Magistrlik dissertasiya ishining ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan
bog’liqligi. Magistrlik dissertasiya ishi SamDU tarix fakulteti umumiy tarix
kafedrasining magistrlik dissertasiya ishlari rejasi asosida bajarilgan. Hamda
kafedraning bosh mavzusi hisoblangan “Jaxon tarixining dolzarb muammolari
va ularni tarixshunoslikda o’rganilishi” bilan ham chambarchas bog’liqdir.
Tadqiqotning maqsadi: Isroil – Falastin muammosining kelib chiqishini,
uning keskinlashib borishini, bugungi ahvolini o’rganish va muammolarni tahlil
etish, ularning o’rganishdagi ahamiyatini aniqlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |