4. Subyektning moliyaviy hisobotini o`rganish va u belgilangan
muddatlarda topshirilishi ta'minlanishini tekshirish
Korxonaning asosiy vazifasi – mahsulot (ishlarni bajarish yoki xizmatlarni
ko`rsatish) ishlab chiqarish va mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotilishidan istiqbolda
ko`zlangan natijalarni olish - ishlab chiqarish va iste'molchilarga sotuv bozorida
tovarlarni, nomoddiy xizmatlarni sotish (loyiha-tadqiqot ishlarni bajarish, transport
va bank xizmatlarini ko`rsatish va boshqalar) va iste'molchilarga boshqa
xizmatlarni bajarish jarayonida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish-xojalik faoliyati jarAyonida korxona ishlab-chiqarish-
xojalik jarayonining turli bosqichlarida vujudga keladigan schyotlar bo`yicha
to`lovlarni amalga oshirish qobiliyatiga ega bo`lishi lozim. Bu korxonani faollik
bilan moliyaviy faoliyatini amalga oshirishga, investitsiya bozorlarida faoliyat
ko`rsatishga undaydi. Xodimlarni boshqarish va ma'muriy faoliyat ham ishlab
chiqarishning bir qismi hisoblanadi, chunki u ishlab chiqarish jarayonini qo`llab-
quvvatlaydi va uning rivojlanishiga imkon yaratadi.
Korxona o`zining ishlab chiqarish faoliyati bilan yagona tizim hisoblangan
jamiyatning bir qismi hisoblanadi. BU umumiy tizimning boshqa bo`g`inlaridan
turli darajada qaram bo`lgan ochiq bo`g`indir, o`z navbatida, ular ushbu bo`g`inga
bog`liqdirlar. Korxona bilan o`z manfaatlari va maqsadlari bilan bog`liq bo`lgan
va, shu bois, unga qaram bo`lgan shaxslar, guruhlar yoki uyushmalar korxonaning
o`zaro bog`liq guruhlari deb ataladi. Bular: xususiy mulkdorlar, xodimlar,
moliyachilar, ta'minotchilar, Xaridorlar va umuman jamiyatdir. O`zaro bog`liq
guruhlar korxonaga qo`yilmalarni amalga oshiradilar va buning uchun turli
ko`rinishdagi ulush to`lovlarini oladilar. O`zaro bog`liq guruhlar ichida korxona
faoliyati va uning natijalariga muayyan ta'sir ko`rsatuvchi ayrim raqobatchilar ham
bo`lishi mumkin.
448
Ishlab chiqarish jarayonlari va pul aylanishi u yoki bu darajada vaqt bilan
bog`liq. Ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan tarkibiy qismlarni sotib olish va
ishlab chiqarishni o`zini tashkil etish ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan
olingan daromadlardan oldin hosil bo`lishi munosabati bilan korxona rahbariyati
ishlab chiqarish jarayonini korxonaning moliyaviy imkoniyatlari bilan
muvofiqligini ta'minlashi lozim. Bu korxonaning moliyaviy-xojalik faoliyati
to`g`risida haqqoniy xulosalar shakllantirish va uni takomillashtirish yuzasidan
takliflar kiritish uchun korxonada audit o`tkazishning eng muhim bosqichlaridan
biri hisoblanadi.
Korxonaning moliyaviy-xojalik faoliyatini o`rganishda mahsulot (ishlar,
xizmatlar) ishlab chiqarish va sotilishining hajmi ko`rib chiqiladi; ular hisobot
davrida mo`ljallangan ko`rsatkichlar bilan solishtiriladi; mahsulot (ishlar,
xizmatlar) ishlab chiqarish va sotilishi dinamikasi, shartnomaviy majburiyatlar
bajarilishi va hisobga olinishi, sifatsiz mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab
chiqarishdan nobudgarchiliklar va sifatsiz hamda butlanmagan mahsulot yetkazib
berilganligi uchun to`lovlar, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish
bo`yicha xarajatlar, mahsulot ishlab chiqarish va sotish bo`yicha hisobot
ma'lumotlari dastlabki hujjatlar va buxgalteriya hisobi ma'lumotlariga muvofiqligi,
korxonaning sanoat-ishlab chiqarish va barcha xodimlarining soni va korxonaning
o`ziga xos bo`lgan xususiyatlari bilan bog`liq bo`lgan boshqa masalalar tahlil
qilinadi.
Yuqorida qayd etilganidek, korxonaning moliyaviy-xojalik faoliyati
to`g`risidagi ma'lumotlarning asosiy hajmi korxona faoliyatining barcha jabhalarini
pul ifodasida aks etuvchi va bir vaqtning o`zida hisobot davri bo`yicha hisob
ishlarining yakuniy bosqichini ifodalovchi moliyaviy hisobotda mujassamlangan.
Moliyaviy hisobotlarning namunaviy shakllari, tayyorlash qoidalari, taqdim
etish muddatlari, ularni ko`rib chiqish va tasdiqlash tartibi O`zbekiston
Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to`g`risida»gi qonuni (keyingi kiritilgan
qo`shimchalar va o`zgartirishlar bilan) va korxonalarning chorak va yillik
moliyaviy hisoboti shakllarini to`ldirish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining yo`riqnomalari bilan tartibga solinadi.
Korxonalar tomonidan chorak va yillik moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda
quyidagi shartlarga rioya qilinishi lozim: hisobot davri bo`yicha barcha xojalik
operatsiyalar va ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot va hisob-kitoblarni
inventarizatsiya natijalari to`liq aks etilishi; sintetik va tahliliy hisob ma'lumotlari
bir biriga mos kelishi; hisobot va balans ko`rsatkichlari sintetik va tahliliy hisob
ko`rsatkichlari bilan tegishli ravishda rasmiylashtirilgan asos bo`luvchi hujjatlar
yoki ularga tenglashtirilgan ma'lumot texnikaviy saqlovchi manbalar asosida
to`ldirilishi va bir biriga to`liq muvofiqligi; balans moddalari to`g`ri baholanishi.
Balans ma'lumotlari yil boshi va oxiriga solishtirishligini ta'minlash uchun
tasdiqlangan balansining yil boshiga moddalar nomenklaturasi balansning yil
oxiriga belgilangan bo`limlar va moddalar nomenklaturasi va guruhlanishi bilan
muvofiq bo`lishini ta'minlanishi lozim.
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2002 -yil 27 -
dekabrda «Moliyaviy hisobot shakllarini tasdiqlash va ularni to`ldirish qoidalari
449
to`g`risida»gi 140-sonli buyrug`i bilan yuridik shaxslar uchun (budjet
muassasalari, sug`urta tashkilotlari va banklar bundan istisno) yillik va chorak
hisobotlari quyidagi shakl va hajmlarda tasdiqlagan:
yillik hisobot:
1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»;
2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to`g`risida hisobot»;
2a-sonli shakl «Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo`yicha ma'lumotnoma»;
3-sonli shakl «Asosiy vositalar harakati to`g`risida hisobot»;
4-sonli shakl «Pul oqimlari to`g`risida hisobot»;
5-sonli shakl «Xususiy kapital to`g`risida hisobot».
yarim yillik va chorak hisobot:
1-sonli shakl «Buxgalteriya balansi»;
2-sonli shakl «Moliyaviy natijalar to`g`risida hisobot»;
2a-sonli shakl «Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo`yicha ma'lumotnoma»;
Korxonaning yillik moliyaviy hisobotiga hisobot yili davrida korxona
faoliyati natijalariga ta'sir etgan omillarni yoritgan holda, korxonada yillik
moliyaviy hisobot natijalari va sof foydani taqsimlash yuzasidan ko`rib chiqib
qabul qilingan qarorlarni aks ettiruvchi tushuntirish xati va buxgalteriya hisoboti
tekshiruvi to`g`risida auditorlik xulosasi ilova qilinadi.
Agar yil boshiga kirish balansi o`zgartirilgan bo`lsa, hisobotga ilova qilingan
tushuntirish xatida buning sabablari ko`rsatiladi. Bunda, shuningdek, korxonada
qabul qilingan hisob siyosati, kelgusi yil uchun hisob siyosati, agar u hisobot yilida
qabul qilingandan farq qilsa, keltiriladi.
Chorak va yillik hisobotlarni tayyorlashda korxona egalari va davlat
manfaatlariga rioya qilish, investorlar, kreditorlar, aksiyadorlar, soliq idoralari,
ta'sischilar, banklar, xalqaro andozalar talablarini hisobga olish va O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti Farmonlari, O`zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya
hisobi to`g`risida»gi qonun, O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi hamda
buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tayyorlashga oid amaldagi barcha
yo`riqnomalarga asoslanish lozim.
Moliyaviy hisobot tuzish uchun sana bo`lib hisobot yilining oxirgi taqvimiy
kuni hisoblanadi. Tugatilgan yoki hisobot yilida davlat tasarrufidagi mulkchilikni
jamoa mulkchiligiga aylantirib qayta tashkil etilgan korxona tomonidan yil
boshidan tugatilgan (qayta tashkil etilgan) vaqtgacha bo`lgan muddatga amaldagi
yillik hisobot shakllari bo`yicha hisobot taqdim etiladi.
Yangi tashkil etilgan korxonalar hisobotda o`z mablag`lari va ularning
manbalarini (sotib olingan, qabul qilingan qiymati bo`yicha) belgilangan tartibda
ro`yxatga olingan oyning 1 sanasidan hisobot yilining 31 -dekabrigacha hisobotda
ko`rsatadilar, hisobot yiling 1 -oktyabridan keyin tashkil etilgan korxonalar esa -
davlat ro`yxatidan o`tgan sanadan boshlab keyingi yilning 31 -dekabrigacha
hisobot beradilar. Qayd etilgan tartib tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalar,
ularning filiallari va tarkibiy bo`linmalariga taalluqli emas.
Korxona balansining bandlari aktivlar va passivlarning sinchkovlik bilan
o`tkazilgan inventarizatsiya bilan asoslanishi lozim. Bunda yillik hisobot taqdim
etilgunga qadar, doimiy faoliyat ko`rsatuvchi inventarizatsiya komissiyasi
450
tomonidan inventarizatsiya vaqtida qiymatliklarning amaldagi mavjudligi bilan
buxgalteriya hisobidagi ma'lumotlar o`rtasidagi farqlar tartibga keltirilishi lozim.
Shuningdek, solishtirma dalolatnomalari yoki o`zaro hisob-kitoblar bo`yicha
qoldiqni tasdiqlovchi xatlar bilan rasmiylashtirilgan debitorlik va kreditorlik
qarzlari
bo`yicha
inventarizatsiya
amalga
oshiriladi.
O`tkazilgan
inventarizatsiyaning soni va natijalari, shuningdek, ular o`tkazilmaganligi sabablari
yillik hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida aks etilishi kerak.
Moliyaviy, soliq idoralari va bank muassasalari bilan hisob-kitoblar
bo`yicha balans moddalaridagi summalar ular bilan kelishgan va muvofiq bo`lishi
lozim. Balansda ushbu hisob-kitoblar bo`yicha tartibga solinmagan summalarni
qoldirish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |