Segnetoelektriklar
d
Segnetoelektriklar - tashki maydon taʼsiri boʻlmaganda ham muayyan tra intervalida spontan
(oʻz-oʻzidan) qutblanish qobiliyatiga ega boʻlgan dielektrik kristallar. S.ning bu xossasi elektr
maydon, deformatsiya, traning ortishi yoki kamayishi kabi taʼsirlar ostida kuchli oʻzgaradi. "S."
termini birinchi marta 1655 yilda sintez qilish yoʻli bilan vino kislotaning natriykaliyli qoʻshaloq
tuzi (segnet tuzi) — NaKC4H4O64H2O ni kashf kilgan fransuz dorishunosi E. Senyet (Ye.
Seignette, 1632—98) nomi bilan ataladi. S.ning oʻzoʻzidan qutblanish xususiyatini dastlab
1920 yilda segnet tuzlari kristallarida J. Valashek, 1930ylarda rus olimlari V. M. Vul,
I.V.Kurchatov va P.P. Kobekolar aniqlagan. S.ning elektr xossalari koʻp jihatdan
ferromagnetiklarning magnit xossalariga oʻxshashligidan xorijiy adabiyotlarda S. oʻrnida
ferroelektriklar termini ishlatiladi. Segnet tuzi, bariy titanat, triglitsinsulfat, digidrofosfat kaliy
va Mendeleyev davriy sistemasi elementlarining turli murakkab birikmalari S. hisoblanadi.
Segnetoelektrik xossaga ega boʻlgan kristallarda simmetriya markazi boʻlmaydi, butun
musbat ionlar markazi bilan manfiy ionlar markazi mos tushmaydi. Bu esa spontan
qutblanishning hosil boʻlishi uchun fizik sharoitni yaratadi.
S. boshqa dielektriklardan quyidagi harakterli xossalari bilan farq qiladi: 1) oddiy
dielektriklarda dielektrik kirituvchanlik ye bir necha birlikka (mas, suv uchun ye = 81) teng
boʻlsa, S. uchun ye bir necha mingga teng boʻlishi mumkin; 2) ye ning qiymati maʼlum tra
intervalida kuchli oʻzgarib boradi. Mas, bariy titanat uchun tra 120° dan 80° gacha
pasayishida ye ning qiymati 2000 dan 6000 gacha ortib boradi va soʻngra yana kamayib
ketadi; 3) S. dielektrik kirituvchanliklari tashki elektr maydon kuchlanganligiga bogʻliq
ravishda oʻzgarib boradi, boshqa dielektriklarda esa ye moddani harakterlovchi kattalik boʻlib,
maydon kuchlanganligiga bogʻliq emas; 4) elektr maydon oʻzgarganda qutblanish vektori R
ning qiymatlari maydon kuchlanganligi £ ning qiymatlaridan kechikib oʻzgaradi. Natijada R, Ye
ning ayni vaqtdagi qiymatlarigagina bogʻliq boʻlmay, ilgarigi qiymatlariga qam bogʻliq boʻladi.
Segnetoelektrik kristallardagi zaryadlarning oʻzaro taʼsirlashishi natijasida shu zarralarning
dipol momentlari spontan ravishda birbirlariga parallel joylashadi. Dipol momentlarining bir xil
yoʻnalishi butun kristallga tarqalishi juda kam uchraidigan holdir. Odatda, kristall bir qancha
sohalarga boʻlinib, har bir sohadagi dipol momentlar birbirlariga parallel joylashgan boʻladi.
Lekin turli sohalarning qutblanish yoʻnalishlari har xil boʻladi, natijada butun kristall boʻyicha
olingan natijaviy dipol momenti nolga teng boʻlishi mumkin. Spontan qutblanish sohalari
domenlar deb ataladi. Domenlarning qalinligi oʻn mikrometrdan, yuzasi esa bir necha
santimetr kvadratdan ortiq boʻladi. Domenlar soni kristall simmetriyasiga bogʻliq. Tashqi
elektr maydon taʼsirida domenlarning momentlari yaxlit moment sifatida buriladi va maydon
yoʻnalishiga mos joylashadi.
Har qanday S. uchun shunday tra mavjudki, bu tradan yuqoriroq trada modda oʻzining ajoyib
xususiyatlarini yoʻqotadi va oddiy dielektrikka aylanib qoladi. Bu trani Kyuri nuqtasi Ts deb
ataladi. Segnet tuzining ikkita Kyuri nuqtasi bor: —15° da va +22,5° da; bu tuz shu tra
intervalidagina segnetoelektrik xususiyatga ega boʻladi. Agar tra —15° dan past va +22,5° dan
yuqori boʻlsa, elektr xossalari oddiy dielektirikdan farq qilmaydi. Kyuri nuqtasida spontan
kugblangan holat (qutbli faza) dan spontan qutblanishi yoʻq boʻlgan holat (qutbsiz faza)ga
yoki aks yoʻnalishida faza oʻtishi yuz beradi.
S.ning pyezoelektrik xossasidan ultratovush nurlatgich, tovush signallarini elektr signallariga
aylantiruvchi asboblar, bosim datchiklari, katta sigʻimli kondensatorlar tayyorlash va
boshqalarda foydalaniladi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 6 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Segnet
oelektriklar&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Segnetoelektriklar&oldid=1
816501
" dan olindi