Global tarmoqning kamchiliklari quyidagilardan iborat: Xavfsizlik muammosi: WAN tarmog'ida LAN va MAN tarmoqlariga
qaraganda ko'proq xavfsizlik muammolari mavjud, chunki barcha texnologiyalar
birlashtirilib, xavfsizlik muammosini keltirib chiqaradi.
Firewall (tarmoqlararo ekran) va antivirus dasturlariga ehtiyoj bor:
ma'lumotlar Internetda uzatilishi yoki xakerlar tomonidan buzilishi mumkin,
shuning uchun xavfsizlik devoridan (tarmoqlararo ekran) foydalanish kerak. Ba'zi
odamlar virusni bizning tizimimizga kiritishlari mumkin, shuning uchun bunday
virusdan himoya qilish uchun antivirus kerak.
O'rnatishning yuqori qiymati: WAN tarmog'ini o'rnatish qiymati yuqori,
chunki u routerlar va switchlar sotib olishni o'z ichiga oladi.
Muammoni bartaraf etish: Bu katta maydonni qamrab oladi, shuning uchun
muammoni hal qilish qiyin.