‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi saodat sultonsaidova, ‘lmas sharipova



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/152
Sana31.12.2021
Hajmi3,4 Mb.
#261431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152
Bog'liq
O'zbek tili stilistikasi (S.Sultonsaidova, O'.Sharipova)

NUTQ  STILISTIKASI
Bu  tushuncha adabiyotlarda funksional stilistika yoki funksional 
stil turlari deb  ham  yuritiladi.
N utq  stiUari  bir-biriga  bogMiq vositalaming tuzilishidan  tashkil 
topadi.  Ular tilning vazifasi  bilan  chambarchas bogMiqdir.  Shuning 
uchun  ham  ular  nutq  stillari  deyiladi.  Tilning  vazifasi  jam iyat 
taraqqiyoti bilan bogMiq va uning ijtimoiy moliiyatidan kelib chiqadi.
N utq stili tizimini tashkil etuvchi  ifodalar faqat bir stil doirasida 
cheklanib  qoladi.  Masalan,  ilmiy  stilda  ishlaliladigan  term inlar 
badiiy,  publitsistik,  rasmiy  va  so‘zlashuv  stillarida  ishlatilmasligi 
ham  mumkin.  Lekin  har bir nutq stili  o‘zining barcha xususiyatlari 
bilan  yagona  bir  maqsadga  bo‘ysungan  muayyan  til  vositalarining 
majmuasiga ega.
N utq  stillari  til  taraqqiyotining  m a'lum   bir  davrida  asta-sekin 
shakllanadi  va  o‘zgarishlarga  uchraydi.  Masalan,  XX  asr  boshida 
nashriyot va vaqtli matbuot ishlarining kengayib ketishi bilan bog‘liq 
tarzda 0 ‘zbckistonda publitsistik stil vujudga kelgan.
Nutq  stillari  og‘zaki va yozma nutq shakllari bilan chambarchas 
bog‘liq.  D em ak,  har  bir  nu tq   stili  og‘zaki  va  yozma  shaklda 
ifodalanishi  mumkin.  Masalan,  so‘zlashuv  stili,  asosan,  og‘zaki 
nutqqa xos.  Lckin badiiy adabiyotda bu stil yozma shaklga ega bo‘ladi. 
Shuningdck, ilmiy stilning og‘zaki ko‘rinishi dars jarayonida m a’ruza 
o ‘qilganda,  anjum anlarda  ilmiy  m a’ruzalar  bayon  qilinganda 
namoyon bo‘ladi,  yozma shakli esa dissertatsiyalar,  monografiyalar, 
ilmiy  maqolalar  tarzida  ifodalanadi.
Nutq stiUaii o ‘ziga xos belgilari va farqlaridan qat'i  nazar, adabiy 
til me'yorlari asosida umumiylikka ega.
Adabiy m e’yor nima? Adabiy m c’yor atamasiga « 0 ‘zbek tilining 
izohli  lug‘ati»da  shunday sharh beriladi:
«Adabiy  m e’yor  til  tovush  tizimini,  grammatik  ko‘rinislti  va 
lug‘at  tarkibidagi  eng  hayotiy  va  zaruriy  vosilalami  tanlab  olish 
demakdir. Adabiy m e’yor tilning eng yuksak, ishlangan,  silliqlangan 
sliaklidir».
9
www.ziyouz.com kutubxonasi


Adabiy m e'yor tilning faqat yozma ko‘rinishigagina emas,  balki 
og‘zaki shakliga ham xosdir.  Shuning uchun m a’ruza o‘qilayotganda, 
radio  va  televideniyedagi  cliiqishlarda  ham   adabiy  m e’yorga  rioya 
qilish talab qilinadi.  Shu bilan birga,  uning adabiy m e’yordan chetga 
chiqadigan  tom onlari  ham   mavjud.  Masalan,  so‘zlashuv  stilida 
shevaga  xos  so‘zlar  ham   ishlatiladi.  Bu  adabiy  me'yorga  zid,  lekin 
stil  m e’yori  hisoblanadi.  Badiiy stilda  yozuvchi  yoki  shoir shunday 
so'zlam i yaratislii mumkinki,  ular hali m e’yorlashtirilmagan bo‘lishi 
mumkin,  lekin stil m e'yori sifatida qolaveradi. Adabiy m e’yor bilan 
stil  m e'yorining  o ‘zaro  m unosabati,  ya’ni  m ushtarak  va  farqli 
x u su siy atlari  b o ‘yicha  d isse rta tsiy a lar  yaratilgan.  M asalan , 
A.E.Mamatovning  «Hozirgi  zam on  o‘zbek  adabiy  tilida  leksik  va 
frazeologik  norm a  muammolari»  nomli  doktorlik  dissertatsiyasi 
(1991-yil), S.Toshaliyevaning « 0 ‘zbek tilida okkazionalizmlar» nomli 
nomzodlik  dissertatsiyasi  (1998-yil)  kabilami  ko'rsatish  mumkin.
Funksional  stil  turlari  quyidagilar:
1)  so‘zlashuv  stili;
2)  rasmiy  stil;
3)  ilmiy  stil;
4)  publitsistik  stil;
5)  badiiy  stil.

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish