167
mijozlarga berilgan kreditlar” hisob raqami hisobvaraqlar rejasining
12101-15599 balans hisob raqamlarida bankning rezident hamda
norezident bo„lgan boshqa banklarga va mijozlarga milliy va xorijiy
valutalarda bergan kreditlarning hisobi olib boriladi. Kreditlar muddati,
qarzdorlar va kreditning maqomi bo„yicha tasniflanadi. Kreditlar
muddati bo„yicha qisqa va uzoq muddatli kreditlarga tasniflanadi.
Qisqa muddatli kreditlar kredit berilgan sanadan bir yilgacha
muddatga berilgan kreditlardir. Uzoq muddatli kreditlar kredit bir yildan
ortiq muddatga berilgan kreditlardir. Kreditlar maqomi bo„yicha quyi-
dagicha tasniflanadi. Muddati o„tgan kreditlar – bank va mijoz o„rtasida
tuzilgan kredit shartnomasiga ko„ra o„z vaqtida qaytarilmagan kreditlar.
Bu toifadagi kreditlar muddatsiz hisoblanib, imkoniyati bo„lishi bilan
undirib olinadi.
Shartlari qayta ko„rib chiqilgan kreditlar – o„zaro qayta ko„rib chi-
qilgan yoki qayta tuzilgan shartnomalarga asosan muddati, yangi foiz
stavkasi yoki ta‟minlanganlik holatiga qo„shimcha talablar va shu kabi
boshqa shartlarning o„zgarishi bilan bog„liq bo„lgan kreditlardir.
Muddati o„tgan kreditlar bo„yicha foizlar ko„zda tutilmagan holat-
lar hisob raqamida hisobga olib boriladi va qarzdor kreditni qaytarayot-
ganda foizlar ham birga undirib olinadi.
Ushbu hisob raqamlar boshqa banklarga va mijozlarga berilgan
kreditlar summasiga debetlanadi. Bank tomonidan berilgan
kreditlar
qaytarilganda yoki muayyan kreditning maqomi o„zgarishi munosabati
bilan boshqa turga o„tkazilayotganda va ushbu kreditlar bo„yicha ko„ril-
gan zarar qoplanayotganda tegishli kredit hisob raqamlari kreditlanadi.
Berilgan kreditlar bo„yicha ko„rilishi mumkin bo„lgan zararlar
uchun zaxiralar bankning xarajatlari hisobidan yaratiladi. Ushbu zaxira-
lar qarzdorning moliyaviy holatini, berilgan kreditning ta‟minlanganligi
va qaytmaslik risklarini baholash natijasida yaratiladi.
Quyida boshqa banklarga va mijozlarga kreditlar bo„yicha balans
hisob raqamlari alohida tasniflanadi.
Demak, banklarda kredit operatsiyalarini olib borish uchun quyida-
gi ssuda hisob raqamlari ochiladi:
12100 – Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar.
12300 – Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar.
12500 – Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar.
12600 – Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli
kreditlar.
168
12700 – Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan qis-
qa muddatli kreditlar.
12900 – Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa
muddatli kreditlar.
13100 – Xususiy korxonalar, xo„jalik shirkatlari va jamiyatlarga
berilgan qisqa muddatli kreditlar
Bu asosiy hisob raqamlarning debet tomonida tegishli bank, kor-
xona, tashkilot, jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar,
kredit tomonida esa ularning qaytarilishi aks ettiriladi. Yuqoridagi hisob
raqamlarning barchasi bir qator subhisob raqamlarni o„z ichiga olib, ular
muddatli, muddati o„tgan, qayta ko„rilayotgan kreditlar bo„yicha
alohida-alohida hisob yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: