Ingenerlik geodeziyasi


  Ko’rish trubasini ko’zga va narsaga to’g`rilash



Download 6,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/136
Sana31.12.2021
Hajmi6,75 Mb.
#264174
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   136
Bog'liq
injenerlik geodeziyasi

3.5.2.
  Ko’rish trubasini ko’zga va narsaga to’g`rilash. 
Ko‖zga  to‖g`rilash.  Ko‖rish  trubasini  ishlashdan  oldin  ko‖zga 
to‖g`rilash  kerak.  Kuzatuvchi  trubani  osmonga  yoki  ochiq  devorga 
qaratganda to‖r iplari ravshan va qoramtir bo‖lib ko‖rinmay, xira ko‖rinsa, 
buni  yaxshilash  uchun  okulyar  trubkachasi  3  (54-rasm)  iplar  yaqqol 
ko‖ringuncha  o‖ng  yoki  chapga  buraladi.  Bu  prostess  trubani  ko‖zga 
to‖g`rilash 
deyiladi. 
Yangi 
asboblarda 
okulyar 
trubkasi 
maxsus 
halqasimon moslamaga o‖rnatiladi, bu moslama yordamida buralib ko‖zga 
to‖g`rilanadi; bu dioptriya halqa deyiladi. 
Trubani  narsaga  to‖g`rilash.  Kuzatiladigan  narsa  asbobga  nisbatan 
turli  uzoqlikda  bo‖ladi,  shunga  ko‖ra,  uning  tasviri  fokusga  yaqin 
bo‖lmaganidan narsa tasviri xira ko‖rinadi. Tasvirni ravshan  qilish uchun 
kremaler  vint  6  yoki  ichki  fokuslanadigan  yangi  asboblarda  trubadagi 
kremaler  halqa  tasvir  tiniq  va  ravshan  bo‖lguncha  buraladi.  Bu  prostess 
trubani narsaga to‖g`rilash yoki trubani fokuslash deyiladi. 
Truba  har  nuqtaga  qaratilganda  fokuslanishi  kerak.  Trubani 
fokuslashda  quyidagiga  e‖tibor  berish  lozim.  Agar  kuzatilgan  narsa 
uzoqda  bo‖lsa,  kremaler  vint  trubkasini  (vintini)  chapga  (soat  strelkasi 
yurishiga  teskari),  yaqinda  bo‖lsa,  o‖ngga  (soat  strelkasi  yurishi 
tomoniga) burash kerak. 
 


 
101 
 
 
 
53-rasm. 
Iplar  to‖rining  parallaksi.  Truba  to‖g`ri  fokuslanmasa,  iplar  to‖ri 
parallaksi  vujudga  keladi.  To‖g`ri  fokuslanganda  tasvir  qq
1
  iplar  to‖ri 
tekisligi  RR
1
  da  (fokal  tekislikda)  hosil  bo‖ladi.  Parallaks  borligini  bilish 
uchun okulyar oldida ko‖z g o‖ng yoki chapga, yuqori yoki pastga (g
1
 va 
g
2
 nuqtaga) harakat qildiriladi; shu vaqt tasvir qq
1
 nuqta t da o‖zgarmay 
tursa (53-rasm, a) to‖g`ri fokuslangan bo‖ladi. Agar fokuslash etarli dara-
jada  to‖g`ri  bo‖lmasa,  tasvir  iplar  to‖ri  oldida  (53-rasm,  b)  yoki  orqasida 
(53-rasm,  v)  hosil  bo‖ladi.  Bu  hodisa  iplar  to‖rining  parallaksi  deyiladi. 
Buni  yo‖qotish  uchun  kremaler  vintini  bir  oz  burash,  ya‖ni  to‖g`ri 
fokuslash kerak. 
Ichki  fokuslanadigal  truba.  Tashqi  fokuslanadigan  trubalarni 
fokuslashda  okulyar  tirsagi  ob‖ektiv  tirsagida  tashqi  tishlar  (zubchatka) 
yordamida  harakat  qiladi,  bunda  truba  uzunligi  o‖zgaradi  va  havodagi 
chang-tuzon va namlik ta‖sirida tishlar kirlanishi va zanglashi mumkin, 
 
54-rasm. Ichki fokuslanadigan ko‖rish trubasi. 
L—ob‖ektiv,  L
3
—murakkab  okulyar,  L
2
—fokuslash  linzasi,  V
1
V
2

to‖rning  tuzatgich  vintlari,  00
1
—optikaviy  o‖q;  1—ob‖ektivli  tirsak,  2—


 
102 
 
patrubka,  3—iplar  to‖ri,  4—okulyar  trubkachasi,  5—kremaler  vint,  6—
diafragma,  7—okulyar  tirsagi,  8—okulyar  va  ob‖ektiv  tirsaklar  birlashgan 
joyi, t—to‖r markazi. 

Download 6,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish