(ON THE BASE OF INTERNET
MATERIAL)
This article is devoted to the problem of
development of cultural and educational
relationships between Republic of Uzbekistan
and Republic of China. Special attention was
given to the problem of cooperation in sphere
of high education and learning Chinese
language and culture in Uzbekistan.
Keywords:
strategic partner, high
education, sinology, the Chinese language and
culture, Confucius institute.
UDK:323.573.
QADIMGI SUG‘DGA CHORVADORLAR MADANIYATINING TA’SIRI XUSUSIDA
F.E. Toshboyev
Jizzax pedagogika instituti o‘qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada Sug‘d hududiga chorvadorlar ko‘rsatgan ta’siri, vohada
o‘rganilgan, bronzadan to ilk o‘rta asrlargacha bo‘lgan ko‘chmanchilarga mansub mozor-qo‘rg‘onlar
materiallari asosida tahlil qilgan.
Kalit so‘zlar: Gujayli, Mo‘minobod, Lavondoq, Oqjartepa, Siyob, Dashti Asht, Mironqul,
Mohandaryo, chorvadorlar, mozor-qo‘rg‘onlar, Obelchenko, Andronova jamoalari
Qulay tabiiy sharoit tufayli insoniyat paleolit davridayoq makon tutgan Zarafshon vohasida
yashagan ajdodlarimizning insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyos. Zarafshon
daryosining o‘rta qismidagi keng vodiyda dehqonchilik qilish uchun juda unumdor alyuvial –
prolyuvial yotqiziqlar vujudga kelgan. Quyi qismi esa janubi-g‘arbiy Qizilqumga tutash murakkab
kompleksni tashkil qiladi. Bu holat Sug‘d vohasida juda qadimdanoq ajdodlarimizning turli xo‘jalik
sohasidagi dastlabki yutuqlariga sabab bo‘lgan.
Bronza davridan buyon Yevro Osiyo dashtlarida ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ul-
lanuvchi Andronov jamoalarining O‘rta Osiyo dehqonchilik vohalariga ommaviy kirib kelishlari, ba’zi
aholi guruhlarining o‘troqlashib borishi kuzatiladi. Bu holat qadimgi Sug‘d hududi uchun ham
xarakterlidir. Bu jarayon vohada, yangidan yangi yerlarni o‘zlashtirib, aholi gavjum – obod
maskanlarga aylanishida, iqtisodiy hayotning jonlanib, ijtimoiy-siyosiy va etno-madaniy aloqalarning
kuchayuvida muhim ahamiyat kasb etgan.
Vohada o‘rganilgan, bronza davriga oid ko‘plab chorvadorlarga mansub mozor-qo‘rg‘onlarda
dasht-Andronova jamoalariga xos xususiyatlar kuzatiladi. Masalan, Panjikent shahri yaqinida
joylashgan Dashti Qozi mozor-qo‘rg‘onlaridagi qabrlarda murdalarning ko‘pchiligi chap tomoniga
yonboshlatib, oyoqlari bukilgan holda boshi g‘arbga qaratilib dafn etilgan [1]. Qabrlarda jasad bilan
birga, sopol idishlar, turli xildagi bezak buyumlari, oxra, hamda ko‘mir kukuni va bo‘lakchalari qayd
qilingan. Sopol idishlar qo‘lda yasalgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi tuvaksimon shaklda, turli xil,
uchburchak, archasimon shakldagi kertik va tarnovchasimon bezaklardan iborat. Bu sopol idishlar
Qozog‘istondagi Andronova madaniyatining so‘nggi bosqichlari va Tozabog‘yob sopol idishlariga
o‘xshashdir. Antropologik xususiyatiga ko‘ra ikkita marhumning Andronova jamoalariga mansubligi
aniqlangan [1]. O‘z navbatida bu yerdan dehqon jamoalar madaniyatiga mansub sopollar ham
topilgan.
Urgut yaqinidagi, miloddan avvalgi XII-XI asrlarga oid, Mo‘minobod mozor-qo‘rg‘onlaridagi
marhumlarning dafn etilishi va sopol idishning yasalishida andronova madaniyati, alikul bosqichining
so‘ngi etaplariga xos bezak va shakllar aks etgan. Ayollar bezaklarida esa, asosan, Andronova
madaniyatining Tozabog‘yob bosqichiga oid materiallar bilan yaqin o‘xshashlik kuzatiladi[2].
Samarqand shahri yaqinidagi Chaqqa qabristonidan topilgan sopol idishlardan birining yasalishi va
15
Do'stlaringiz bilan baham: |