Namangan davlat univеrsitеti boshlang‟ich ta'lim mеtodikasi kafеdrasi



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/365
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#261057
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   365
Bog'liq
Namangan davlat univеrsitеti boshlang ich ta'lim mеtodikasi kafе

Grammatik kategoriya 
Bir-biriga  qiyosan  olinadigan  ikki  yoki  undan  ortiq  grammatik  ma‘no  bilan  shu 
ma‘noni ifodalovchi grammatik shakllar tizimi grammatik kategoriya deyiladi. 
Grammatik kategoriya so‗zlarni, so‗z shakllarni, so‗z o‗rinlarini, so‗z qurilmalarini 
birlashtiradi,  umumlashtiradi.  Shunga  ko‗ra  grammatik  kategoriyalarning  to‗rt  turi 
farqlanadi:  1)  so‗zning  grammatik  kategoriyalar;  2)  so‗z  shakllarning  grammatik 
kategoriyalari;  3)  so‗z  o‗rinlarining  grammatik  kategoriyalari;  4)  so‗z  qurilmalarining 
grammatik kategoriyalari. 
So‗z  va  so‗z  shakllarning  grammatik  kategoriyalari  tizimi  tilning  morfologiyasini 


59 
 
tashkil etsa, so‗z o‗rinlari va so‗z qurilmalarining grammatik kategoriyalari tizimi tilning 
sintaksisini tashkil etadi. 
Demak,  grammatik  kategoriyalarni  morfologik  kategoriyalarga  va  sintaktik 
kategoriyalarga ajratish mumkin. 
Morfologik grammatik kategoriyalarga, birinchidan, so‗z turkumlarining o‗zi, ya‘ni 
ot,  sifat,  son,  fe‘l  kabilar  kirsa,  ikkinchidan,  ma‘lum  bir  turkumga  xos  bo‗lgan 
kategoriyalar, ya‘ni otlarga xos bo‗lgan son, egalik, kelishik kategoriyalari, fe‘llarga xos 
bo‗lgan bo‗lishli-bo‗lishsizlik, nisbat, mayli, zamon, shaxs-son kategoriyalari kiradi. 
Sintaktik  grammatik  kategoriyalar  deyilganda,  gap,  gap  bo‗laklari:  ega,  kesim, 
to‗ldiruvchi, aniqlovchi, hol kabilar nazarda tutiladi. 
Demak, so‗zlarning gapda qanday gap bo‗lagi bo‗lib kelishi, uning qanday so‗zlar 
bilan aloqaga kira olishi, ma‘nosiga va grammatik shakliga bog‗liqdir. 
O‗zbek  tili  lug‗at  tarkibidagi  so‗zlar  leksik-semantik,  morfologik  va  sintaktik 
tamoyilga tayangan holda quyidagi guruhlarga ajratiladi: 
1) mustaqil so‗zlar, 2) yordamchi so‗zlar, 3) modal, undov va taqlid so‗zlar. 
Mustaqil holda leksik ma‘no ifoda eta oladigan biror morfologik shaklda kelib, gap 
bo‗lagi vazifasini bajaradigan so‗zlarga mustaqil so‗zlar deyiladi. Mustaqil so‗zlarga ot, 
sifat, son, olmosh, fe‘l, ravish kabi so‗z turkumlari kiradi. 
Mustaqil  holda  leksik  ma‘no  ifoda  etmay,  gap  bo‗lagi  vazifasini  bajarmaydigan, 
faqat  so‗zlar  orasidagi  sintaktik  munosabatni  ifodalaydigan  yoki  ularga  qo‗shimcha 
ma‘no  qo‗shishga  xizmat  qiladigan  so‗zlar  yordamchi  so‗zlar  deyiladi.  Yordamchi 
so‗zlarga ko‗makchi, bog‗lovchi, yuklama kiradi. 
Modal  so‗zlar  modal  ma‘no  ifodalashi  jihatidan  yuklamalarga  o‗xshasa-da,  lekin 
undan  farqli  ravishda  gapda  gap  bo‗lagi  (kesim,  sostavli  kesim  tarkibida)  vazifasida, 
butun bir gap tarzida kela oladi. 
Undov va taqlid so‗zlar mustaqil so‗zlar kabi biror hodisaning nomi bo‗la olmaydi, 
lekin gap bo‗lagi vazifasida so‗z-gap vazifasida kela oladi. Shuning uchun ham bunday 
so‗zlar alohida guruhni tashkil etadi. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   365




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish