Atribut (xossa) -mohiyatni xarakterlovchi nomlardir. U o‘zida yagona murakab
bo‘lmagan strukturani tasvirlab, mohiyat holatini xarakterlaydi. Masalan, ―O‘quvchi‖ mohiyati
atributi -kod, familiya, ism, manzil, yosh va boshqalardir.
Mohiyat atributlar to‘plami cheksizdir. U axborot tizimlari bilan ishlaydigan
foydalanuvchi talabiga va yechiladigan masalaga bog‘liqdir.
Ma‟lumotlar bazasi jadvallari orasidagi relyatsion bog‟lanish. MBing ikki va undan
ortiq jadvallari orasida biri ikkinchisiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Agar ikkinchi jadval birinchi
jadvalga qaram bo‘lsa birinchi jadvalga bosh jadval, ikkinchi jadvalga esa qaram jadval deyiladi.
Bosh jadvaldagi bitta yozuvga qaram jadvalda unga mos bir necha yozuv mavjud bo‘lishi
mumkin.
MB jadvallari orasida uchta har xil aloqa bo‘lishi mumkin: ―bitta-ko‘pga‖; ―bitta-
bittaga‖; ―ko‘p-ko‘pga‖.
Do'stlaringiz bilan baham: |