eng muhim auditorlik amallaridan biri bo`lib hisoblanadi. Subyekt faoliyatining
ushbu sohasini har tomonlama o`rganish uchun auditor omborlar, sexlar va ishlab
chiqarish zahiralari saqlanadigan boshqa joylarni tekshiradi. Bunda ishlab
chiqarish zaxiralarini saqlash sharoitlari, yong`in xavfining oldini olish,
omborlarning qurilmalar, texnikalar, asboblar bilan jihozlanganligi va ularning
to`g`ri ishlatilishi, ombor binolarini qo`riqlash holati ham o`rganiladi. Ombor
xo`jaligining qoniqarsiz tashkil etilganiligi tovar-moddiy zaxiralar saqlanishi
berishga aloqador xodimlarning moddiy javobgarliklarini tashkil etishga maxsus
e'tibor qaratiladi. Xodimlarning huquq va burchlari, ularning ish tartibi,
qiymatliklarni qabul qilish va berish, hamda ularni hujjatlashtirish tartibi,
omborlarda natural o`lchovlarda hisobni yuritish, buxgalteriyaga hisobotlarni
taqdim etish muddatlari ko`rsatilgan standartlar yoki yo`riqnomalarni ishlab
chiqish va moddiy javobgar shaxslarga taqdim qilish moddiy qiymatliklarni
oxirigacha olinishi mumkin bo’lgan jismoniy hisob-kitobga oid qaror qabul qiladi.
Auditor jismoniy hisob-kitoblarning samaradorligiga ishongandagina mijozning
ichki nazorat olib borishiga ruhsat beradi. Mijoz ichki nazorat qilayotganida, u
164
inventarizatsiya sonini kuzatadi va yil oxiriga tegishli doimiy inventarizatsiya qayd
operatsiyalarini tekshiradi. Doimiy qaydlar aniq bo'lsa va tegishli nazorat natijasida
samarali faoliyat ko'rsatilsa, mijoz yil oxiridagi inventarizatsiya hisob-kitobini
qilishiga zarurat bo’lmaydi. Doimiy qaydlardagi qo’shimcalar va qisqartirishlar
ustida o’tkazilgan nazorat orqali faoliyat samarador dep topilgan bo’lsa, nazoratchi
yil davomida qulay vaqtda inventarizasiya qaydlari bilan solishtirishi mumkin.
Agar inventarizasiya moddiy bo’lsa, mijoz hisobot davri oxiriga yaqin to'liq
jismoniy inventarizatsiya olish kerak.
Auditorlar asosan tekshiruv usullariga qaraganda mijozning tartiblariga
e’tibor qaratganlari sababli, hisob-kitob qilishlari kerak bo’lgan inventarizasiya
buyumlarini belgilashda qiynaladilar. Qulaylik uchun, jismoniy kuzatishning
namunaviy hajmini inventarizatsiya ob'ektlar soni o'rniga sarf qilinga umumiy soat
soni bo'yicha ko'rib chiqilishi mumkin. Inventarizatsiya sinovlari uchun kerak
bo'lgan vaqtning asosiy faktorlari ichki nazorat ustidan o’tkazilgan jismoniy
hisob-kitobning etarliligi, doimiy inventarizatsiya master fayllarining aniqligi, jami
dollar miqdori va inventarizatsiya turi, turli muhim inventarizatsiya joylashish
hududlari, avvalgi yillarda kashf etilgan tabiiy va keng ko’lamli xatolar va boshqa
tabiiy xavflardan iborat.
Ba'zi moddiy vaziyatlarda, auditorlarning inventarizatsiya jismoniy hisob-
kitobini olib borishida rioya qilishi kerak bo’lgan o'nlab talab mavjud. Boshqa
vaziyatlarda esa, bir auditor qisqa vaqt ichida nazoratni amalga oshirishi mumkin.
Inventarizatsiya hisob-kitobi nazoratni rejalashtish va mijoz kadrlari bilan muvofiq
holda ishlash juda muhim hisoblanadi, chunki yomon rejalashtirilga nazorat
ko’plab qiyinchiliklar tug’ilishiga sabab bo’ladi. Masalan, hisob tugaganidan so'ng
mijoz kadrlarining inventarizatsiya hisob-kitobini kuzatish imkoniyati bo’lmayda
va u jismoniy inventarizatsiya qabul qilingan so'ng, namuna hajmini kengaytirish
yoki sinovlari qayta o’tkazish qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: