Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
TARIX 
 
 
2016-yil, 2-son 
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin ikki davlat munosabatlarida yangi sahifani ochib berdi. 
Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar do‘stlik, hamkorlik va teng sheriklik munosabatlari to‘ 
g‘risidagi shartnoma hamda strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya ruhida 
barcha sohalarda rivojlanmoqda. O‘zaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlik munosabatlari o‘tgan 
24 yil mobaynida izchil rivojlanib borayotganligini alohida ta’kidlash kerak. 
O‘zbekiston va Xitoy xalqaro maydonda ikki mamlakat manfaatlariga oid eng muhim 
masalalarda bir-birini siyosiy qo‘llab-quvvatlab, BMT, ShHT singari xalqaro tuzilmalar doirasidagi 
hamkorlikni tobora kengaytirib kelmoqda.
O‘zbekiston Xitoy bilan munosabatlarni barcha sohalarda rivojlantirish, ayniqsa, energetika, 
transport, savdo, telekommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada 
kengaytirishdan manfaatdordir [1]. 
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik hamkorlikning ustuvor maqsadli vazifalari, shuningdek, 
ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiya, moliyaviy va gumanitar sohalarda ko‘p qirrali 
hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid istiqbolli masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Mamlakatlarimiz o‘rtasida madaniyat, ta’lim, fan va texnika sohalaridagi hamkorlik izchil 
rivojlanmoqda. Ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda 1998-yilda ta’sis etilgan 
“O‘zbekiston -Xitoy” va 2007-yilda tashkil qilingan “Xitoy Xalq Respublikasi – Markaziy Osiyo 
mamlakatlari” do‘stlik jamiyatlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi madaniy 
aloqalar oxirgi yillarda rivojlanib kengayib bormoqda [2]. 
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Xitoy Madaniyati vazirligi o‘rtasida 
imzolangan 2011-2013-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik to‘g‘risidagi dastur madaniyat sohasidagi 
aloqalar rivojiga katta hissa qo‘shdi. 2012-2013-yillarda Xitoyda O‘zbekiston madaniyati, tarixi va 
san’atiga bag‘ishlangan yigirmadan ortiq tadbir o‘tkazildi. Ikki mamlakat madaniyat va san’at 
namoyondalarining qator o‘zaro tashriflari amalga oshirildi. Keyingi yillarda O‘zbekiston va Xitoy 
madaniy aloqalari O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Xitoy Madaniyati vazirligi 
o‘rtasida imzolangan 2014-2017-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik to‘g‘risidagi dastur asosida 
rivojlanib bormoqda. Xitoy Xalq Respublikasida O‘zbekistonning boy ma’naviyati va noyob tarixiy 
merosiga katta hurmat hamda qiziqish bilan qaraldi. Bu yerda muntazam, ravishda o‘tkazib turiladigan 
yirik tadbirlar Xitoy jamoatchiligini O‘zbekistonning o‘ziga xos ko‘p qirrali qadimiy madaniyati, 
tarixi va san’ati bilan tanishtirishga xizmat qilmoqda [3]. 
Ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar yo‘nalishidagi aloqalarda ta’lim alohida o‘ringa ega 
bo‘lib jadal rivojlanib bormoqda. Ta’lim sohasida davlatlar va idoralararo, jumladan, o‘zbek va xitoy 
tillarini o‘rganish doirasida talaba va stajyorlar almashish tobora ko‘paymoqda. Ma’lumki, O‘zbek-
istonda amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturida” ta’lim va yuqori malakali kadrlar 
tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor berilgan [4]. 
Yuqori malakali xitoyshunos mutaxassislarni tayyorlashda xitoylik hamkorlar bilan birgalikda 
Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, O‘zbekiston 
Davlat jahon tillari universiteti hamda Samarqand Davlat universiteti samarali faoliyat olib bormoqda. 
2005-yilda Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti hamda Xitoyning Lanchjou universiteti 
hamkorligida tashkil qilingan Toshkentdagi Konfutsiy nomidagi Xitoy tili va madaniyati institutida 
har yili 350 dan ziyod tinglovchi saboq olmoqda. Institut tashkil qilinganidan buyon kurslarda 2,5 
mingdan ziyod talaba yoshlar, ilmiy xodimlar va tijoratchilar xitoy tili va madaniyatini o‘rgandilar [5]. 
O‘zbekistonda xitoy tili va madaniyatiga bo‘lgan katta qiziqishni inobatga olgan holda Xitoy 
Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning 2013-yil sentabr oyida O‘zbekistonga tashrfi doirasida 
Samarqandda yana bir Konfutsiy institutini tashkil qilish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. 2014-
yilning dekabr oyida institut dastlabki tinglovchilarni qabul qildi. Ushbu maskanda yuqori malakali 
pedagoglar zamonaviy pedagog va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda 
xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlikda xitoy tilini yoshlarga o‘rgatmoqdalar [6]. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2014-yil 19-20-avgustda Xitoy Xalq 
Respublikasiga qilgan davlat tashrifi ikki davlat munosabatlarining rivojlanishida muhim tarixiy voqea 
bo‘ldi. Tashrif yakunlariga ko‘ra ikki davlat rahbarlari tomonidan keng qamrovli 2014-2018-yillarga 
mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi va XXR o‘rtasida strategik sherikchilik munosabatlarini 
rivojlantirish dasturi qabul qilindi [7]. 
Ushbu dastur ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni yangi pog‘onaga ko‘tarilishiga 
turtki bo‘ldi. 2014-yil 3-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent Davlat 
sharqshunoslik instituti tarkibida xitoyshunoslik fakultetining tashkil etish to‘g‘risida (PQ-2228-son) 
13 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish