O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


ijtimoiylashuv mexanizmlari, ijtimoiylashuv omillari



Download 3,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/332
Sana31.12.2021
Hajmi3,66 Mb.
#263688
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   332
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

ijtimoiylashuv mexanizmlari, ijtimoiylashuv omillari. 
 
Ijtimoiy pedagogika tushunchasining mohiyati 
Sotsiologiya  fani  jamiyatning  o`zini-o`zi  anglashida  qudratli  vositadir.  qaysi 
jamiyatda  sotsiologiya    kuchliroq  rivojlansa,  bu  mana  shu  jamiyatning  o`zini  to`laroq 
anglayotgani  alomatidir.    Sotsiologiya  fani    inson  xulq-atvorini  tushunishning  aniq  va 
favqulodda  yorqin  istiqbolini  ochadi.  Sotsioloyani  o`rganar  ekanmiz,  dunyoga  o`zimiz 
berayotgan    talqindan  hayotimizni  shakllantirayotgan  ijtimoiy  ta'sirlarga  nazar  tashlash 
uchun yuqoriroq o`qtariladi.  
 
Sotsiologiya fani jamiyat va undagi insonlararo, insonlar va ijtimoiy institutlararo 
munosabatlar  haqidagi  fan  sifatida  pedagogika  faniga  juda  katta  material  tayyorlab 
beradi. 
 
Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan 
esa  ijtimoiy  pedagogika  (lat.  Socium-jamiyat)  shug`ullanadi.  Sotsiologiya-  insonning 
ijtimoiy turmushini o`rganish, guruh va jamiyatni o`rganishdir.  


 
173 
Ijtimoiy  mavjudot  bo`lgan  odamlarning  xulq-atvori-  uning  predmetidir.  
Sotsiologiyaning  faoliyat  maydoni  keng  bo`lib,  u  ko`chada  individlarning  tasodifiy 
to`qnashuvlaridan  to  global    ijtimoiy  jarayonlarni  tadqiq  qilishgacha    bo`lgan  sohalarni 
qamrab oladi.  
Sotsiologiya  bizga  o`zimiz  haqimizda,  o`zimiz  yashayotgan  jamiyat  haqida, 
shuningdek  makon  va  zamonda  bizdan  uzoq  bo`lgan  jamiyatlar  haqida    bilim  olish 
imkonini beradi.  
Ijtimoiy  pedagogikaning  fan  sifatidagi  ta’rifi  bir  qator  baxs-munozaralarga  sabab 
bo’lmoqda.  YAxshi  ma’lumki,  har  qanday  fan  inson  bilimi  sohasi  sifatida  nazariya  va 
amaliyotning  birligi  sifatida  faoliyat  yuritadi.  Bu  ikki  soha  doimo  bir-birini  to’ldirib 
kelishadi  va  voqelikning  mukammallashuviga  o’z  ta’sirini  ko’rsatishadi.    Demak,  biz  
ijtimoiy  pedagogikani  ham  fan  va  amaliy  faoliyat  sohasi  sifatida  o’rganishimiz  lozim. 
Bundan  tashqari    ijtimoiy  pedagogika  ko’pgina  boshqa  fanlar  (falsafa,  matematika, 
biologiya) kabi o’quv fani bo’lib ham xizmat qilishi mumkin. 
O’zbekiston  qadimiy  tarix  va  pedagogik  an’analarga  ega  davlat  bo’lgani  uchun 
qadimdan    ijtimoiy  pedagogika  fanining  SHarq  mutafakkirlari  va  diniy  arboblar 
asarlarida  rivojlanishi  asoslari  mavjuddir.  XIX  asrda  o’zbek  ma’rifatparvarlari,    XX 
asrdagi  novator  pedagoglarning    ijtimoiy  tarbiya  sohasidagi  faoliyati    ijtimoiy  bilimlar 
uchun  boy  materialni  tashkil  qiladi.  Biroq    ma’lum  bir  davrda  ijtimoiy  pedagogikaning 
MDH  hududidagi  tadrijiy  rivojlanishi  to’xtatib  qo’shildi.  bu  ish  avvaliga  inqilobgacha 
bo’lgan  davrda  pedagogikadan  voz  kechish,  so’ngra  ijtimoiy  muammolarni  ma’lum 
qilmaslik  siyosati  bilan  amalga  oshirilgan  bo’lsa,  ana  shu  asosdan  kelib  chiqib,  aytish 
mumkinki, ijtimoiy pedagogika ilmiy nazariy bilimlar va ijtimoiy –pedagogik faoliyatini 
o’rganadi,  keyinchalik  unga  burjuaziya  fani  sifatida  qaralgan.    Ijtimoiy  pedagogikaning 
tiklanishi  faqatgina  XX  asrning    90-yillarida  ro’y  berdi.    Uning  qayta  “tug’ulishi” 
ijtimoiy  pedagoglarning  zamonaviy  sharoitlardagi  faoliyatlarida,  amaliyotda    ijtimoiy 
pedagogika  fanining  yutuqlaridan  foydalanish  zaruriyati  tug’ilgani  bilan  izohlanadi.  Bu 
yerda  davlat  va  jamiyatning  faoliyat  yuritishining  yangi  tamoyillari-bozor  iqtisodiyoti, 
raqobat,  byudjetdan  pul  ajratishni  kamaytirish,  dunyo  hamjamiyatiga  kirish,  iqtisodiy 
holatning  barqarorligi  nazarda  tutilmoqda.  SHu  bilan  birga  ijtimoiy  hayotni 
demokratiyalashtirish,  jahon  hamjamiyatiga  kirish  aholining  kam  ta’minlangan 
qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq bundan avvalgi davrning 
nazariya va amaliyotining tizimlashtirilmog’ini bu ikki soha bir-biridan alohida ravishda 
rivojlanishiga  sabab  bo’ldi  va    ijtimoiy  pedagogika  fan  sifatida  shakllanishiga  ta’sirini 
ko’rsatdi.  Natijada  bugunda  ilmning  bu  sohasini  to’liq  qamrab  oluvchi  ta’rif  mavjud 
emas. 
Masalan, YU.V.Vasilkova bu fanni “alohida shaxs va guruhni tarbiyalash va o’qitish 
nazariya va amaliyoti” deb ta’kidlaydi.  
A.V.Mudrikning  fikricha    ijtimoiy  pedagogika-“barcha  yosh  guruhlar  va  ijtimoiy 
toifalarni  ijtimoiy tarbiyasini o’rganuvchi pedagogikasi”dir. 
V.D.Semenov    ijtimoiy  pedagogika  yoki  muhit  pedagogikasi  fan  yutuqlarini 
birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy-tarbiya amaliyotida amalga oshiradi, deb hisoblaydi. 
I.Podlasiyning  “Pedagogika”    darsligida  quyidagicha  ta’rif  mavjud:  “  ijtimoiy 
pedagogika-ijtimoiy 
muhitning 
shaxsni 
shakllantirishga 
va 
ijtimoiy 
tarbiya 
muammolariga ta’siri qonuniyatlarini o’rnatuvchi fan”. 
YU.N.Galaguzova  ijtimoiy pedagogikaga uning ob’ekti va predmetini aniqlash orqali 
ta’rif bermoqchi bo’lgan. 


 
174 
 Ijtimoiy  pedagogikaning  fan  sifatidagi  mohiyatini  aniqlash  uchun  “fan” 
tushunchasining  o’zi  inson  faoliyatining  ob’ektiv  bilimlarni  tizimlashtirish  va  ishlab 
chiqishga  qaratilgan  faoliyati  ekanligini  ta’kidlash  lozim.  Tushunchaning  ilmiy 
mazmuniy jihatini o’rganish “ ijtimoiy pedagogika” atamasining o’ziga e’tibor qaratishni 
talab  qiladi.  U  ikki  sohadan  iborat  bo’lib,  ularni  bitta  sohaga  birlashtirib  turadi.  Bu 
birlashuv  tasodifiy  emas  va  fanda  tabaqalashuv  va  ixtisoslashuvning  zamonaviy 
jarayonlariga bog’liq. Pedagogika fanida tabaqalashuv va ixtisoslashuv jarayoni so’nggi 
paytlarda ancha kuchaydi. Ba’zi bir ixtisoslashtirilgan sohalar-maktabgacha pedagogika, 
maktab pedagogikasi, maxsus pedagogikasi, kasb-xunar pedagogikasi, tarix pedagogikasi 
mustaqil ilmiy sohalarga aylanib bo’lishdi. Ularning qatoriga  ijtimoiy pedagogikani ham 
kiritsak bo’ladi. 
 Ijtimoiy  pedagogika  pedagogika  singari  ta’lim-tarbiya    jarayoni  va  hodisalarini 
o’rganadii. Biroq ularni muayyan o’ziga xos yo’nalishlarda o’rganadi. Bu fanning o’ziga 
xos xususiyati “ ijtimoiy” so’zida mujassamlashtiilgan. 
“  Ijtimoiy”  (lotinchada  sotsialis-umumiy,  ijtimoiy)  tushunchasi  ostida  odamlarning 
shakllari,  ular  o’zaro  munosabatlarining  turli  shakllari  bilan  bog’liq  barcha  narsa 
tushuniladi.  Bu  degani,  agar  pedagogika  o’sib  kelayotgan  avlodlarning  ta’lim  tarbiyasi 
haqidagi  fan  bo’lsa,    ijtimoiy  pedagogika  ta’lim-tarbiya  jarayonlarida  bolaning 
jamiyatdagi    hayotga  qo’shilishiga  bog’liq  xodisalarni  aloxida  ajratadi.    Bolaning 
jamiyatga  “kirish”  jarayoni,  uning  muayyan  ijtimoiy  tajribani  qo’lga  kiritishi  (bilim, 
qadriyat, yurish-turish qoidalari) ijtimoiylashuv deyiladi. 
SHunday  qilib  agar  biz    ijtimoiy  pedagogika  mohiyatini  bu  fanning  ob’ekt  va 
predmetini  qiyoslash  orqali  aniqlamoqchi  bo’lsak  quyidagi  holat  kelib  chiqadi. 
Pedagogikaning  ham,    ijtimoiy  pedagogikaning  ham  ob’ekti-  bu  bola,    biroq  o’rganish 
predmetlari turlicha. Pedagogikaning o’rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari 
hisoblanadi,  ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari 
hisoblanadi. SHuni ta’kidlash lozimki, bu ikki fanlarning uzoq tarixiy aloqasiga qaramay 
natijada  ularning  o’ziga  xos    vazifalari  tufayli  uzoqlashishi  ro’y  berdi.  Umumiy 
pedagogikaning  spetsifik  vazifasi  ta’lim-tarbiyadir.  Bola  va  bolalikni  himoya  qilish  
ijtimoiy pedagogning asosiy kasbi hisoblanadi. 
SHu  sababli    ijtimoiy  pedagogika  jamiyatni  va  ijtimoiy  munosabatlarni  o’rganadi, 
insonlar  bir-birlari  bilan  qanday  muomalaga  kirishishlarini  ,nimaga  bir  guruhga 
birlashishlarini    va  jamiyatning  boshqa  ijtimoiy  masalalarini  aniqlashga  harakat  qiladi.  
Ijtimoiy  pedagogika  bu  muammolarni  biroz  boshqacha  tarzda,  uning  ilmiy  vazifalariga 
mos  ravishda  o’rganadi.  SHu  bilan  birga  o’z  rivojlanishida  umumiy  pedagogikadan 
ajralib  chiqib,  u  kompleks  xarakterga  ega  bo’ldi.  Hozirda  uning  nazariy  va  amaliy 
faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari muassasalarda tarbiya va qayta tarbiya, 
bolalar  uylari,  qariyalar  uylarida  yashovchilarga  g’amxo’rlik,  huquqbuzarlar  bilan 
ishlash, kabilar  kiradi.  Ijtimoiy pedagoglar faoliyatning turli sohalari: ekologiya, badiiy 
ijod, sog’lomlashtirish sohalarida ixtisoslashishadi.   
SHunday  qilib    ijtimoiy  pedagogika  ilmiy  tadqiqotlarning  intizomiy  sohasi 
hisoblanadi.  Uning  asosi  pedagogika,  pedagogika  tarixi,  pedagogik  usullar  va  vositalar 
hisoblanadi.  SHu  bilan  birga  ijtimoiylashuv  muammolari    ijtimoiyogiya  tomonidan 
o’rganilganligi  sababli    ijtimoiy  pedagogika  ba’zi    ijtimoiyogik  nazariya,  usul  va 
vositalardan  ham  foydalanadi.  SHu  bilan  birga    ijtimoiy  pedagogika  o’zining  nazariya, 
uslub, vosita va texnologiyalarini ham ishlab chiqadi. 
YUqorida  bayon  etilgan  isbot  dalillar  asosida  YU.N.Galaguzovaning  ta’rifiga  juda 
yaqin turuvchi  ijtimoiy pedagogikaning eng aniq ta’rifi quyidagicha: 


 
175 

Download 3,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish