37
37
Talabalarni pedagog kasbini tanlash motivlari bilan tanishtirish.
pedagogik
faoliyat haqida tushuncha berish, A.K.Baymetovning pedagogik faoliyat
motivlari haqidagi fikrlarini o’rganish
Identiv o’quv maqsadlari.
1.Pedagog kasbini tanlash motivlari bilan tanishtiradi.
2.Pedagogik faoliyat haqida tushuncha beradi.
A.K.Baymetovning pedagogik faoliyat motivlari haqidagi fikrlarini o’rgatadi.
2- savolning bayoni
Pedagog kasbini tanlash motivlari.
Pedagog kasbini tanlash motivlari pedagogik faoliyat bilan bog’lik buladi.
Pedagogik faoliyat bilan shug’ullanuvchilar maktab o’kituvchilari, bog’cha
tarbiyachilari, kasb hunar kolleji o’qituvchilari, pedagoglar, psixologlar,
mehribonlik uylari tarbiyachilari va boshqalar hisoblanadi.
Kasb hunar
kollejlariga va pedagogik oliy o’quv yurtlariga kirgan talabalar bilan
so’rovnoma o’tkazilganda so’rovlar bo’yicha olingan natijalarda o’qituvchi
kasbiga ijobiy munosabat bildirganlar. Taxminan 40 % ni u yoki bu narsa yoki
predmetlarga qiziqqanlar 13 % ni o’kituvchilik faoliyatiga va na kasbiy fanga
ijobiy munosabat bildirmaganlar, 22 % ni esa oliy o’quv yurtiga
kirishdan
maqsad ayni vaqtda harbiy xizmatdan olib kelingan tavsifnoma sababli
imtiyozga ega ravishda oliy ta’lim nufuziga ega bo’lish istagidagilar tashkil
qiladi. Ayrim talabalarning pedagogika o’kuv yurtiga kirish sabablari shu
dargohning ularning turar joyiga yaqinligi bo’ladi.
Ongli ravishda kasb tanlash insonning ijtimoiy mavqei bilan bog’liq
ravishda
amalga oshadi. Agar inson uchun asosiysi ijtimoiy nufuz hisoblansa, unda
kasb hozirda mavjud bo’lgan qoidalar, shuningdek jamiyatdagi nufuzli
kasblardan kelib chiqib tanlanadi. Ko’pchilik kasb tanlayotganda bu kasb ularga
qanchalik moddiy rag’bat
keltirishiga tayanadi;
A.K.Baymetov pedagogik faoliyat motivlarini o’rganib, ularni 3 guruhga
ajratadi:
1. Muqarrarlik motivi (burchli);
2.
O’qitilayotgan predmetlarning qiziqarliligi va e’tiborni tortish;
3. Bolalar bilan muloqatga kirishish.
Bu motivlarning ustunlik qilish xarakteriga ko’ra o’kituvchilar 4 guruxni :
Burch hissining ustunligi bilan 43 % ni, o’kitilayotgan fanlarga
qiziqishning ustunligi 39 %ni, bolalar bilan muloqotga kirishish extiyojining
ustunligi 11 %ni, o’z hohishlarini ruyobga chikarish istagi bilan 7 %ni
tashkil
qiladilar:
O’qituvchining mustaqil bilim egallashi deganda, uning o’z bilimlarini
doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan to’ldirib, o’zining
individual ijtimoiy tajribasini keng miqyosda doimo yangilab borishi
tushuniladi. Odatda aksariyat o’qituvchilar mustaqil bilim
egallash zarurligini
tushungan xolda, undan muvaffaqiyatli foydalanadilar.
O’qituvchining o’quvchilarga ta’sir ko’rsatishi va munosabatining
quyidagi uslublari mavjud.
Avtoritar uslub: bu qattiqqo’llik bo’lib, bunda o’qituvchi o’quvchilarini
so’zsiz o’ziga bo’ysunishlarini talab etadi. Lekin, nima uchun qattiqqo’llik
38
38
qilayotganini yoki o’quvchilariga nima uchun o’zlarini shunday tutishlari
lozimligini tushuntirib bermaydi, O’qituvchi dars davomida o’quvchilaridan
jim utirishini, savollarga doimo qo’l ko’tarib, o’qituvchining
ruxsati bilan
javob berishini, o’qituvchining ko’rsatmalarini so’zsiz bajarishini talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: