b) yon tovush l undoshini hosil qilishda til uchi yuqoriga tomon bukilib, milkka
tegadi, ammo havo oqimining tilning ikki yonidan sirg‗alib o‗tishi uning og‗iz
bo‗shlig‗idan qisman portlab, qisman sirg‗alib chiqishiga sabab bo‗ladi.
d) titroq tovush r undoshini hosil qilishda o‗pkadan chiqayotgan havo to‗lqini
tilning uchiga zarb bilan kuchli uriladi va uni titratadi, tilning titrab turishi esa havo
oqimining og‗iz bo‗shlig‗idan portlab-sirg‗alib chiqishiga olib keladi.
Demak,
portlovchi-sirg‗aluvchi
undoshlarning
hosil
bo‗lishida
ham
portlovchilarga xos bo‗lgan ikki a‘zoning jipslashuvi, ham sirg‗aluvchilarga xos bo‗lgan
ikki nutq a‘zosi orasidagi tor oraliqdan (yoki burun bo‗shlig‗idan) sirg‗alib o‗tishi sodir
bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |