protsessorning Celeron deb nom berilgan soddalashtirilgan varianti ishlab chiqarildi.
Ilk Celeron protsessorlar yadrosining chastotasi 266 va 300 MGts (shina chastotasi
– 66 MGts) bo’lgan. Ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi kiritilmagan. Bu esa, o’z
navbatida, ish unumdorligida o’z aksini topdi (tizim platalarida ikkilamchi kesh-
Tizim platalarining narxi tushishi va Celeron ning o’zi arzon bo’lishi
Bugungi Celeron protsessorlar, chastotasi 300 MGts li Celeron 300A modelidan
boshlab, yadro kristalli ustida o’rnatilgan va yadroning chastotasida to’liq
15
ishlaydigan kichik hajmli (128 Kbayt) ikkilamchi kesh-xotira qurilmasiga ega.
Bunday protsessorlar Mendocino nomi bilan ham ataladi.
Takt chastotasi 500, 466, 433, 400, 366 va 333 MGts li Intel Celeron
protsessorlarning ish unumdorligi keng ommalashgan zamonaviy ilovalar tez va
samarali ishlashini ta’minlaydi. Bunday protsessorlarga, asosida Pentium II
protsessori yaratilgan P6 mikroarxitekturasiga oid barcha afzalliklar berilgan. Takt
chastotasi 500, 433, 400, 366 i 333 MGts li Intel Celeron protsessorlar ichiga hajmi
128 Kb li 2- darajaga mansub ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi o’rnatilgan. Takt
chastotasi 300 MGts li Intel Celeron protsessorlarning yadrosi o’z ichiga 7,5 million
tranzistorni mujassam etgan. Takt chastotasi 500, 433, 400, 366 i 333 MGts li
protsessorlarning yadrolari esa 2- darajaga mansub ikkilamchi kesh- xotira qurilmasi
o’rnatilganligi bois 19 million tranzistorga ega.
Barcha Intel Celeron protsessorlar 0.25 mikronli KMOP-texnologiyalar
asosida ishlab chiqiladi. Barcha Intel Celeron protsessorlar (P.P.G.A.) tilchali
chiqish joylarining matritsasiga ega plastik korpus ichida solinib chiqariladi.
P.P.G.A. formfaktori protsessorning 370 kontaktli uyasiga mos keladi. Bu esa, o’z
navbatida, kompyuter ishlab chiqaruvchilar uchun tizimlar narxini tushirish uchun
yangi imkoniyatlar yaratib, joiz konstruktiv loyihalar uchun keng yo’l ochib beradi.
Bundan tashqari, takt chastotasi 433, 400, 366, 333 va 300A MGts li Intel
Celeron protsessorlar korpus ichida o’rnatish qulayligi va tejamkorlikni
ta’minlovchi S.E.P.P. rusumli kontaktlar bir tomonga joylashtirilgan holda
etkaziladi. Qo’llanilgan korpus turidan qat’iy nazar Intel Celeron protsessorlar
yuqori sifatli, ishonchli va boshqa qurilmalarga mos keladi deb e’tirof etilmoqda.
Ushbu protsessorlar idoraga oid keng ommalashgan zamonaviy ilovalar va Internet
tarmog’iga kirishni ta’minlovchi dasturlar bilan ishlash uchun kuchli protsessorlar
sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: