148
Kishi ko‘chaning yuziga o‘tdi, kapitan qaramadi, kelib
bizdan bir so‘ri nariga о‘tirdi, kapitan boshini ko‘tarmadi,
so‘rilarni oralab bizning oldimizdan o‘tib ketdi. Shunda undan
sovuq, zax, eskirib qolgan go‘shtdan keladigan «soya hidi»
anqib ketdi. U orqasiga bir-ikki qarab, ko‘chaning u yuziga
o‘tdi, qorong‘i bir darvozaxonaga kirib ketdi.
Kapitan uning hikoyasini aytib berdi.
– Men bu marazni to‘rt yildan beri bilaman. Bu maraz
to‘rt yildan beri meni xilvatga tortadi, to‘rt yildan beri
qulog‘imga shivirlaydi...
Bundan to‘rt yil muqaddam shaharning turli tumanlaridan
militsiyaga har xil imzo bilan, lekin adressiz xatlar yog‘ila
boshladi. Bu xatlarning har biri ovchilar uyushmasining o‘sha
vaqtdagi kotibi ustidan yozilgan katta bir aybnoma bo‘lib,
bu aybnomada ko‘rsatilgan gunohlardan birontasi rost bo‘lsa,
kotib beto‘xtov qamalishi kerak edi. Biroq, militsiya bu xat-
larni yozgan odamlardan birontasini ham topolmadi, lekin,
shundoq bo‘lsa ham, kotibni ko‘zning tagiga olib qo‘ydi.
– Mana shu kunlarda, –
dedi kapitan, –
kechasi mening
oldimga mana shu maraz keldi, o‘zining halolligi to‘g‘risida
qancha bayt-u g‘azallar o‘qiganidan keyin «ovchilar uyush-
masining kotibi noma’lum odamlardan to‘pponcha sotib
olayotibdi degan gap yuribdi, mish-mishga o‘zim ishonmasam
ham sizga aytib qo‘yishni vijdoniy vazifam hisoblayman»,
dedi. Tashakkur bildirdim.
Lekin bu gap kotib haqida militsiya to‘plagan ma’lu-
motlarga butkul zid edi. Mulohaza va muhokamadan keyin
shunday xulosaga kelindi: o‘sha adressiz xatlarga bu odamning
aloqasi bor va militsiya xat yozgan odamlarni qidirayotganidan
xavotirga tushib qolgan: to‘pponcha haqida yo‘q mish-mishni
ko‘tarib kelishdan maqsadi, militsiyani aldash – «mening
gapim bo‘lsa o‘zim kelib aytaman, xat yozib yurmayman»,
demoqchi.
– Xo‘sh, bu tuhmatdan iborat xatlardan, uydirma mish-
mishdan, bunaqa nayrangdan kuzatilgan maqsad nima?
– Biz mana shunga qiziqdik, – dedi kapitan, – tagiga
yetdik ham. Dunyoda yaratilganicha qolgan odamlar ham
bor ekanini bilasizmi? Bu xildagi odamlar vaqtida na o‘qib
bilim olgan bo‘ladi, na uqib hunar; bir vaqt ko‘zini ochib
150
Oradan o‘n besh oy o‘tdi. Kunlardan bir kuni kotib to‘satdan
o‘lib qoldi. Maraz bu xabarni eshitib yugurganicha idoraga
keldi: o‘zini urdi, sochini yuldi, «qanotim sindi», deb dod
soldi; marhumning ordeni qo‘yilgan yostiqchani ko‘tarib
marosimning oldida bordi; uning qabri ustida hammadan oldin
nutq so‘zlab: «Aziz do‘stim, tinch yot, boshlagan ishingni
o‘zim davom ettiraman», deb yig‘lab yubordi.
Ertasiga, darhaqiqat, maraz to‘g‘ri kelib marhumning
stoliga o‘tirdi, kuni bo‘yi kim bilan muomala qilmasin ko‘ziga
yosh olib, kotibning ishini davom ettirdi; ertasiga ham,
indiniga ham, rosa bir hafta bo‘yi shunday qildi. Odamlar
marazning kotibligiga ko‘nikkan sayin uning ko‘z yoshi
kamaya bordi-yu, nihoyat, rais uning kotiblikka tayinlaganligi
haqidagi buyruqqa qo‘l qo‘ygan kuni taqqa to‘xtadi.
Maraz birovlar otgan bo‘rilarning terisini o‘z nomidan
topshirib, katta ovchilarni bir-biriga chaqib, urishtirib va har
qaysisiga o‘zini jonkuyar ko‘rsatib, kotiblik stoliga durustroq
o‘rnashganidan keyin raisning qabri ustida nutq so‘zlagisi, uning
boshlagan ishini «davom» ettirgisi kelib qoldi. Biroq rais ellikka
yaqinlashib qolgan bo‘lsa ham, hali juda baquvvat, urush yillari
Do'stlaringiz bilan baham: