Namangan davlat univеrsitеti boshlang‟ich ta'lim mеtodikasi kafеdrasi



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/365
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#261057
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   365
Bog'liq
Namangan davlat univеrsitеti boshlang ich ta'lim mеtodikasi kafе

 Bog„langan qo„shma gap 
 
Qismlarining  o‗zaro  teng  aloqaga  kirishuvidan  tuziladigan  gap  bog‗langan 
qo‗shma gap deyiladi. Bog‗langan qo‗shma gap qismlari o‗zaro biriktiruv bog‗lovchilari 
(va, hamda, ham), zidlov bog‗lovchilari (ammo, lekin, biroq, balki), ayiruv bog‗lovchilari 
(yo,  yoki,  yohud,  dam...  dam,  goh...  goh,  ba‘zan...  ba‘zan,  hali...  hali,  bir...  bir),  teng 
bog‗lovchi  vazifasidagi  –da,  -u  (-yu),  na...  na  yuklamalari,  shuningdek,  bo‗lsa,  esa 
yordamchilari vositasida bog‗lanadi. 
 
SHunga ko‗ra bog‗langan qo‗shma gaplarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
 
1.Biriktiruv bog‗lovchilari yordamida tuzilgan bog‗langan qo‗shma gap. 
 
2.Zidlov bog‗lovchilari yordamida tuzilgan bog‗langan qo‗shma gap. 
 
3.Ayiruv bog‗lovchilari yordamida tuzilgan bog‗langan qo‗shma gap. 
 
4.Teng  bog‗lovchi  vazifasidagi  yuklamalar  yordamida  tuzilgan  bog‗langan 
qo‗shma gap. 
 
5.Bo‗lsa, esa yordamchi so‗zlari vositasida tuzilgan bog‗langan qo‗shma gap. 
 
Biriktiruv  bog‗lovchilari  (va,  hamda;  ba‘zan  shu  vazifadagi  ham  yuklamasi) 
yordamida  tuzilgan  bog‗langan  qo‗shma  gap  tarkibidagi  qismlardan  bir  paytda  yoki 
ketma-ket  ro‗y  beradigan  voqea-hodisalar  anglashilib  turadi.  Masalan:  haqiqat  va  to‗g‗ 
rilikni sevadigan odam doim vijdoni farmoniga itoat qiladi va uning vijdoniga hech Kim 
hokim bo‗la olmaydi. (Oz-oz o‗rganib dono bo‗lur.) Keng bog‗ dagi har bir nihol qonib-
qonib suv ichdi va uning yaproqlari nurga intilib o‗sa boshladi. (O‗.Hoshimov.) 
 
Zidlov bog‗lovchilari  (lekin, ammo, biroq, balki)  yordamida tuzilgan bog‗langan 
qo‗shma  gap  qismlari  mazmunan  bir-biriga  zid  bo‗ladi.  Masalan:  Har  qanday  narsada 
isrofgarchilik bor, ammo yaxshilikda isrof bo„lmaydi. («Ajoyib nasihatlar») Burni, qoshi, 
yana allaqaeri otasiga o„xshardi, lekin Akbarov ham bir vaqtlar o„g„liday ajinsiz, quyuq 
qora sochli bo„lganini tasavvur etish qiyin edi. (P.Qodirov). 
 
Ayiruv  bog‗lovchilari  (yo,  yoki,  yohud,  goh...,  goh,  dam...,  dam,  ba‘zan..., 
ba‘zan...)  yordamida  tuzilgan  bog‗langan  qo‗shma  gapda  birini  tanlash  lozim  bo‗lgan 
yoki galma-gal ro‗y beradigan voqea-hodisalar ifodalanadigan qismlar birikadi. 


155 
 
 
a)  yo  (yo...,  yo),  yo...,  yo  bo‗lmasa;  yoki  (yoki...,  yoki);  yo...,  yoki;  xoh...,  xoh 
bog‗lovchilari  birini  tanlash  lozim  bo‗lgan  voqea-hodisalarni  ifodalovchi  qismlarni 
birlashtiradi. Masalan: YO ko„k unga o„z sirlarini ochishni tilamas, yo uning aql ko„zgusi 
xiralashib qolgan. (O.YOqubov.) 
 
b)  goh...,  goh;  dam...,  dam;  ba‘zan...,  ba‘zan  bog‗lovchilari  galma-gal  ro‗y 
beradigan  voqea-hodisalarni  ifodalovchi  qismlarni  bog‗laydi.  Masalan,  Ba‟zan  oy  zarin 
kokillarini er yuziga yoyib yuboradi, ba‟zan bulut oy yuzini qoplab oladi. (Oybek.) 
 
Teng  bog‗lovchilar  vazifasidagi  yuklamalar  yordamida  tuzilgan  bog‗langan 
qo‗shma  gaplar  qismlaridan  bir  paytda  yoki  ketma-ket  ro‗y  beradigan  voqea-hodisalar 
yohud mazmunan zid bo‗lgan voqea-hodisalar anglashilib turadi. 
 
Bunda –u, (-yu), -da, na..., na yuklamalari biriktiruv bog‗lovchilarining vazifasini, 
-u  (-yu)  yuklamasi  zidlov  bog‗lovchilari  vazifasini  bajaradi.  Masalan:  Oyko„l  ilgari 
alohida xo„jalik edi-yu, kattagina idorasi bor edi. (P.Qodirov.) Ikki tomondagi kitoblarga 
to„lib turadigan qubbali javonlarda na bir kitob bor, na bir qo„lyozma bor. (O.YOqubov.) 
 
Bo‗lsa,  esa  so‗zlari  vositasida  tuzilgan  bog‗langan  qo‗shma  gap  qismlaridan  bir 
vaqtda  yoki  ketma-ket  ro‗y  beradigan  voqea-hodisalar  qiyoslanishi  anglashiladi. 
Masalan: Oliy himmatli kishi, mard odam bir lahzada do„st orttiradi, pastkash esa necha 
yillik oshnaligini bir lahzada barbod qiladi. («Oz-oz o„rganib dono bo„lur».) 
 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   365




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish