakatda  bo'lish  uchun  mo'ljallangan;

-  chakana  to'lovlar  tizimi  -   bank  kartalari  va  boshqa  elektron 

to'lov  vositalari  qo'llanilgan  holda  elektron  to'lovlarni  amalga  oshirish 

uchun  mo'ljallangan.  Elek*~on  to'lov  vositasi  uning  mazkur  chakana 

to'lovlar  tizimiga  mansubligini  identifikatsiyalash  imkoniyatini  beradigan 

farqlovchi  belgilarga  (tovar  belgisi,  xizmat  ko'rsatish  belgilariga)  ega 

bo'lishi  kerak.

To'lov  tizimining  qoidalari  bilan  beliglangan  tarkib  va  formatdagi 

rekvizitlariga  ega  bo'lgan  hamda  elektron  to'lovlarni  amalga  oshirish 

uchun  zarur  axborotni  o'z  ichiga  olgan  elektron  hujjat  elektron  to'lov 

hujjati  sanaladi.  Elektron  to'lov  hujjati  pul  hisob-kitobga  doir  qog'oz 

hujjat  asosida  yoki  elektron  to'lov  vositasidan  foydalangan  holda  tuziladi 

va  elektron  raqamli  imzo  bilan  tasdiqlanadi.  Elektron  to'lov  hujjati  pul 

hisob-kitob hujjatloariga  tenglashtiriladi va  u bilan bir xil yuridik kuchga 

ega.



Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish