xolis dasturchilarni ishga taklif qilish uchinchi stsenariyni amalga oshirishning
651
Umumiy auditning auditorlik dasturiy vositalari paydo bo’lishi uchinchi
stsenariyning o’ziga xosligini yanada oshirdi. Bu vositalar tarkibiga audit
vazifalarining ko’pgina qismini bajarishini ta’minlaydigan, paketlarda
birlashtirilgan standart dasturlar kiradi.
Umumiy tayinlangan dasturiy vositalar auditorlarga ma’lumotlarni qayta
ishlashning real dasturiy tizimiga o’xshash tizimni yaratish, ayni bir ma’lumotlar
faylidan foydalangan holda qayta ishlashni o’tkazish imkonini beradi. Bunday
o’xshash tizimga auditor barcha zarur nazorat muolajalarini kiritishi mumkin.
So’ngra o’xshash tizimdan olingan chiqish ma’lumotlari real tizimdagi chiqish
ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Parallel modellashtirish usulini qo’llash avvaliga etarli darajada katta
xarajatlarni talab qilishi mumkin, lekin bu usulning samaradorligi kompyuter
texnikasi qo’llanilmay o’tkazilgan auditorlik tekshirishi samaradorligidan,
shuningdek nazorat ma’lumotlari usulining samaradorligidan ma’lum darajada
yuqoridir.
Murakkab kompyuter tizimida nazorat muolajalarini auditorlik testdan
o’tkazish.
Ko’pgina ishlab chiqilgan buxgalterlik dasturlari o’z ichida nazorat
vositalariga ega. Auditorlik tekshirishda qo’llaniladigan vosita va usullari to’rtta
guruhga bo’lish mumkin. Bular:
1. Haqiqiy vaqt birligida va haqiqiy ma’lumotlar bilan «on-layn» tartibida;
2. Uzluksiz ma’lumotlar bilan;
3. O’xshash ma’lumotlar bilan;
4. Dasturlarni tahlil qilish asosida ishlaydi.
Haqiqiy ma’lumotlardan foydalanilgan nazorat usullari.
Ko’p hollarda bu usullar dasturlarni ishlab chiqish bosqichlarida quriladigan
maxsus auditorlik modullarini yaratishni talab qiladi. Bunday dasturlarning
qo’shimcha auditorlik bloklari tekshirish nuqtai nazaridan qiziqishga ega bo’lgan
muomalalar to’g’risidagi ma’lumotlarni qayta ishlashdan avval yoki undan so’ng
ajratib olish va ularni o’rganish uchun saqlash imkonini beradi.
Muomalalarni belgilash.
Auditor tomonidan muomalalar bo’yicha ajratib olingan fayllar kiritish
paytida maxsus indikatorlar yordamida belgilanadi. Bu ma’lumotlarning ustama
dasturlarda qayta ishlash barcha bosqichlarining nazorat yozuvlarini baholash
uchun bosib chiqarib yoki fayllar ko’rinishida saqlash mumkin.
Auditorlik fayllari.
Belgilangan ma’lumotlar keyingi nazorat uchun maxsus fayllarga
guruhlashadi. Auditorlik fayllarini tashkil qilishda ikki usul qo’llanilib, ulardan biri
«doimiy nazorat auditorlik fayli» (DNAF) sifatida yaxshi tanish. Belgilangan
mezonlar bo’yicha ajratib olingan ma’lumotlarni testdan o’tkazish asosida
yig’iluvchi hisobotlar hisob va tahlil uchun bevosita auditorga kelib tushadi. Ichki
audit nuqtai nazaridan DNAF usuli alohida e’tiborga ega. Ikkinchi usul - «tanlab
olish nazorati auditorlik fayli» (TONAF) avvalgi usul bilan o’xshash bo’lib,
ularning farqi shundaki, muomalalar bo’yicha ma’lumotlarni belgilash uchun
652
dasturga doimiy tanlab olish mezoni emas, balki tasodifiy ajratib olish moduli
kiritiladi. Ma’lumotlarning qayta ishlanganligi to’g’risidagi hisobotlar auditorlik
tahlil uchun dasturning har bir ish yuritganidan so’ng olinishi mumkin.
Darhol tayyor bo’ladigan fotosurat.
Bu usulning qo’llanilishi muomalalarning boshlanishi va ularning bajarib
bo’linganidan so’ng kompyuterda saqlangan ma’lumotlar bazasidagi muomalalar
va elementlarning holatini ko’rish imkonini beradi. Bosib chiqarilgan surat tahlil
uchun auditorlarga taqdim qilinadi. Masalan, debitorlar hisobi bo’yicha qoldiqlar
faylga kiritishdan oldin ham va kiritilgandan so’ng ham saqlanadi. Auditorlar
uning natijalariga asoslanib, qayta ishlash jarayonini kuzatish va tekshirishlari
mumkin.
Tizim ish yuritishining doimiy nazorati.
Apparat va dasturiy vositalarning ish faoliyatining tahlil qilish maqsadida,
odatda, kompyuterga maxsus elementlar quriladi, ularning vazifasi esa - kompyuter
ishining samaradorligini aniqlashdir. Bu elementlar tizim modulini kim va qanday
muomalalar uchun egallaganligini aniqlash imkonini bergani tufayli audit uchun
ham qo’llaniladi.
Kengaytirilgan yozuvlar.
Maxsus dasturlar muomalalarni qayta ishlash uchun qo’llanilgan barcha
ustama dasturlarning natijalarini birlashtirib, belgilangan muomalalar bo’yicha
nazorat yozuvlarini tashkil qiladi. Olingan yilga ma’lumotlar alohida faylda yoki
qo’shimcha yozuv qatorlarida saqlanadi.
Uzluksiz ma’lumotlardan foydalangan nazorat usullari.
Bu usullar, keng ma’noda, auditorlar mashina o’qiydigan fayllardan
foydalanish imkonini beradi. Ularga, xususan, avval izohlab o’tilgan, parallel
modellashtirish usuli hamda umumiy bo’lgan auditorlik dasturlari kiradi.
O’xshash ma’lumotlar qo’llanilgan nazorat usullari. Bu usullar guruhiga,
xususan, avval ko’rib o’tilgan nazorat ma’lumotlari usuli kiradi. Bu usulning
murakkab kompyuter tizimlari uchun soddalashtirilgan ko’rinishi - «testdan
o’tkazishning integrallashgan usullari» (TO’NU) deb nom olgan.
Odatda, dasturlar hamkorligida qo’llaniladigan bunday vositalardan
auditorlar o’z maqsadlari uchun foydalanishlari mumkin. TO’NUdan foydalanish
xodimlar, mijozlar, mol etkazib beruvchilar, debitorlar, kreditorlarning to’liq
ro’yxati bo’lgan bo’lim maketini yaratishni talab qildi. Asosiy faylning haqiqiy
yozuviga yoki ma’lumotlar bazasiga maxsus kod bilan belgilangan yozuvlar
kiritiladi, haqiqiy muomalalarga esa o’xshash (ya’ni, nazorat) ma’lumotlar
kiritiladi. TO’NU uchun oldindan aniq bo’lgan natijalar haqiqiy qayta ishlash
natijalarini nazorat qilish va ustama dasturlar nazorat elementlarining ishga
layoqatligini aniqlash imkonini beradi.
TO’NUni qo’llash alohida e’tiborni talab qiladi, chunki bu usul buxgalteriya
hisobining haqiqiy tizimiga qalbaki yozuvlar, muomalalar va hisobotlarni kiritish
bilan bog’liq. Qalbaki chiqish ma’lumotlarini moliyaviy hisobotdan chiqarib
tashlashni kafolatlash zarurdir. Asosiy fayllardagi haqiqiy yozuvlar va hisob
653
raqamlaridagi qoldiqlarning buzilishi yoki xato ko’rsatilishining oldini oluvchi
chora-tadbirlar qabul qilish lozim.
Bu paragrafda biz kompyuter tizimi muhitida auditorlik nazorat usullarining
avtomatlashtirilmagan buxgalteriyani oddiy auditorlik tekshirish usulidan asosiy
farqini ko’rib chiqdik. Kompyuter qamrab olgan tizimni audit o’tkazish rejasini
tuzdik va nazorat usullari hamda bevosita kompyuter tizimini testdan o’tkazishning
usullarini ko’rsatib o’tdik.