Quyidagi sinonim so‘zlardan qaysi birida salbiy bo‘yoqdorlik kuchli? A. Qaysar.
B.O‘jar.
C. Battol.
D. Tcrs.
23.
«Aruz vazni hijolarining talaffuzidagi uzun-qisqaligiga asoslangan bo‘lib, musiqa bilan chambarchas bog‘liqdir.» Ushbu gap qaysi stilga misol bo‘la oladi? A. Rasmiy stilga.
B. Publitsistik stilga.
C. Badiiy stilga.
D. Ilmiy stilga.
24. «Voy, boshingdan aylanib ketay seni. Sog‘intirib qo‘yding- ku ayajoningni» gaplari qaysi stilga misol bo‘la oladi? A. Publitsistik stilga.
B. Badiiy stilga.
C. So‘zlashuv stiliga.
D. Rasmiy stilga.
25.
«Yomg‘ir suvidan bahra olib yashnayotgan sahro giyohlari, endigina bosh ko‘targan tuyaqorin ham asta badaniga kuch yig‘a boshladi.» Ushbu gap qaysi stilga misol bo‘la oladi? A. So'zlashuv stiliga.
B. Badiiy stilga.
C. Ilmiy stilga.
D. Rasmiy stilga.