HALQAGA TASHLASH
Jamoada ikkitadan o‘yinchi bo‘ladi. Birinchi jamoa o‘yinchilari jarima to‘pini tashlash
chizig‘ida turadilar. Ularning har biri halqaga 5 tadan to‘p tashlashni bajaradi. Ikkinchi jamoada
o‘yinchilari halqa tagida turadilar. Ularning asosiy vazifasi shitga urilib qaytgan yoki halqaga
tushgan to‘pni ilib olib, sakrab halqaga tashlashdan iborat. Har bir tushirilgan to‘p uchun bir ochko
beriladi. To‘p 10 marta halqaga tashlangandan keyin jamoalar o‘rin almashadilar. Birinchi bo‘lib
21 ochko to‘plagan jamoa o‘yinda g‘olib chiqadi.