44
3. Bir tilli va ko‗p tilli lingvistik lu g‗atlar. Bir tilli lingvistik lug‗atlarning tiplari.
Leksikografiya
Tilshunoslikning lug‗at tuzish ishi bilan shug‗ullanadigan bo‗limi leksikografiya
deyiladi. Lug‗atlar tilning lug‗aviy boyligini to‗plovchi kitobdir. Lug‗atlar muayyan
mavzularda tuzilib, unda so‗zlar alfavit tartibida joylashtiriladi. Lug‗at tuzish ishi bilan
lug‗atshunoslar qadimdan shug‗ullanib kelishgan. Masalan, XVI asarda usmonli turk
tilida «Abushqa» lug‗ati yaratilgan.
Lug‗atlar xarakteriga ko‗ra ikki turga bo‗linadi:
1) qomusiy (entsiklopedik lug‗at) lug‗atlar; 2) lingvistik lug‗atlar.
Qomusiy lug‗atlar ilmiy, siyosiy, adabiy va ishlab chiqarishga xos tushunchalar,
borliqdagi predmetlar va voqea-hodisalar haqida ma‘lumot beradi.
«O‗zbek milliy entsiklopediyasi», «Uy-ro‗zg‗ or entsiklopediyasi», «Salomatlik
entsiklopediyasi», «U kim, bu nima?» kabi lug‗atlar qomusiy lug‗atlar sirasiga kiradi.
So‗zlarni tilshunoslik nuqtai nazardan izohlaydigan lug‗atlar lingvistik lug‗at deb
yuritiladi. Lingvistik lug‗atlar
bir tilli, ikki tilli va ko‗p tilli bo‗ladi.
Bir tilli lingvistik lug‗atlarda lug‗aviy birliklar bir tilning - o‗zbek tilining o‗zida
izohlanadi. Bunday lug‗atlarga «Imlo lug‗ati», «Orfoepik lug‗at», «O‗zbek tilining
morfem lug‗ati», «O‗zbek tilining sinonim so‗zlar lug‗ati», «O‗zbek tilining omonim
so‗zlar lug‗ati», «O‗zbek tilining antonim so‗zlar lug‗ati», «O‗zbek tilining frazeologik
lug‗ati», «Etimologik lug‗ati», 1981 yilda yaratilgan «O‗zbek tilining izohli lug‗ati» (2
jild) kabilar. «O‗zbek tilining izohli lug‗ati»da so‗z va iboralarning o‗z va ko‗chma
ma‘nolari haqida to‗la ma‘lumot beriladi.
Ikki tilli va ko‗p tilli lug‗atlar tarjima lug‗atlari bo‗lib, ular boshqa tilning lug‗at
tarkibini o‗zbek tiliga yoki aksincha o‗zbek tilining lug‗at tarkibini boshqa tilga tarjima
qilish uchun xizmat qiladi. Ikki tilli va ko‗p tilli lug‗atlarga o‗zbekcha-ruscha, ruscha-
o‗zbekcha, o‗zbekcha-inglizcha, inglizcha-o‗zbekcha, o‗zbekcha-inglizcha-nemischa
kabi lug‗atlar kiradi.
Ko‗p tilli lug‗atlar o‗tmishda ham tuzilganligi arabcha-forscha-turkcha
lug‗atlardan ma‘lum. Hozirgi kunga kelib ko‗p tilli lug‗atlar tuzish ancha jadallashdi.
Chunki ko‗p tilli lug‗atlar hozirgi tillarni qiyosiy o‗rganishda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Lug‗at fan va texnika, madaniyat, umuman jamiyatning taraqqiy etib
borayotganini o‗zida aks ettiradi. Lug‗atlar muhim madaniy boylikdir, chunki lug‗at nutq
madaniyati, so‗zlarning ma‘nolarini aniq tushunish va ularni nutqda to‗g‗ ri qo‗llash,
savodxonlikka erishishning asosidir.
Tildagi jamiki so`zlar, ularning tarixi, izohi, imlosi kabi muhim masalalar bilan
Do'stlaringiz bilan baham: