3-chizma. Savdo firmasida marketing faoliyatining model-dasturi
Etkazib beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zaro manfaatli
aloqalar moddiytexnika ta’minotining etakchi shakli bo‘lib qoldi. «O‘zulgurjibirjasavdo» uyush-
masi respublikada ishlab chiqarish vositalari bozorini vujudga keltirishga, tovar resurslarini
oldisotdisini uyushtirishga, korxonalar, muassasalar va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishni
kengaytirish hamda rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Uyushma tarkibida 13 ta respublika aksiyadorlik ulgurji vositachilik firmasi,
«Sanoatanjomkartonsavdo» aksiyadorlik ishlab chiqarish savdo birlashmasi, respublika
viloyatlari va Qoraqalpog‘istondagi 14 ta hududiy tijoratvositachilik aksiyadorlik kompaniyalari,
aksiyadorlik transport ekspeditsiya agentligi, aksiyadorlik tovar xom ashyo birjasi, «Trastbank»
aksiyadorlik birja banki, doimiy ishlaydigan yarmarka va kim oshdi bozorlari direksiyasi
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |