Odam anatomiyasi odam organizmining shakli va tuzilishini uning taraqqiyoti va vazifasiga bog’lab o’rganadigan fandir



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/103
Sana25.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#260453
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103
Bog'liq
odam anatomiyasi fanini organishga kirish.

Kalla suyaklarining taraqqiyoti 
Kalla suyaklari homila orqa torining (chorda dorsalis) yuqori uchidan 
rivojlanadi. U uch taraqqiyot: parda, tog’ay, suyak davrlarini o’tadi. Parda davri 
homila hayoti birinchi oyining oxiri va ikkinchi oyi boshlarida o’tib, bu davrda 
bosh miya mezenxima pardasi bilan o’ralib parda yoki biriktiruvchi to’qimadan 
tuzilgan parda boshni hosil qiladi. 
Kallaning yuz qismini hosil qiluvchi biriktiruvchi to’qima homila bosh 
ichagi devorini o’ragan bo’lib, mezodermaning ventral qismidan yoki yon 
qatlamlardan taraqqiy etadi. Homila taraqqiyoti ikkinchi oyining boshida o’ng 
va chap tomonlarida ikkita paraxordal tog’aylar paydo bo’ladi. Ular dastlab 
mayda bo’laklardan iborat bo’lib, so’ngra o’zaro qo’shiladilar. Shu davrda 
chorda dorsalisni old tomonida, oxirgi miyaning ostida ikkita bosh trabekullalari 
paydo bo’ladi. Shu bilan birga hidlov a’zosi, ko’z pufagi, eshituv va muvozanat 
a’zolarining ustini qoplagan parda xaltalar ham tog'ayga aylanadilar. Davr 
boshida alohida-alohida bo’lgan tog'aylar o’zaro qo’shilib, bosh miyaga 
kirayotgan qon tomirlar va chiqayotgan nervlarni o’raydi. Homila hayotining 
ikkinchi oyi oxiri va uchinchi oyi boshlarida tog'ay boshning ichki va tashqi 
asosi o’z shaklini oladi. 
Kallaning miya hamda yuz qismi suyaklari endesmal yo’l bilan 
suyaklanadilar. Kallaning yuz qismi suyaklari vistseral ravoqlardan taraqqiy 


etadi. Homilada 5 juft vistseral ravoqlar bo’lib, ular boshning yonbosh 
mezenxima qatlamlaridan bir juftdan paydo bo’ladilar. Ularning birinchi jufti 
pastki jag' ravog’i bo’lsa, ikkinchisi gioid ravodir. Qolgan uchinchi, to’rtinchi 
va beshinchi juftlari jabra ravoqlari nomi bilan ataladi. Pastki jag’ ravog’i ikki: 
kvadrat tanglay (palatoquadratum) va mekkal tog’ayi bo’laklaridan iborat. 
Odamning kalla suyaklari taraqqiyotiga qarab 3 guruhga bo’linadi: 
I.Bosh miya pardasini (kapsulasini) hosil qiluvchi suyaklar:
a) birlamchi yoki kalla qopqog’i suyaklari: ensa suyagining palla qismi, chakka 
suyagining palla va nog'ora qismlari, peshona, tepa suyaklari. 
b) ikkilamchi yoki kallaning asosi suyaklari: ponasimon suyak, ensa suyagining 
tanasi va yon bo’laklari, chakka suyagining tosh (piramida) qismi bilan 
so’rg'ichsimon o’sig'i. 
II.Burun xaltasi (kapsulasi) bilan bog’lanib rivojlangan suyaklar: 
a). birlamchi suyaklar: ko’z yoshi suyagi, burun va dimog’ suyaklari.
b). ikkilamchi suyaklar: g’alvir suyak, burunning pastki chig’anog'i. 

III.Vistseral ravoqlardan rivojl angan suyaklar: 
a). harakatsiz suyaklar: yuqori jag’, tanglay va yonoq suyaklari. 
b).harakatchan suyaklar: pastki jag’, til osti suyagi va eshituv suyakchalari 
(bolg'acha, sandoncha, uzangi). 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish