Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


III bob. BANKLARDA HUJJATLAR AYLANISHI VA BANK



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/269
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#266838
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   269
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (1)

III bob. BANKLARDA HUJJATLAR AYLANISHI VA BANK 
NAZORATINING TASHKIL QILINISHI 
 
3.1. Hujjatlar haqida tushuncha va ularning turlari 
 
Banklarda bir kunda katta summalardagi juda ko„plab operatsiyalar 
amalga oshiriladi. Bu operatsiyalarning barchasi ma‟lum bir shaklga ega 
bo„lgan  hujjatlar  asosida  bajariladi.  Hisobga  olinishi  lozim  bo„lgan  har 
bir  operatsiya  haqidagi  ma‟lumotni  o„z  ichiga  jamlagan  va  operatsiya-
ning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar majmuasiga hujjatlashtirish deb 
aytiladi.  Banklar  o„zining  faoliyati  jarayonida  hujjatlar  bilan  ish  olib 
boradi.  Buxgalteriya  hisobida  o„tkazilishi  kerak  bo„lgan  hech  bir  ope-
ratsiya hujjatsiz amalga oshirilishi  mumkin emas, chunki hujjatlar  mol-
mulkning talon-taroj qilinmasdan to„liq saqlanishini ta‟minlashda asosiy 
rol  o„ynaydi.  Misol  uchun,  pul  mablag„larini  bankka  topshirish  yoki 
bankdan  olishni  to„liq  to„ldirilgan  va  oldindan  tekshirilgan  maxsus 
hujjatlar asosida amalga oshirilishi mumkin, o„tkazib bo„lingan operatsiya-
larning  naqadar  to„g„riligi  yoki  qonuniyligi  keyinchalik  shu  hujjatlar 
asosida  tekshiriladi.  Tekshirish  natijalari  tahlil  qilinib  kerakli  chora 
ko„riladi. Shuning uchun hujjatlar buxgalteriya hisobining asosi hisoblanadi.  
Hujjatlardagi  operatsiyaning  mazmuni,  uni  hisobga  olish  uchun 
kerak bo„lgan barcha belgilar hujjatlarning rekvizitlari yoki ko„rsatkich-
lari deyiladi. Hujjatlar va korxonalarda buxgalteriya hisobini olib borish 
haqidagi  Nizomga  muvofiq  barcha  hujjatlar  uchun  majburiy  bo„lgan 
rekvizitlar o„rnatilgan. Hujjatlarning asosiy rekvizitlari quyidagilar: 
1.  Hujjatning  to„liq  nomi  (masalan:  to„lov  talabnomasi,  to„lov 
topshirig„i) 
2. Hujjatning to„ldirish sanasi va uning nomeri. 
3. Mahsulot sotuvchi va mahsulot oluvchi korxonalarning to„liq nomi. 
4. Shu korxona va tashkilotlarning bankdagi hisobvaraq nomerlari. 
5. Ularga xizmat ko„rsatuvchi banklarning nomi, ularning kodi. 
6. Operatsiyaning mazmuni. 
7. To„lanadigan summa (raqamlar va yozma ravishda). 
8. Rahbar shaxslarning imzolari va korxonaning muhri. 
Har  bir  hujjat  xatosiz,  yozuv  mashinkalarida  bir  yo„la  bir  necha 
nusxada to„ldirilishi yoki kompyuterda terilishi kerak. Kassa operatsiya-
lari  bo„yicha  ishlatiladigan  hujjatlar  bundan  mustasno,  bunday  hujjatlar 
qo„lda, ruchkalar yordamida to„ldiriladi. 


 
49 
Bankda  ishlatiladigan  barcha  hujjatlarni  biz  shartli  ravishda  2 
qismga bo„lamiz.  
1. Korxonalar tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjatlar.  
2. Banklar tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjatlar.  
Hujjatlarning  asosiy  qismi  korxona  va  tashkilotlar  tomonidan  ras-
miylashtirilib, banklarga topshiriladi. Korxona va tashkilotlar tomonidan 
to„ldiriladigan  hujjatlarga  asosan  naqd  pulsiz  hisob-kitob  bilan  bog„liq 
bo„lgan  hujjatlar:  to„lov  talabnomasi,  to„lov  topshiriqnomasi,  to„lov  ta-
labnomasining  ro„yxati,  cheklar  ro„yxati,  kassa  operatsiyalari  bo„yicha 
esa pul topshirish haqidagi hujjat (e‟lon) pul cheki kabilar kiradi. Har bir 
hujjatlarga  korxona  rahbari  va  buxgalterining  imzolari  qo„yilib,  ular 
muhr bilan tasdiqlangan bo„lishi lozim.  
Bu  hujjatlar  banklarga  korxonaning  ma‟lum  xizmatchisi  tomoni-
dan  maxsus  ajratib  qo„yilgan  qutilarga  solib  qo„yish  yo„li  bilan  yoki 
aynan  shu  korxonaga  xizmat  ko„rsatuvchi  mas‟ul  ijrochiga  berish  yo„li 
bilan topshiriladi. Hujjatlar mas‟ul ijrochi tomonidan shakl va mazmun 
jihatidan puxta tekshiriladi, shundan so„ng shu hujjatlar asosida ma‟lum 
bir operatsiya o„tkaziladi.  
Korxonalar tomonidan topshirilgan hujjatlar bilan ish ko„rish bilan 
bir  qatorda  banklarning  o„zida  ham  ma‟lum  bir  hujjatlar  rasmiylashtiri-
ladi. Masalan, banklar o„rtasidagi o„zaro aloqalarga ishlatiladigan avizo, 
bank operatsiyalari bo„yicha ishlatiladigan memorial va boshqa orderlar, 
kirim va chiqim jurnallari, balansdan tashqari hisoblaridan orderlar bank 
xodimlari  bo„yicha  kirim-chiqim  orderlari  tomonidan  rasmiylashtirila-
digan hujjatlarga kiradi. Lekin hozirgi kunda ikki pog„onali bank tizimi 
faoliyat  ko„rsatayotgan  bir  paytda  “avizo”  deb  nomlanuvchi  hujjat 
elektron ko„rinishda asosan Markaziy bank muassasalari o„rtasida bank-
lararo  aylanmalar  bo„yicha  operatsiyalar  o„tkazilganda  rasmiylashtiri-
ladi.  Tijorat  banklari  esa  mijozlarning  hujjatlari  asosida  elektron  to„lov 
hujjatlarini rasmiylashtirib hisob markaziga o„tkazadilar.  
Hujjatlar sodir etiladigan operatsiyalarning hajmiga ko„ra oddiy va 
yig„ma  bo„lishi  mumkin.  Oddiy  hujjatlarda  faqat  bitta  xo„jalik  ope-
ratsiyasi  aks  etadi,  yig„ma  hujjatlarda  esa  bir  necha  operatsiyalar  jam-
langan  bo„ladi.  Oddiy  hujjatlarga  to„lov  talabnomasi,  to„lov  topshiriq-
nomasi, akkreditiv ochish uchun ariza, kirim orderi va pul chekini misol 
qilish  mumkin.  Yig„ma  hujjatlarga  esa  yig„ma  to„lov  topshiriqnomasi, 
to„lov  talabnomasining  ro„yxati,  cheklar  ro„yxati,  kassa  kirim  jurnali, 
kassaning chiqim jurnalini kiritish mumkin.  


 
50 
Bundan  tashqari  bajariladigan  operatsiyalarning  mazmuniga  ko„ra 
bank operatsiyalari bo„yicha barcha hujjatlarni 3 guruhga bo„lish mumkin: 
1. Naqd pulsiz hisob-kitoblarda ishlatiladigan hujjatlar
2. Naqd pul bilan bog„liq bo„lgan kassa hujjatlari
3. Balansdan tashqaridagi hisobvaraqlar bo„yicha hujjatlar. 
Ma‟lumki, har bir xo„jalik yurituvchi subyekt o„z pul mablag„larini 
biror bankda ochgan hisobvaraqda saqlaydi va barcha naqd pulli hamda 
naqd  pulsiz  operatsiyalari  (pul  to„lash  va  pul  kelib  tushishi  bo„yicha) 
mana  shu  hisobvaraqlar  orqali  o„tkazadi.  Pul  o„tkazish  mijozning 
topshirig„i  yoki  mol  jo„natuvchi  korxonaning  to„lov  talabnomasi  orqali 
bank  xodimlari  tomonidan  bajariladi.  Bu  holda  naqd  pul  ishlatilmaydi. 
Operatsiyalar  hisobvaraqlardan  yozuvlar  bajarish  orqali  o„tkaziladi. 
Shuning  uchun  bunday  operatsiyalarda  ishlatiladigan  hujjatlarni  naqd 
pulsiz hisob-kitoblarda ishlatiladigan hujjatlar guruhiga kiritamiz.  
Bank orqali o„tadigan operatsiyalarning bir qismi naqd pul ishtiro-
kida  amalga  oshiriladi.  Bu  bankning  kirim  kassa  operatsiyalari  va  chi-
qim  kassa  operatsiyalaridir.  Bank  mijozlari  tomonidan  ya‟ni  naqd  pul 
bilan  muomala  qiluvchi  savdo,  maishiy  xizmat  ko„rsatish,  umumiy 
ovqatlanish,  madaniy  tadbirlar  o„tkazish  bilan  shug„ullanuvchi  (kino-
teatr,  konsert  zallari,  muzey)  muassasa  va  tashkilotlar  tomonidan  naqd 
pul  tushumini  topshirishi  bilan  bog„liq  operatsiyalar  kirim  kassa  ope-
ratsiyalari  hisoblanadi.  Iqtisodiyotning  turli  tarmoqlariga  qarashli  bo„l-
gan  korxona,  tashkilot  va  muassasalar  ishchi  xizmatchilarga  ish  haqi, 
nafaqa, mukofot, komandirovka xarajatlarini to„lash uchun naqd pul ola-
dilar.  Bu  operatsiyalar  chiqim  kassa  operatsiyalari  hisoblanadi.  Ushbu 
operatsiyalarda  ishlatiladigan  hujjatlarni  naqd  pul  bilan  bog„liq  kassa 
hujjatlari guruhiga kiritamiz.  
Bankda  balans  ichidagi  hisobvaraqlar  bilan  bir  qatorda  balansdan 
tashqari  hisobvaraqlar  ham  yuritiladi.  Bunday  hisobvaraqlarda  asosan 
qimmatbaho  hujjatlar  hamda  ba‟zi  bir  bank  operatsiyalari  bo„yicha 
hujjatlar  hisobga  olinadi.  Masalan,  to„lanadigan  akkreditivlar,  to„lov 
muddatini  kutayotgan  hisob-kitob  hujjatlari,  o„z  vaqtida  to„lanmagan 
hujjatlar  balans  tashqaridan  hisobvaraqlar  bo„yicha  yuritiladigan  hujjat-
lar  jumlasidandir.  Bu  hisobvaraqlardagi  qoldiq  bank  balansiga  ta‟sir 
etmaydi. Shuning uchun bunday hujjatlar balansdan tashqari hisobvaraq-
lar bo„yicha hujjatlarga kiritiladi. Bu guruhlarning har biriga korxona va 
tashkilotlar  tomonidan  to„ldirilgan  hujjatlar  hamda  bank  tomonidan 


 
51 
to„ldirilgan  hujjatlar  kiradi.  Bu  hujjatlarning  har  biri  haqida  bundan 
keyingi mavzularda to„xtalib o„tamiz.  
 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish