Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar:
1. Shoir she’rlarida, ayniqsa, to‘rtliklarida xalqimiz yaratgan maqol, matal, aforizm kabi
hikmatli iboralar – paremalarga juda yaqin bo‘lgan falsafiy mohiyat, xalqona donolik
mujassamdir.
2. Shoir she’rlarida qo‘llanilgan poetik so‘zlar, frazeologizmlarning mikroanalitik
tahlilida ularning xalq donishmandligi va xalqona iboralar mohiyatidan kelib chiqqani ma’lum
bo‘ladi.
3. Abdulla Oripov she’riyatida xalqona ruh ifodasi bo‘lgan ona tiliga ehtirom estetik
tamoyil darajasiga ko‘tarilgan va u shoir she’riyati milliyligini ta’minlovchi asosdir. Shoir jonli
xalq tili unsurlariga adabiy ruh bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |