Charxi kajraftoming bir shevasidin dog‘men,
Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadir. (Furqat)
Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidir.
Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlig‘ hargiz,
Har kimki, yomon bo ‘Isa, jazo topqusidir. (Bobur)
Antiteza ayniqsa, maqol va topishmoqlarda ko‘p ishlatiladi.
Masalan:
Otdan baland, itdan past. Kunduzi izzatda, kechasi xizmatda
(topishmoqlar).
Yaxshi topib gapirar, yomon qopib. Nodon d o ‘stdan ziyrak
dushman yaxshi. (maqollar)
2. Antonimlardan umumiylashtirish, jamlash m a’nosini ifodalash
maqsadida ham foydalaniladi. Masalan:
Shunga ko‘p xursandmiz yosh-u, qarimiz (G ‘afur G ‘ulom)
Badiiy nutqda ko‘p hollarda stilistik maqsad bilan zid m a'no
ifodalamaydigan, lekin qisnian bir-birini inkor etadigan, bir xil
xususiyatga ega boigan so‘zlar antiteza hosil qilish uchun qo‘llaniladi.
Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |