Yong‘oq mag‘zi va tuyalar
Bir lofchining eshagi yag‘ir bo‘lib qolibdi. Unga birov,
yong‘oq mag‘zini qo‘ying, debdi. Yong‘oq mag‘zini
qo‘ygan ekan, mag‘iz ko‘karib daraxt bo‘lib ketibdi, shig‘il
meva qilibdi. Yong‘oqlarni qoqish uchun kesak otsa, kesak-
lar sira yerga tushmas emish. Bir kun chiqib qarasa, kesak-
lar tarvuz tugibdi. Bir tarvuzni pichoqlagan ekan, o‘zi ichi-
ga tushib ketibdi. U yoq-bu yoqqa qarasa bir lofchi o‘nta
tuyani yetaklab kelayotgan emish. Nima qilib yuribsiz, deb
so‘rabdi.
— Bultur yuzta tuya yo‘qotgan edim, endi o‘ntasini
topdim. Siz nima qilib yuribsiz?
— Pichoq yo‘qotdim, — deb javob beribdi haligi lofchi.
— Yuzta tuyamni topolmayapmanu, siz pichoq topa
olasizmi, — depti keyingi lofchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |