ILMIY AXBOROTNOMA
TARIX
2016-yil, 2-son
maslahat xizmati, shifokor endokrinologlarni esa ilm-fan yangiliklari, zamonaviy texnologiyalar bilan
tanishtirish jarayoniga jalb etildi[10]. Respublika travmatologiyasi va ortopediyasi fani hamda
amaliyoti sohasida esa 2015-yilga kelib, 1277 nafar mutaxassis faoliyat ko‘rsatdi. Ulardan 17 nafari
fan doktori, 100 ga yaqini fan nomzodi, 648 nafari toifali mutaxassislardan tashkil topdi. Qo‘shimcha
tarzda oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari tayyorlashni tashkil etishning mutlaqo yangi tizimi
shakllantirildi. Mamlakat tibbiyot institutlari Sharite (Germaniya), Garvard (AQSH), Manchester
(Buyuk Britaniya), Vena (Avstriya) universitetlari klinikalari, Yaponiya, Janubiy Koreya hamda
boshqa davlatlardagi yirik gospitallar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi [11].
2015-yilda O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarida 320 mingga yaqin hamshiralar faoliyat
ko‘rsatdi. Ular sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini, shuningdek, shoshilinch tez tibbiy
yordam va boshqa ixtisoslashgan muassasalarda zamonaviy texnologiyalar asosida ish yuritdi. Aholiga
tibbiy yordamni yanada takomillashtirishda hamshiralarning ishtiroki muhimligi hisobga olinib, 2015-
yilning sentabr oyiga qadar Toshkent tibbiyot akademiyasi va boshqa tibbiyot institutlarining «Oliy
hamshiralik ishi» bo‘limlarida anesteziologiya va reanimatsiya, xirurgiya, akusherlik va menejment
yo‘nalishlari bo‘yicha uch ming nafardan ziyod oliy ma’lumotli bakalavr hamshira tayyorlandi. 80
nafarga yaqin talaba esa magistrlik darajasiga ega bo‘ldi [12].
Biroq, hukumat tomonidan keng miqyosda olib borilgan bu boradagi islohotlarga qaramasdan,
ayrim obyektiv sabablarga ko‘ra ba’zi muammolar ham saqlanib qolganligini ko‘rish mumkin.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Salomatlik-3 loyihasini amalga
oshirish byurosi xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan 2015-yilda 7 ta viloyatning ko‘p
tarmoqli tibbiyot markazlari, 64 ta tuman tibbiyot birlashmalari va tuman ko‘p tarmoqli markaziy
poliklinikalarida olib borilgan tekshiruvlari aksariyat viloyatlarda davolash profilaktika muassasalarini
malakali tibbiyot xodimlari bilan ta’minlashda muammolar borligini ko‘rsatgan. Jumladan, Naman-
gan, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Andijon, Navoiy viloyatlarining ayrim tumanlarida kadrlar masalasi
dolzarbligicha qolgan. Asosan, anestiziolog-reanimatolog, akusher-ginekolog, pediatr, nevrolog,
oftalmolog, funksional va laboratoriya diagnostikasi bo‘yicha mutaxassislar, rentgenolog, UTT
diagnostikasi bo‘yicha mutaxassislarga zarurat sezilgan. Buning natijasida, «Salomatlik-3» loyihasi
doirasida olib kelingan tibbiy asbob-uskunalardan to‘liq foydalanilmasligi holatlari uchragan [13]. Bu
esa o‘z-o‘zidan mahalliy mutasaddi shaxslarning ushbu sohadagi javobgarligini oshirishni va
mamlakat hududlarining malakali kadrlar bilan ta’minlanganligi borasida qat’iy tarzda monitoring
tizimini olib borishni taqozo etadi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, O‘zbekiston miqyosida sovet mustamlakachiligi
yillarida tayyorlangan tibbiy kadrlardan farqli o‘laroq, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng
ko‘lamli islohotlar natijasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, tibbiyotning eng so‘nggi
yangiliklarini mukammal egallagan hamda ularni amaliyotda qo‘llay oladigan tibbiyot kadrlari salmo-
g‘i oshib bordi. Xususan, tayyorlanayotgan kadrlar uchun beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan o‘quv qo‘l-
lanmalar va adabiyotlarning davlat tilida nashr etilishi va bu boradagi olib borilgan izchil siyosat
natijasida mahalliy yoshlar eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar asosidagi davolash usullari bayon
qilingan aksariyat adabiyotlar bilan ona tilida tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Sovet mustam-
lakachiligi tuzumi davridagi umumiy ixtisoslikni egallagan mutaxassislardan farqli o‘laroq,
mustaqillik yillarida tor ixtisosliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanishi yo‘lga qo‘yildi. Bu esa ular
faoliyatidagi samaradorlikning oshishiga olib keldi. Bundan tashqari, nazariyani amaliyot bilan
uyg‘unlashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Bu esa zamonaviy tibbiyotimiz uchun
zarur bo‘lgan malakali kadrlar salmog‘ining kundan kunga oshishiga zamin yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |