100-rasm. Drobishev lineykasi
5.3.5.
Teodolit bilan plan olish.
Chizg`ich 50x50 sm bo‖lgan koordinata to‖rini chizishga
mo‖ljallangan. Unda tomonlari 40x30 sm to‖g`ri burchakli koordinatalar
to‖rini chizsa ham bo‖ladi, chunki 50
2
2
30
40
.
Koordinata to‖ri quyidagi tartibda chiziladi. Qog`ozning qirqilgan
tomonidan 50 mm qoldirib, Drobo‖shev chizg`ichini qo‖yib o‖tkir qalam
uchi bilan chiziq chiziladi.
168
101-rasm. Teodolit syomkasi natijasida hosil bo`lgan joyning plani
5.4.
Sun’iy yo‘ldoshdan joyni aniqlash
Mazkur bobni ko―rib chiqishdan oldin, o―quvchiga mahalliy va
global geoid va ellipsoidlar to―g―risida hamda balandliklar to―g―risida
bilimlarni egallab olishi kerak.
Sun‖iy yo―ldosh yordami bilan joyni qayd qilish tushunchasi SSSR
tomonidan 1957 yilda birinchi sun‖iy yo―ldoshni uchirish bilan boshlandi.
Bundan keyin AQSH ning Harbiy-dengiz kuchlari tomonidan Harbiy-
dengiz navigatsiya sun‖iy yo―ldosh tizimi rivojlantirila boshlandi. Bu,
ko―pincha Tranzit tizimi deb ataladigan tizim butun dunyo miq‖yosida
AQSHning suv osti kemalari flotining navigatsiyasini ta‖minlash uchun
yaratila boshlangan edi. Tranzit tizimi 1967 yilda aholi sohasida ham
foydalanilishi mumkin bo―ldi. Ammo, u juda ko―p uzoq kuzatuvlarni talab
qilgani va nisbatan past aniqlikka ega bo―lganligi sababli, undan
169
foydalanish geodeziya va navigatsiya bilan cheklanib qoldi.
1973 yilda AQSHning Mudofaa vazirligi vaqtni va harakat doirasini
hisobga oladigan navigatsiya tizimini NAVSTAR (Navigation System with
Time and Ranging) – joyni aniqlash global tizimini (global positioning
system (GPS)) rivojlantira boshladi va birinchi sun‖iy yo―ldoshni 1978
yilda uchirgan edi. Bu sun`iy yo`ldoshlarlar 1987 yilda majud bo―lgan
boshqarish tizimi bilan asosan tajriba tusiga ega edi. Hozir GPS sun`iy
yo`ldoshlarlari to―liq boshqaruvchan bo―lishi bilan, nisbiy joyni birnecha
millimetrlar aniqligida juda qisqa kuzatuv muddatida bir necha minutda
aniqlashga yerishish mumkin. 5 km dan ortiq masofalar uchun GPS,
EDM traverzasi bilan o―lchashdan aniqroq bo―lmoqda. SHuning uchun u
geodeziyada keng qo―llanila boshladi va uning ta‖siri EDM ni yaratishdan
ham muhimroqdir. GPS yuqori aniqlikka yerishishdan tashqari, quyidagi
muhim afzalliklarni bermoqda:
-
o―rin bevosita X, Y, Z koordinatlar tizimida berilmoqda;
-
er yuzidagi punktlarning o―zaro ko―rinishi zarur emas;
-
har bir nuqta alohida qayd qilinganligi sababli, tarmoqdagi kabi,
tarqalish xatolari mavjud emas;
-
s‖yomka nuqtasi endi o―zining talab qilinadigan vazifasiga muvofiq
tanlanadi, yaxshi shartlarga javob beradigan shakllar tizimini yarat-
ish uchun emas;
-
operatordan yuqori kasbiy mahorat talab qilinmaydi;
-
joy yer yuzida, dengizda yoki havoda qayd qilinishi mumkin. Bu
oxirgi qobliyati havo fotogrammetriya sohasiga katta ta‖sir qilishi
mumkin;
-
o―lchovlar kechasi yoki kunduzi, suvda yoki havoda, yer sharining
har qanday nuqtasida, vaqtida va ob-havo sharoitida amalga
oshirilishi mumkin;
-
o―zgarishlar ustidan nazoratni yanada takomillashtirib, uzluksiz
o―lchovlarni bajarish mumkin.
170
Do'stlaringiz bilan baham: |