Mustaqil ta’lim………………………………….………………….
Taqdimot (elektron shaklda) ….………………………….………...
Mustaqil ta’lim………………………………….………………….
Glossariy………………………………….………………………...
6
KIRISH
Respublikamizda bozor iqtisodiga o’tish tamoyillari va uning keyingi
bosqichlarida ustivor yo’nalishlarni belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy xayotni,
jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib
chiqqan xolda, bir qancha soxalarni jumladan audit tizimini xam islox qilishni
taqozo etmoqda.
Qo’lingizdagi o’quv-qo’llanmasi «Amaliy audit» fanini o’qitish jarayonida
mustaqil faoliyatingizga yordam beradi.
Mazkur qo’llanma kirish, o’quv fani bo’yicha o’quv-qo’llanmaning
kontseptual asoslari hamda ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar bo’yicha reja-
topshiriqlar va o’quv-qo’llanmaning hujjatlar bo’limlaridan tarkib topgan.
O’quv-qo’llanmaning kontseptual asoslari bo’limida «Amaliy audit» o’quv
fanini o’qitishning dolzarbligi asoslangan, mazkur fanning tuzilmasi keltirilgan
hamda fan bo’yicha o’qitishning mazmuni ochib berilgan. Fanning o’quv dasturi
ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarning mazmunlari va rejasi hamda
foydalaniladigan adabiyotlarning ro’yxati ham keltirilgan. Bu bo’limda nazariy va
amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ishlarni bajarish bo’yicha o’zlashtirishni nazorat
qilish hamda baholashning ko’rsatkich va mezonlari berilgan.
Shuningdek qo’llanmada har bir mavzu bo’yicha reja topshiriqlar va o’quv-
uslubiy hujjatlar keltirilgan. Talabalarda mustaqil fikrlash, o’z fikrlarini asosli
ravishda himoya qilish, bahslashish ko’nikmalarini hosil qilish uchun bahs-
munozara darslariga alohida e’tibor qaratilgan.
Shu maqsadda o’quv qo’llanmaning jamiyat hayotidagi ba’zi masalalarni
amaliy darslarda muhokama qilishga mo’ljallangan. Bunday darslarni olib borishda
hozirgi paytda katta ahamiyat kasb etib borayotgan ilg’or pedagogik
texnologiyalardan foydalanish, jumladan kichik guruhlarda ishlash, guruhlarning
ma’lum pozitsiyani egallashi, barchaning bir-birini o’qitishi, «aqliy hujum» kabi
usullarni keng qo’llash darslarni samarali bo’lishi, ularning qiziqarli kechishini
ta’minlagan.
O’quv qo’llanma asosan oliy ta’limning magistratura mutaxassislarida
talabalarga dars berish jarayonini samarali tashkil etish maqsadida yaratilgan. Shu
bilan birga albatta ba’zi bir kamchiliklardan xoli emas, shuning uchun matnda
uchragan kamchiliklar, fikr-muloxaza va takliflarni lutfan qabul qilamiz, xamda
sizlarga oldindan minnatdorchilik bildiramiz.