16-asrning 2-yarmi, 17—18-asrlarda ikki oʻrtada diplomatok va savdosotiq alokalari faollashgan.
Rossiya yilnomalarida koʻrsatilishicha, Buxoro amirligi, Xiva, Qoʻqon xonliklaridan elchilar
savdosotiqni koʻpaytirish taklifi bilan Peterburgga borgan. 19-asrning 60-yillaridan Urta Osiyo
Rossiya tomonidan bosib olingach, bu yerlar Rossiyaning xom ashyo manbai boʻlib qoldi. Oʻrta
Osiyodan paxta, ipak va boshqa yuborish va bu yerga sanoat mollari keltirish yoʻlga qoʻyiddi.
1917 yil oktabr toʻntarishidan keyin Oʻzbekiston — Rossiya alokalari Sovet xukumati siyosati
doirasida yagona iktisodiyot rejasiga binoan, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va
kooperatsiyalash yoʻlida amalga oshiriddi.
20-asrning 90-yillaridan ikki mamlakat oʻrtasida teng
huquqli aloqalar oʻrnatila boshladi. Oʻzbekiston Prezidenti
Islom Karimovning 1998, 2001 va 2004 yillarda Rossiyaga
qilgan tashriflari, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning
2000 va 2003 yillarda Oʻzbekistonda boʻlgan vaqtida
erishilgan bitimlar va imzolangan hujjatlar ikki mamlakat
oʻrtasidagi iqtisodiy, ilmiy va madaniy hamkorlikka huquqiy
asos yaratdi. 1998— 2007 yillarga moʻljallangan iqtisodiy
hamkorlikni chukurlashtirish haqidagi shartnoma bu asosni yanada kengaytirdi. Rossiya
Federatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha
hukumatlararo komissiya asosiy muvofiqdashtiruvchi organ vazifasini bajaradi. U ikki tomonlama
iqtisodiy aloqalarning ustun yoʻnalishlarini belgilash, qulay hamkorlik shartsharoitlarini vujudga
keltirishga, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarni xususiylashtirish jarayenlarida ishtirok etishiga,
Oʻzbekiston va Rossiya regionlarining hamkorligiga koʻmaklashish bilan shugʻullanadi. 2003 yil
Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 149,1 mln. AKSH dollariga
yetdi. UzR dan Rossiyaga paxta tolasi, yengil avtomobil, mevasabzavot mahsuloti va boshqa
yuboriladi. Rossiyadan mexanik va elektr mashinauskuna, transport vositalari, qora metall,
plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, doridarmon, yogʻoch, kimyo sanoati
mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Ikki mamlakat ishbilarmonlarining hamkorligi tufayli
Oʻzbekiston Respublikasida 520 ta qoʻshma korxona barpo etilgan. Ular orasida Rossiya
Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimov va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchrashuvi (2004)
sarmoyasi 100% boʻlgan oʻnlab korxona bor. Ular oziq-ovqat, toʻqimachilik, yogʻochni qayta
ishlash, doridarmon ishlab chiqarish, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash
sohasida faoliyat yuritadi. Rossiyaning salkam 40 ta kompaniyasi, jumladan, "Aeroflot",
"Avtovaz", "Zarubejneftgaz", "LUKoyl", "Texmashimpeks" va boshqa oʻz vakolatxonalariga ega.
Rossiyada oʻzbek rezidentlari ishtirokida tashkil etilgan 167 korxona, shu jumladan, 72 qoʻshma
korxona bor. Oʻzbekiston — Rossiya munosabatlari sohasida, ayniqsa, aviasozliqda avvalgi
kooperatsiya aloqalari sakdanib qolgan. Oʻzbek gazini Rossiya orqali oʻzga davlatlarga oʻtkazish,
shuningdek, yangi neft va gaz manbalarini qidirib topish, ularni qazib olish va qayta ishlash
sohasida oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Rossiyaning "Gazprom" aksiyadorlik jamiyatlari
birlashmasi bilan "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi oʻrtasida strategik hamkorlik qilish
toʻgʻrisida hamda "Oʻzbekneftgaz" bilan "LUKoyl" oʻrtasida mahsulotni taqsimlashga oid
bayonnoma tayyorlash hakida imzolangan hujjatlar bu borada muhim voqea boʻldi. Ikki mamlakat
regionlarining iqtisodiy hamkorligi uzluksiz rivojlanmokda. Moskva shahri va viloyati, Sankt-
Peterburg, Yaroslavl viloyati, Boshqirdiston, Mordoviya, Tatariston respublikalari, Sibir va Ural
regionlarining ishbilarmon doiralaridan Oʻzbekiston Respublikasi ga delegatsiyalar kelib turadi,
ular Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlari bilan oʻzaro manfaatli shartnomalar
tuzdi. Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, "UzDEUavto", "Oʻzavtoyoʻl" bilan
tuzilgan shartnomalar shu jumlaga kiradi.
Ilmiy hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Supa platosida
Xalqaro radioastronomiya rasadxonasini barpo etish toʻgʻrisidagi hukumatlararo shartnomani
amalga oshirish boʻyicha olimlar hamkorligi bunga misol boʻladi. Ikki mamlakat fanlar
akademiyasilari va ularning institutlari ilmiy aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. 2001 yil fevralda
Toshkentda ochilgan Rossiya xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi
("Roszarubejsentr")ning vakolatxonasi zimmasiga aniq gumanitar masalalarni hal qilish vazifasi
kjlatilgan. "Roszarubejsentr" bilan Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi oʻrtasida tuzilgan
shartnomaga binoan turli tadbir, kecha va koʻrgazmalar oʻtkazish odat tusiga kirgan. Madaniyat
va sanʼat, xususan, tasviriy va amaliy sanʼat vakillari oʻzaro ijodiy aloqa qilib turadilar, jumladan,
2003 yil Moskvada J. Umarbekov va boshqa oʻzbek rassomlarining koʻrgazmalari uyushtirildi.
1997 yildan boshlab Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Moskvadagi Rassomlar markaziy uyida
har yili oʻtkaziladigan nufuzli xalqaro koʻrgazmaning doimiy ishtirokchisidir. Oʻzbekiston
Respublikasidagi Rus madaniyat markazi va "Uzbekistan—Rossiya" doʻstlik jamiyatining faoliyati
madaniy aloqalarni rivojlantirish va kengaytirishga yordam beradi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar