Asosiy menyu. Vazifalar panelining chap burchagida (yoki tepada, agar panel ish stolining
chap yoki o‗ng chetiga joylashtirilgan bo‗lsa) ishga tushurish tugmachasi joylashgan. Ushbu
tugmachani bosilishi ekranda rasmda tasvirlangan bosh menyuning paydo bo‗lishiga olib keladi.
Ushbu menyu keyingi vaqtda ochilgan, hamma dasturlar va hujjatlarga tezlik bilan yo‗llashni
ta‘minlaydi. Kerakli obyektga o‗tish uchun sichqonchaning tugmachasini bir marta bosishning
o‗zi kifoya. Bundan tashqari bosh menyu lokal va tarmoq disklardagi dasturlar va hujjatlarni
izlashni sezilarli darajada engillashtiradi. Tizimdan chiqish ham bosh menyu yordamida amalga
oshiriladi. ―Ishni yakunlash‖ buyrug‗i mana shuning uchun xizmat qiladi. U Windows bilan
ishlash seansini tugallashga, kompyuterni qayta yuklash yoki kompyuterda boshqa odam ishlay
olishi uchun shunchaki tizimdan chiqishga yordam beradi.
Foydalanuvchi nomi
Hujjatlar
Suratlar
O‘yinlarni ishga tushirish
Mening
kompyuterim
ishga
tushirish
Boshqaruv panelini ishga tushirish
Qurilmlar va printerlarni sozlash
Odatiy dasturlarni sozlash
…ni bajarish
Windows ishini yakunlash
15-rasm.
16-rasm (kontekst menyu)
17-rasm (maxsus menyu)
Mening kompyuterim nishoni sizning kompyuteringizning resurslarining holati bilan
tanishish imkoniyatini beradi. Uni ochib, siz ekranda quyidagi ko‗satilgan rasmdagiga o‗xshash
papka darchasini ko‗rasiz. Bu darchada har bir diskovod lokal qattiq disk, kompakt disk,
kompakt disklarning simi va kompyuteringiz ulangan tarmoqlar ulangan tarmoq kataloglarining
hammasi uchun bittadan nishon bo‗ladi. Bundan tashqari bu darchada boshqarish panelga,
printerlarga, modem yordamida telefon kanallari bo‗yicha tarmoq resurslari bilan aloqa uchun
mo‗ljallangan tarmoqqa uzoqdan yo‗llash dasturiga yo‗llash uchun qo‗shimcha tizimiy manellar
ham mavjud bo‗lishi mumkin.
Mening kompyuterim nishoni hamma lokal va tarmoq resurslari taqdim etilgan panelni
ochadi.
18-rasm.
Mavjud istalgan nishon ikki marta bosilsa, tegishli panellarni ochadi. Masalan,
―STATION03‖ deb atalgan nishonni ochib siz o‗zingizni kompyuteringizdagi qattiq disklardan
biri bilan tanishishingiz mumkin.
Yorliqlar – dastur hujjat, printer lokal qattiq disk yoki tarmoq serveri kabi obyektlarga tez
yo‗llashni ta‘minlaydi. Siz amalda tez-tez ishlatiladigan obyektlarning istalgan tipi uchun
yorliqlar tuzushingiz mumkin.
Tarmoq o‗rami nishoni sizning ishchi guruhingizning hamma serverlari va kompyuterlari
aks ettirilgan papkani ochadi. Bundan tashqari bu papkada butun tarmoq nishoni bor, uning
yordamida siz o‗z tarmog‗ingizni boshqa ishchi guruhlarga yo‗llash imkonini qo‗lga kiritishingiz
mumkin. Pastdagi rasmda a‘zolari 9 ta bo‗lga ishchi guruhida bo‗lgan kompyuterdagi tarmoq
o‗ramining papkasi qandoq bo‗lishi mumkinligi ko‗rsatilgan. Ushbu rasmda ko‗rsatilgan,
kompyuterlar tasviri tushurilgan Sw 02, Sw04, Sw05, Sw06 va hokazo deb nomlangan nishonlar
– sizning ishchi guruhingizning a‘zolari haqidagi axborotni saqlovchi papkaning darchasini
ochadi.
19-rasm.
Windowsning barcha ilovalari darcha (yoki oyna) deb ataluvchi to‗g‗ri burchakli
maydonlarda ishlaydilar. Pastdagi rasmda tipik darcha va amalda hamma darchalarda bo‗lgan
elementlar ko‗rsatilgan.
21-rasm.
1. Sarlavha qatori – darchaning uning nomi darchani boshqarish tugmachasini o‗z ichiga
olgan yuqori qatori. _ - yig‗ishtirilsin, darchani vazifalar paneliga yig‗ishtirish uchun -
yoyilsin, darchani butun ekranga yoyish. - tiklansin, darchaning oldingi o‗lchamlarini
qaytarish. - yopilsin, ish tugashi bilan darchani to‗liq yopish.
2. Menyu qatori – ushbu darcha uchun mo‗ljallangan buyruqlar bo‗lgan bandlarni ichiga
olgan qator.
3. Uskunalar paneli. Tez-tez ishlatiladigani buyruqlarning tugmachalarini o‗z ichiga olgan
panel.
4. Manzil satri. Panelning yo‗nalishi ko‗rsatilgan qator.
5. Darchaning ish maydoni. Darchaning uning obyektlari ko‗rsatilgan asosiy qismi.
6. Ish maydonining ko‗rinmaydigan qismini ko‗rib chiqish uchun gorizontal va vertikal
chizg‗ich mintaqalari.
7. Holat satri. Darchaning qo‗shimcha axborot ko‗rsatilgan pastki satri.
8. Darchaning chegaralari – uning perimetrini tashkil etuvchi chiziqlar.
Darchaning istalgan o‗lchamini o‗zgartirish uchun darchaning chegarasida turish va
darchaning o‗lchamini sichqonchaning tugmachasini bosib turgan holda o‗zgartirish kerak.
Darchalarning quyidagicha turlari mavjud:
1. Ilovalar darchasi – Windows ning standart darchasi.
22-rasm.
2. Hujjatlar darchasi – ilovalar darchalari ichida joylashgan va o‗z ichiga faqat sarlavhalarni
oladi.
23-rasm.
3. Muloqot darchasi. Harakatlarni tasdiqlash yoki bekor qilish tugmachalarini o‗z ichiga
olgan darcha.
24-rasm.
4. Xabarlar, shu jumlandan avariya xabarlari darchasi: Ogohlantirish.
25-rasm
5. Xato to‗g‗risida xabar:
26-rasm.
6. Ma‘lumotnoma darchasi.
27-rasm.
Shunday qilib siz, papkalar darchalari bilan muomala qila olasiz va Windowsning yo‗l
ko‗rsatuvchisi bilan sinovlar o‗tkazishga tayyorsiz. Windows bo‗yicha ilgarigi ba‘zi
yo‗riqnomalarida Windows yo‗l ko‗rsatuvchisi dasturini ko‗pincha Windowslarda fayl
dispetcherlari (File Manager) ning yaxshilangan versiyasi – fayllarning ―kuchaytirilgan‖
dispetcheri deb atashgan, lekin bu dasturni novigatsion panelining papka darchasi deb atash
to‗g‗riroq bo‗lardi. Bu panel sizning kompyuteringizning va uning tarmoq o‗ramining ―xarita-
sxemasi‖dan iboratdir.
Quyidagi rasmda ayni bir papkaning papka darchasida ichida saqlagan ma‘lumotlar
ko‗rsatilgan. Rasmdan ko‗ringanidek windows yo‗l ko‗rsatuvchisining darchasi ikkita maydonga
bo‗lingan. O‗ngdagi maydon papkaning darchasiga juda o‗xshaydi va xuddi shu darchadek
ishlaydi. CHap maydonda Windows nomlari makoninng tuzulmasi chiqariladi. Bu erda lokal
qattiq disklar kataloglarining daraxti va kompyuterga ulangan boshqa hamma resurslar –
diskovodlar va kompakt-disklarni o‗qish uskunalari, tizim papkalari va tarmoq serverlari
ko‗rsatilgan. Tuzilma printerlarga, boshqaruv paneli (Control panel) va savatcha (Recycle Bin)ni
yo‗llanmalar bilan ta‘minlaydi.
Papkaning istalgan darchasi kabi Windows ning yo‗l ko‗satuvchisi menyu qatori va majburiy
bo‗lmagan elementlar: asboblar paneli va holatlar qatorini o‗z ichiga oladi. Menyu satri papka
darchasining menyusiga to‗la o‗xshashdir, faqat unda bo‗lgan qo‗shimcha servis (Tools)
menyusi bundan istesnodir. Yo‗l ko‗satuvchining darchasi xuddi papkaning darchasidek ko‗ib
chiqishning to‗rtta rejimi: yirik nishonlar, mayda nishonlar, ro‗yxat va jadvaldan bittasini tanlash
imkonini beradi. Sukut saqlash bo‗yicha uni maydonda axborot jadval rejimida chiqariladi. Yirik
nishonlar esa rasmda faqat yo‗l ko‗rsatuvchining, papkaning standart darchasiga o‗xshashligini
ta‘kidlash uchun tasvirlangan xolos.
Odatda Windows yo‗l ko‗rsatuvchisi Bosh menyu Dasturining ostki menyusida joylashgan
bo‗ladi. Agar shunday bo‗lsa, siz uni Bosh menyu yordamida ochishingiz mumkin. Bundan
tashqari Windows yo‗l ko‗rsatuvchisini ishga tushurishning bir necha usuli bor.
Buning uchun:
sichqonchaning o‗ng tugmachasini mening kompyuterim (My Computer) yoki tarmoq
o‗rami (Network Neighborhood) nishoni ustida bosing (cherting) va ob‘ektning menyusidan yo‗l
ko‗rsatuvchi (Explore) buyrug‗ini tanlang.
sichqonchaning o‗ng tugmachasini papka yoki papkaning yorlig‗i ustidan bosing,
ob‘ektning menyusida «yo‗l ko‗rsatuvchi» buyrug‗ini tanlang.
papkaning darchasidan papka nishonini ajrating va fayl (File) menyusidan yo‗l ko‗rsatuvchi
buyrug‗ini tanlang.
papkaning o‗ng darchasida papka nishonini ajrating va Shift tugmachasini bosib ikki marta
ketmag‗ket bosing.
28-rasm.
Windows operatsion tizimida ilovalarni o‗rnatishning bir nechta usuli bor, ammo boshqaruv
paneli papkasidagi dasturlarni o‗rnatish va o‗chirib tashlash nishonini ishlatishga asoslangan usul
asosiysi hisoblanadi. O‗rnatishning boshqa usullari operatsion tizimning reestirida ilovalarning
to‗g‗ri ro‗yxatga olinishini kafolatlashlari sababli hamma holatlarda aynan shu vositadan foydalanish
tavsiya etiladi.
Yangi ilovani o‗rnatishdan oldin ishlab turgan barcha dasturlarni va ochiq hamma hujjatlarni
yopish kerak. Ayrim hollarda fon jarayonlarining ham bir qatorini yopish zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |