Respublikasi moliya vazirligi taqdim qilgan Davlat byudjeti ijrosini yilning
36
ro’yxatdan o’tkazish orqali (G’aznachilik) dastlabki nazoratni amalga
oshiradi;
- byudjetdan
mablag’ oluvchilar
moliyaviy
majburiyatlarining
hisobini yuritish orqali (G’aznachilik) va ularning nomidan mol etkazib
beruvchilar tovar (bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmatlar) uchun ularning
schyotiga bevosita pul o’tkazish orqali yoki boshqa ko’zda tutilgan
maqsadlar uchun (ish haqi, majburiy to’lovlarni to’lash va boshqalar)
to’lovni amalga oshirish orqali joriy nazoratni amalga oshiradi;
- qonunchilikka
ko’ra bankdan byudjet mablag’larining harakati
to’g’risida ma’lumot oladi;
- o’zining vakolati doirasida taftish o’tkazadi va byudjetdan mablag’
oluvchilar moliya-xo’jalik faoliyatini tekshiradi;
- keyingi davlat moliyaviy nazoratini (O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi nazorat-taftish
boshqarmasi
va
uning
hududiy
bo’linmalari) respublika va mahalliy darajada amalga oshiradi.
g) ichki nazorat xizmati
Respublika va mahalliy davlat boshqaruvining ichki nazorat xizmati
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda nazorat
funktsiyasini amalga oshiradi.
Ichki nazorat xizmati:
1) davlat organlarining faoliyati yo’nalishi bo’yicha uning ishining
unumdorligi va sifatini oshirish maqsadida amalga oshiradi;
2) davlat organlari, uning hududiy bo’linmalari va bo’ysinuvchi
tashkilotlar faoliyatining yo’nalishi bo’yicha baholashni amalga oshiradi
hamda davlat organlarining birinchi rahbariga uning faoliyatini yaxshilash
bo’yicha tavsiyalar taqdim etadi;
3) O’zbekiston Respublikasi byudjet va boshqa qonunchiliklarini
davlat organlari rioya qilishini tekshirishni amalga oshiradi;
4) Davlat organlarining strategik va operatsion rejalarini amalga
oshirishni va natijalarini baholashni tekshirishni amalga oshiradi;
5) Davlat organlari tomonidan hisob va hisobotni to’g’ri va ishonchli
yuritilishi nazoratini amalga oshiradi;
6) O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq respublika va
mahalliy byudjet mablag’laridan foydalanishda buzilishlarni aniqlaydi, oldini
oladi va yo’l qo’ymaslik bo’yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
7) Nazorat natijalrining jami bo’yicha qaror qabul qilish, nazorat
ob’ektlarining yo’nalishi va ijrosining nazoratini amalga oshiradi;
8) Nazorat ob’ektlaridan belgilangan muddatlarda nazorat o’tkazish
bilan bog’liq zarur hujjatlar, spravka, og’zaki va yozma tushuntirish xatlari
so’rashi va olishi mumkin;
9) nazorat tadbirlarining savollari bilan bog’liq, tegishli sir saqlash
rejimiga
rioya
qilishi,
xizmat,
tijorat
yoki
qonun
bilan
qo’riqlanadigan sirni saqlagan holda nazorat ob’ekti hujjatlari bilan hech
qanday to’siqsiz tanishishi;
37
10) davlat organi rahbari belgilagan vakolat doirasida boshqa
ishlarni amalga oshirishi mumkin.
Ichki nazorat xizmati davlat organi rahbariga nazorat natijalari
to’g’risida hisobotlar va davlat organi ishining samaradorligini oshirish
maqsadida, uning faoliyati bo’yicha to’g’ri va yakuniy natijalarga erishish
uchun ichki jarayonlar, qoidalar, protsesslarni yaxshilash bo’yicha tavsiyalar
beradi.
Ichki nazorat xizmati tashkiliy jihatdan boshqa tarkibiy bo’linmalarga
bog’liq emas, faqat davlat organining birinchi rahbariga bo’ysinadi va unga
hisobot beradi.
Ichki nazorat xizmati ijro organi bo’lib, viloyat byudjeti hisobidan
moliyalashtiriladi, ijro organlarida ichki davlat moliyaviy nazoratini amalga
oshiradi, viloyat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi va tegishli ijro organlari
tuman (viloyat ahamiyatga ega shahar) byudjeti hisobidan moliyalashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: