O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI YO’NALISHI
105-GURUH TALABASI
Abduvaliyev Jasurbekning
Informatika va axborot texnologiyalari kursidan
KURS ISHI
Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojolanish tarixi
Qabul qildi:
Sh.Jo’rayev
Namangan-2015
Mavzu: Hisoblash texnikasining rivojolanish tarixi
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism:
1. Hisoblash texnikasi g’oyalari
2. Hisoblash texnikasi tarixi
3. EHM avlodlari
4. Super kompyuterlar
III. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Qadim zamonlardan beri insonlar o`z mehnatini yengillashtirishga,
avtomatlashtirishga
yoki
mexanizasiyalashtirishga
harakat
qilishgan.
Bu
harakatlarning barchasi jismoniy kuchlarga yoki mehnatga qaratilgan bo`lib,
insonlar aqliy ish faoliyatida hyech qanday mexanizasiyadan (texni-kadan)
foydalanishga ehtiyoj sezmaganlar.
Inson hisoblay boshlashidagi dastlabki xisoblash vositasi bulib odamlarning
barmoklari xiz-mat kilgan. Ammo ular yordamida fakat sanash ishlarni bajargan
(sabab barmoklar soni cheklan-gan). Shuning uchun asta sekin sun’iy xisoblash
vositalari vujudga kela boshlagan. Ulardan bi-rinchilari bulib toshlar va
tayokchalar bo`lgan. Sungra abak (grek, misrlik, rimlik, xitoylik suan-pan va
yaponlik soroban), Neper tayokchalari, rus schyotlari vujudga kelgan.
Ammo odamzod, o’ziga uxshash mexanik mashinani - yordamchini (robotni)
yaratish orzusi bilan yashab kelgan edi. 1623-yilda nemis olimi Vilgelm Shikard
(1592-1636) tomonidan ixtiro kilingan mexanik moslama mexanik xisoblash
mashinalar davrini boshladi. Ammo Shikard mashinasi xam aslida birinchi
bo’lmagan, chunki buyuk italiyalik rassom, olim va matematiki Leonardo da
Vinchining nashr etilmagan kulyozmasida 13-ta rakamli sonlarni qo’shish va
ayirish amallarni bajaruvchi mexanik moslamaning chizmasi topilgan. Shuni aytish
lozimki Leonardo da Vinchi xamda Vilgelm Shikard moslamalari xayotda
qo’llanilmagan bo’lib qolgan. Mexanik xisoblash mashinalarni yaratilish tarixining
dastlabki saxifalaridan biri fransuz faylasufi, yozuvchisi, matematiki va fiziki
Bleyz Paskal (1623-1662) nomi bilan bog`liq. U 1642-yilda birinchi jamlovchi
(qo’shish va ayirish) mashinani yaratdi. 1673-yilda esa boshka olim nemis Gotfrid
Vilgelm Leybnis (1646-1716) 4-arifmetik amalni bajaruvchi mashinani yaratdi.
XIX asrdan boshlab bu mashinalarga o’xshash mashinalar juda ko’p qo’llanar edi.
1820-yilda Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulyator - ARIFMOMETR
yaratildi.
1885-yilda amerikalik ixtirochi Uvilyam Barrouz klaviatura va kogozga
pechatlash uskuna-lardan iborat arifmometrni yaratdi.
Universal avtomatik xisoblash mashinani yaratish g’oyasi va loyixasi Kembridj
universite-tining profesori Charlz Beybidjga (1792-1871) mansubdir. Uning
loyixasi bo’yicha bu mashina xotira qismi, xisoblash qismi, boshqarish qismi va
chiqarish qismiga ega bo’lishi shart edi.
XIX asrning oxirida va XX asrning o’rtalarida fan va texnikaning barcha
soxalarida juda ko`plab kashfiyotlar va ixtirolar kilindi. Bu ko’p mexnat talab
qiladigan mashinalarni yaratishga zarurat paydo kildi. Beybidjning loyixasi asosida
ko’p olimlar mashinalar yaratishga xarakat qilgan. 1988-yilda amerikalik injener
German
Xollerit
birinchi
elektromexanik
hisoblash
mashinani
-
TABULYATORNI yaratdi. Ushbu mashina rele asosida ishlagan bulib
perfokartalarda yozilgan ma’lumotlar bilan ishlay olar edi. 43-ta Xollerit
tabulyatorlari 1890-yilda bo’lib utgan 11-chi Amerika axolini ro’yxatdan
o’tkazishda ishlatilgan.
Ilm-fanning va jamiyatning rivojlanishi natijasida katta hajmdagi
axborotlarni qayta ishlashga yoki murakkab ko`rinishdagi arifmetik amallarni
bajarishga zarurat tug`ildi, ya`ni murakkab hisoblash jarayonlarini bajarish uchun
maxsus texnik vositalar yaratishga ehtiyoj sezildi. Tarixda birinchi hisoblash
texnikasining yaratilishi fransuz filosofi, yozuvchisi, matematigi va fizigi Blez
Paskal nomi bilan bog`langan. U 1641-yilda qo`shish va ayirish amallarini
bajaradigan mexaniq hisoblagichni yaratdi. 1673-yilda mashhur nemis olimi
Gorfrid Leybnis to`rt arifmetik amalni bajaradigan hisoblash mashinasini qurdi.
G.Leybnis yaratgan mashinaning asosiy mexanizmlari XX asrning o`rtalarigacha
ham ba`zi bir mashinalarda qo`llanilib kelindi. Leybnis yaratgan mashina turiga,
ko`paytirish amalni ko`p martalab qo`shish, bo`lish amalini ko`p martalab ayirish
kabi bajaradigan barcha mashinalarni, shu jumladan birinchi EHM larini kiritish
mumkin. Bu mashinalarning eng asosiy xususiyati insonlarga nisbatan
hisoblashlarni juda yuqori aniqlikda va tezlikda amalga oshirishdan iborat edi. Bu
mashinalarning
yaratilishi
insonlarning
intellektual
faoliyatini
mexanizasiyalashtirish mumkin-ligini namoyish qildi.
Hisoblash mashinalarini yaratish va ularni mukammaltirish fan-texnikaning
asosiy muammolaridan biriga aylandi. Birinchi hisoblash mashinalarining paydo
bo`lishi va ularga bo`lgan talabning oshishi, ularni yaratilish texnologiyasini
mukammaltirish ishlarini tezlatib yubordi. 1821-yil Tomas degan konstruktor
hisoblash vositalarini ko`plab ishlab chiqarishni yo`lga qo`ydi va bu asboblar
arifmometrlar deb atala boshlandi. Arifmometrlar boshqa mashinalarga nisbatan
yuqori hisoblash tezligiga ega bo`lib, ikkita sakkiz raqamli sonlarni 18 sekundda
ko`paytirish imkoniga ega bo`lgan. XX asrda ko`plab hisoblash vositalari yaratildi,
ularning ishonchliligi, hisoblash aniqligi va tezligi, ular bilan muloqot qilish
imkoniyatlari oshirildi. Hisoblash mashi-nalarini mukammallashtirishda va
yaratishda rus olimlarining ham xizmatlari beqiyosdir. XVIII asr oxirlarida
Ye.Yakobsonning mashinasi tayyorlandi, 1828 yilda Slobodskiy F.M. hisoblash
vositasini yaratdi, 1846 yilda Kummer, P.L.Chebыshev mashinalari yaratildi.
Peterburglik injener V.Odner tomonidan yaratilgan tishli arifmometr hisoblash
texnikasining rivojlanishida muhim ro’l o`ynadi. 1873-yildan boshlab ishlab
chiqarila boshlangan bunday asboblar, shunchalik mukammal tuzilishga ega bo`lib,
ko`p yillar davomida o`zgarishsiz qo`llanib kelindi.
Bunday
hisoblash
mashinalari
insonlarning
hisoblash
ishlarini
yengillashtirishi bilan birga, ularsiz mashina hisoblash ishlarini bajara olmas ham
edi.
XIX asrning boshlarida ingliz matematigi Charlz Bebbdj prinsipial yangi
turdagi hisoblash mashinasining asosini yaratdi va uning asosiy holatlari
(xususiyatlari)ni bayon qilib berdi:
1. Mashina raqamli axborotlarni saqlash uchun «ombor»ga ega bo`lishi
kerak (hozirgi kompyuterlarda bu xotira qurilmasi).
2. Mashinada «ombor»dan olingan sonlar ustida amallar bajaruvchi qurilma
mavjud bo`lishi kerak (Zamonaviy kompyuterlarda bu arifmetik qurilma
hisoblanadi).
3. Mashinada amallarning bajarilishi ketma-ketligini boshqaruvchi qurilma,
ya`ni boshqarish qurilmasi bo`lishi kerak.
Mashinada boshlang`ich ma`lumotlarni kiritish va hosil bo`lgan natijalarni
chiqaruvchi qurilmalari, ya`ni kiritish – chiqarish qurilmalari mavjud
Bundan 150 yil ilgari surilgan bu g`oyalarni XIX asrda ro`yobga chiqarib
bo`lmagan bo`lsada, lekin zamonaviy kompyuterlarda bularning barchasi o`z
aksini topgan. Bebbedj mexaniq arifmometrlar asosida shunday turdagi
mashinalarni yaratishga harakat qilgan. Lekin mexanizmlarning yo`qligi va juda
qimmatligi tufayli bu ishni oxiriga yetkaza olmadi.
XX asrning 40-50 yillarida elektronika, avtomatika va matematik mantiq
sohasida juda katta yutuqlarga erishildi, ya`ni birinchi elektron hisoblash
mashinalari yaratildi.
1944-yilda amerikalik fizik G.Ayken loyihasi asosida avtomatik hisoblash
mashinasi Mark-1 ni yaratish bo`yicha ishlar tugallandi. Bu mashinada asosan
elektron mexanizmlardan foydalanilgan. Katta hajmga va og`irlikka ega bo`lgan bu
mashina bor yo`g`i 10 ta arifmometr kuchiga ega edi. Ishlash tezligining va
imkoniyat darajasining pastligi tufayli bu mashinadan amaliyotda foydalanish
mumkin bo`lmadi.
Releli mashinalarning ishlash tezligining pastligi tufayli ular hisoblash
ishlashlarini avtomatlashtirish ishida unchalik muhim o`rinni egallamadi. Lekin
faqatgina elektronika hisoblash texnikasiga, oldingi yaratilgan elementlarga
nisbatan juda yuqori tezlikda sifatli ishlash imkoniyatini yaratdi. Elektron sxemalar
asosida yaratilgan hisoblash mashinalari, hisoblash texnikasini yaratishda yangi
yo`nalishlarni ochib berdi. Bu mashinalar elektron hisoblash mashinalari (EHM)
deb atala boshlandi.
1930-yilda amerikalik olim Vannevar Bush tomonidan kompyuterning katta
elektromexanik analogi - DIFFERENSIAL ANALIZATORI yaratilgan. Ushbu
mashinada ma’lumotlarni saklash uchun elektron lampalar kullanilgan. 1941 yilda
nemis injeneri Z3 nomli birinchi bulib dasturlarda ishlovchi xisoblash mashinani
yaratdi. 1943-yilda Buyuk Britaniya maxfiy laboratoriyalarida Alan Tyuring
boshchiligida elektron lampalarda ishlovchi Koloss nomli birinchi EXM (elektro
xisoblash mashinasi) yaratildi. 1944-yilda AKShning xarbiylari uchun amerikali
injener Govard Eyken elektromexanik rele asosida ogirligi 35 tonnali EXM
yaratdi. Bu mashinani nomi MARK-1 edi. Lekin uning tezligi shu zamon
talablariga javob bermas edi. 1946-yilda amerikali olimlar Djon Mochli va
Prespera Ekerta birichi universal tulik elektron xisoblash mashinani yaratdilar.
Ushbu mashina elektron lampalar asosida ishlar edi va uning nomi ENIAC edi. U
MARK-1 dan ming marta tezkorrok edi, lekin uning xam kamchiliklari bor edi:
ogirligi - 30 tonna; uzunligi 170 kvadrat metr xonani egallar edi; tarkibida 18 000
elektrolampalar bor edi; ishlash jarayoni juda murakkab va bu mashina juda tez
ishlamas edi (sekundiga 300 kupaytirish yoki 5000 kushish amallari bajarishi
mumkin edi). Shu kamchiliklarni bartarab qilish uchun olimlar juda ko`p mexnat
qilar edi. Birinchi EXM lar avlodi lampali deb nomlanadi.
Elektron hisoblash texnikasining rivojlanishida amerikalik mashhur
matematik Jon fon Neymanning xizmatlari juda katta bo`ldi. Neyman tomonidan
bildirilgan, sonlarni ifodalashda ikkilik sanoq sistemasidan foydalanish va
foydalanilayotgan axborotlarni saqlash kabi g`oyalar hozirgi zamon hisoblash
mashinalarida o`zining amaliy aksini topgan. 1949-yilda Angliyada Jon fon
Neyman prinsiplari asosida elektron hisoblash mashinasi–EDSAK yaratildi va
amaliyotda qo`llanildi.
Birinchi sovet EHMi 1950-yilda akademik S.A.Lebedev rahbarligida
yaratildi. U MESM (kichik elektron hisoblash mashinasi) deb ataldi. Bir yildan
keyin S.A.Lebedev rahbarligida BESM (katta elektron hisoblash mashinasi)
yaratildi.
1973-yildan boshlab EXM tarixining yangi saxifasi, personal kompyuterlar
saxifasi boshlandi. Shu yilda fransiyadagi Truong Trong Ti firma tomonidan
birinchi personal kompyuter yaratildi. Shu bilan birga 1973-yilda dunyoga tanikli
XEROX firma tomonidan Alto nomli shaxsiy kompyuter yaratilgan. Ushbu
kompyuterda birinchi bulib fayllar va dasturlarni oynalar kurinishda ochish prinsipi
kullanilgan.
1977-yilda Apple Computer firma tomonidan Apple-II nomli shaxsiy
kompyuterlar ommaviy ravishda chikarila boshlagan. Ushbu kompyuterlar
plastmass korpus, klaviatura va displeyga ega bo`lgan.
1980-yilda Osborne Computer firma birinchi portativ kompyuterlarni chikara
boshladi. Ushbu kompter ogirligi 11 kg, juda kichkina xajmga ega bo`lgan va narxi
atigi 1795 dollar bo`lgan.
1981-yildan boshlab IBM (International Business Machines) firma tomonidan
personal kompyuterlar seriyalab chikara boshlandi va butun dunyoga sotila
boshlandi. Shundan beri kompyuter x ayotimizda mustaxkam joylashib, axborotni
qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi va butun dunyoga tanikli
buldi. Shuning uchun personal kompyuterlar standarti shu kompyuter nomi bilan
nomlanadi - IBM PC (personal computer).
Kompyuter - inglizcha so`z bo`lib, u “hisoblovchi inson” demakdir. Garchand u
hozirda faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa
ma'lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski
nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma'lumotlarni qayta
ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko`pchilikning tushunchasida
go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. Bunga
albatta sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari ilgari
universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha
oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan ko`p masalalarni yechish uchun bu
kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini
ko`p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM
(hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko`p ishlatib turiladi. Ammo biz
soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning
amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli - analogli,
maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan
amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa
ko`rsatkichlari yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq foydalanilmoqda. Amalda esa
hozir
rivojlangan
mamlakatlarda
kompyuterlarning
besh
guruhi
keng
qo`llanilmoqda.
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi,
ma'lumotlarning razrad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga
bo`lish mumkin:
- super kompyuterlar (Super Computer);
- blok kompyuterlar (Manframe Computer);
- mini kompyuterlar (Minicomputer);
- shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer);
- bloknot(noutbook) kompyuterlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |