Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


 Qimmatli qog„ozlar bilan anderrayting operatsiyalari hisobi



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/269
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#266838
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   269
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (1)

6.4. Qimmatli qog„ozlar bilan anderrayting operatsiyalari hisobi 
 
Banklarning qimmatli qog„ozlar bilan operatsiyalaridan biri ander-
rayting operatsiyalaridir. Anderrayting operatsiyalari – qimmatli qog„oz-
larni ularning birinchi egalariga sotish hamda emitent topshirig„iga ko„ra 
qimmatli qog„ozlarni so„ndirish operatsiyalaridir.  
Qimmatli  qog„ozlar  emitentdan  joylashtirish  uchun  olinganda 
quyidagi buxgalteriya o„tkazmasi amalga oshiriladi:  
 
Debet  93616 – “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qo-
g„ozlari” yoki 
93623  –  “Saqlanayotgan  xususiy  qimmatli  qog„ozlar/tijorat 
hujjatlari” 
Kredit  96379  –  “Saqlanayotgan  qimmatli  qog„ozlar  va  boshqa  qim-
matbaho buyumlar bo„yicha kontr-hisobvaraq”. 
 
Emitentning  qimmatli  qog„ozlarini  joylashtirishdan  olingan  pul 
mablag„larining hisobi 22608  – “Mijozlarning qimmatli qog„ozlar bilan 
bo„ladigan  operatsiyalar  bo„yicha  mablag„lari”  balans  hisobvarag„ining 
“Qimmatli  qog„ozlarning  chiqarilishiga  xizmat  ko„rsatish  bilan  bog„liq 
emitentlar mablag„lari” alohida shaxsiy hisobvarag„ida hisobga olinadi.  
Qimmatli  qog„ozlarni  ularning  birinchi  egalariga  joylashtirishda, 
shuningdek,  joylashtirilmagan  qimmatli  qog„ozlarni  emitentga  qayta-
rishda  qimmatli  qog„ozlarning  nominal  qiymati  bo„yicha  quyidagi  bux-
galteriya o„tkazmasi amalga oshiriladi: 
 
Debet  96379  –  “Saqlanayotgan  qimmatli  qog„ozlar  va  boshqa  qim-
matbaho buyumlar bo„yicha kontr-hisobvaraq” 
Kredit  93616 – “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qo-
g„ozlari” yoki 
93623  –  “Saqlanayotgan  xususiy  qimmatli  qog„ozlar/tijorat 
hujjatlari”. 
 
Bank  qimmatli  qog„ozlarni  emitent  topshirig„iga  asosan  emitent 
mablag„lari hisobiga so„ndiradi. Emitentdan olingan mablag„lar 22608 - 
“Mijozlarning  qimmatli  qog„ozlar  bilan  bo„ladigan  operatsiyalar 
bo„yicha mablag„lari” hisobvarag„ining “Qimmatli qog„ozlarni chiqarish 
bo„yicha emitentlarning mablag„lari” alohida shaxsiy hisobvarag„ida hi-
sobga  olinadi.  Emitentning  qimmatli  qog„ozlari  so„ndirilganda,  so„ndi-
rish summasiga quyidagi buxgalteriya o„tkazmasi amalga oshiriladi. 
 
Debet  22608  –  “Mijozlarning  qimmatli  qog„ozlar  bilan  bo„ladigan 
operatsiyalar bo„yicha mablag„lari”; 


 
133 
Kredit  10101  –  “Aylanma  kassadagi  naqd  pullar”  yoki  bankning  va-
killik hisobvarag„i yoki mijoz hisobvarag„i. 
Bir  vaqtning  o„zida  so„ndirilgan  qimmatli  qog„ozlarning  blanka-
lari  90303  –  “Davlatning  qimmatli  qog„ozlari  blankalari”  va  96305  – 
“Davlatning  qimmatli  qog„ozlari  blankalari  bo„yicha  kontr-hisobvaraq” 
nomli ko„zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga 1 so„m shartli bahoda 
kirim qilinadi. Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qog„ozlari 
blankalari esa 90317 va 96315 ko„zda tutilmagan holatlar hisobvaraqla-
riga  kirim  qilinadi.  Emitent  topshirig„iga  ko„ra  so„ndirilgan  qimmatli 
qog„ozlarning  blankalarini  emitentga  o„tkazishda  teskari  provodkalar 
o„tkaziladi.  
Anderrayting  xizmatlarini  amalga  oshirishdan  olingan  daromadlar 
45294  –  “Boshqa  ko„rsatilgan  xizmatlar  va  vositachilik  uchun  olingan 
daromadlar” hisobvarag„ining “Qimmatli qog„ozlarni chiqarilishiga xiz-
mat  ko„rsatish  bo„yicha  bank  operatsiyalaridan  olingan  daromadlar” 
alohida shaxsiy hisobvarag„ida hisobga olinadi.  

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish